Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILIDA URG‘U MUAMMOLARI
Abduxalimova Farog'at · Kalit so‘zlar Artikllar · Grammatikani o‘rgatish · Noaniq artikllar
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqola ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun so‘z urg‘usini (word stress) o‘zlashtirishdagi asosiy muammolarni tahlil qiladi. Ingliz tilida urg‘u so‘z ma’nosini ajratuvchi va nutqning tushunarliligini ta’minlovchi muhim fonologik birlik bo‘lib, noto‘g‘ri urg‘u qo‘yilishi eshitiluvchanlik va semantik tushunishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbek tilida urg‘u tizimi barqaror va odatda oxirgi bo‘g‘inga tushadigan bo‘lsa, ingliz tilida urg‘u o‘zgaruvchan va ma’no ajratuvchi xususiyatga ega. Shu bois, o‘zbek o‘quvchilarining inglizcha so‘zlarda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishdagi xatolari ko‘pincha ona tilidagi fonetik odatlarning transferi bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqolada urg‘u tizimidagi bu farqlar fonologik va psixolingvistik nuqtayi nazardan izohlanadi, o‘quvchilar orasida kuzatiladigan xatolar sinflanadi hamda ushbu muammolarni bartaraf etish uchun samarali metodik yondashuvlar, jumladan tinglash, minimal juftliklar bilan ishlash, fonetik transkripsiya, interaktiv texnologiyalar va ritmik mashqlar asosida o‘rgatish usullari taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari ingliz tili o‘qituvchilari uchun dars jarayonida urg‘uga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi va til o‘rganish jarayonida fonetik kompetensiyani rivojlantirishning innovatsion usullarini taklif etadi. Kalit so‘zlar Artikllar, Grammatikani o‘rgatish, Noaniq artikllar, Aniqlovchi artikl, Nol artikl; ANNOTATION This article analyzes the main problems in mastering word stress for Uzbek speakers learning English as a second language. In English, stress is an important phonological unit that separates the meaning of words and ensures the intelligibility of speech, and incorrect stress has a serious impact on audibility and semantic comprehension. In the Uzbek language, the accent system is stable and usually falls on the last syllable, while in English, the accent is variable and has a https://scientific-jl.org/obr 1 1 9 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 distinguishing feature. Therefore, the mistakes of Uzbek students in correct accentuation in English words are often related to the transfer of phonetic habits from the mother tongue. The article explains these differences in the accent system from the phonological and psycholinguistic point of view, classifies the errors observed among students, and suggests effective methodological approaches to overcome these problems, including teaching methods based on listening, working with minimal pairs, phonetic transcription, interactive technologies, and rhythmic exercises. The results of the study show the need for English language teachers to pay special attention to accent in the course of the lesson and suggest innovative ways to develop phonetic competence in the language learning process. Key words Articulations, teaching grammar, indefinite articles, determinative article, null article; KIRISH Talaffuz — har qanday tilni o‘rganish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Ingliz tilida esa bu jarayon yanada murakkablashadi, chunki talaffuz nafaqat tovushlarning to‘g‘ri aytilishi, balki urg‘u (stress), intonatsiya, ritm kabi prosodik elementlarni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, ingliz tilidagi so‘z urg‘usi (word stress) ikkinchi til sifatida ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun muhim muammo sifatida ko‘tariladi. Urg‘u noto‘g‘ri qo‘yilsa, so‘zning ma’nosi o‘zgartirilishi yoki nutq tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa, ona tilida urg‘u tizimi boshqa bo‘lgan o‘rganuvchilarda ko‘proq kuzatiladi. https://scientific-jl.org/obr 1 2 0 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 O‘zbek tilida urg‘u odatda barqaror va oxirgi bo‘g‘inga tushadi. O‘zbek tilida noto‘g‘ri urg‘u qo‘yilishi odatda ma’noni o‘zgartirmaydi, shuning uchun urg‘u o‘rgatuvchi vosita sifatida til tizimida ikkinchi darajali o‘ringa ega. Ingliz tilida esa vaziyat teskari: so‘zdagi urg‘u semantik ahamiyatga ega bo‘lib, noto‘g‘ri urg‘u tushgan so‘zlar ko‘pincha boshqa so‘z sifatida tushuniladi yoki umuman tushunilmaydi. Misol uchun: 'present (sifat/ism) – hozirgi vaqt yoki sovg‘a pre'sent (fe’l) – taqdim etmoq Bundan tashqari, ingliz tilida urg‘u joylashuvi qoidalar asosida doimiy bo‘lmaydi, balki so‘zning kelib chiqishiga (lotin, fransuz, germanik), so‘z turkumiga (ism, fe’l, sifat) va hatto uning grammatik shakllariga qarab o‘zgaradi. Bu esa til o‘rganayotgan o‘quvchilardan yuqori darajadagi e’tibor, eshituv sezgirligi va ko‘p marta takrorlashni talab qiladi. Psixolingvistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, urg‘u noto‘g‘ri qo‘yilgan nutq hatto mukammal grammatikaga ega bo‘lsa ham, tinglovchiga begona va g‘alati eshitiladi. Ingliz tilining xalqaro aloqa vositasi sifatida keng qo‘llanilayotganini hisobga olsak, talaffuz, xususan urg‘u ustida ishlash zamonaviy til o‘qituvchilari uchun muhim vazifadir. Ushbu maqolada aynan o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘rganuvchilarning ingliz tilidagi urg‘uni o‘zl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun so‘z urg‘usini (word stress) o‘zlashtirishdagi asosiy muammolarni tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun so‘z urg‘usini (word stress) o‘zlashtirishdagi asosiy muammolarni tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Articulations, teaching grammar, indefinite articles, determinative, Key words Articulations, Noaniq artikllar, Nol artikl, null article, Kalit so‘zlar Artikllar, Aniqlovchi artikl, Grammatikani o‘rgatish, determinative article
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025