К содержанию
РецензированоUZ2017

CHET TILLARINI O‘QITISHGA QARATILGAN IMKONIYATLAR XUSUSIDA

Yusufjonova Xonzodabegim Davlatbek qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2017

Аннотация

Mazkur tezisda Yangi O‘zbekistonda xorijiy tillarga hamda ularning adabiyotiga ochilgan keng islohotlar va ularning natijasi to‘g‘risida so‘z boradi. Shu jumladan, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishga qaratilgan samarali ishlar haqida fikr-mulohazalar va qarashlar aks etgan. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, ilm-fan, farmon, qaror, imkoniyat, davlat, tashkilot, siyosat, adabiyot. Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol, raqobatbardosh kadr, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqbolini o‘z zimmasiga olishga qodir va ma’suliyatli, bir so‘z bilan aytganda , komil inson holida tarbiyalash hali hamon jiddiy masala bo’lib qolmoqda. Ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo aholisining 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha yetarli shart-sharoitlar yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g`risida” gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida talabi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, yurtimizda yoshlar muammosiga alohida e’tibor qaratildi, ularning manfaatlarini taminlash uchun keng https://scientific-jl.org/obr 5 4 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 imkoniyatlar yaratishga kirishildi, ya’ni bevosita yoshlar masalalariga ma’sul davlat va jamoat tashkilotlaridan vakillar tayinlanib, bu borada keng islohatlar qilindi. Shuni takidlash joizki, hozirgi kunda xorijiy til va uning adabiyotiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaymoqda. Sozimning isboti sifatida shuni ayta olamanki, Andijon davlat chet tillari institutida chet tillari(rus, ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy, arab tillari va boshqalar)ga berilgan imkoniyatlar talaygina. Shuningdek, Xitoydan mutaxassis sifatida Chang Mi, Amerikadan Emily Chem, Koreyadan Sejong akademiyasi mutaxassislari Joo Youngho va Byun Kwangsuk taklif qilingan va o‘z faoliyatlarini intitutimizda olib bormoqda. Institut talaba yoshlari xorijiy davlatlarga tashrif buyurib ilmiy-amaliy konferensiyalarda bepul ishtirok etish huquqiga ega va shu bilan birga xorijiy va qo‘shni oliy ta’lim muassasalariga borib mobil almashinuv doirasi tizimli amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonda yoshlar zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda Prezident Shavkat Miramonovich Mirziyoyev tashabbuslarini alohida e’tirof etish zarur. Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qaratayotgan doimiy e’tibori, ayniqsa, ta’lim islohotlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu islohotlar yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda. Bugungi globallashuv davri har birimizdan zamon bilan hamnafas odimlashni talab etadi. Demak, bugun qaysi sohada qaramaylik, albatta, ona tilimiz bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilishimiz kerak. Boisi til bilgan kishi dunyoni kezadi, do‘st orttiradi, hamkorlar topadi. Dunyo xalqlarining madaniyatidan, tarixidan xabardor bo‘ladi. Shu sababli, nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda chet tillarni o‘rganishga qiziqish kundan-kunga ortmoqda. Inson qachonki xorijiy tillarni va ularning adabiyotini mukammal bilsa, bir nechta tillarda muloqot qila olsa, to‘g‘ri kasb-hunar tanlasa, o‘ylaymanki, hayoti va turmushi ham mazmunli o‘tadi. O‘zbekistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, turli yo‘nalishlarda yetuk mutaxassislarni tayyorlashda xorij tillarini chuqurlashtirib o‘rgatishga muhim vazifa sifatida qaralayotgani sababi ham shunda. https://scientific-jl.org/obr 5 5 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Bu siyosatning zamirida yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, dunyo bozorida raqobatbardosh, talab katta, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash, o‘g‘il-qizlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ilmli qilish, dunyodagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan avlodni voyaga yetkazish maqsadi mujassam. Xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan har qanday inson nafaqat o‘z faoliyatiga yangiliklar olib kiradi, vazifalarni sifatli bajaradi, ilg‘or g‘oyalar bilan chiqadi, balki xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilish, ya’ni sodda qilib aytganda “karyera” qilish uchun mustahkam intellektual zamin tayyorlaydi. Eng muhimi, xorijiy tillarni yaxshi bilgan inson qayerda bo‘lmasin o‘z ishini topadi, o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lmaydi. Shuning o‘ziyoq globallashuv davrida til bilish naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Mashhur siyosatchi Nelson Mandela aytganidek, “Agar siz bir odam bilan u tushunadigan tilda gaplashsangiz, uning ongiga kirib borasiz. Agar siz u bilan uning ona tilida so‘zlashsangiz, uning yuragiga kirib borasiz”. Shu sababli chet tilida ham ona tilidek chiroy

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda Yangi O‘zbekistonda xorijiy tillarga hamda ularning adabiyotiga ochilgan keng islohotlar va ularning natijasi to‘g‘risida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda Yangi O‘zbekistonda xorijiy tillarga hamda ularning adabiyotiga ochilgan keng islohotlar va ularning natijasi to‘g‘risida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
farmon, davlat, Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, tashkilot, ilm-fan, imkoniyat, adabiyot., siyosat, qaror
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники