К содержанию
РецензированоUZ2025

KASBIY YO‘NALISHLARDA ONA TILI DARSLARINI INNOVATSION METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Nozima Dadaxanova Abdurahim qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada kasbiy yo‘nalishlarda ona tili darslarini innovatsion metodlar asosida tashkil etishning dolzarbligi yoritilgan. Ta’lim tizimida yuz berayotgan yangilanishlar, xususan, kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda o‘quvchilarning kasbiy bilim bilan birga nutqiy kompetensiyasini shakllantirish zarurati mavzuning asosiy muammosidir. Maqolada interaktiv va innovatsion metodlar (klaster, case-study, loyihaviy ta’lim, AKT vositalari)ning o‘rni, ularning samaradorligi, kasbiy yo‘nalishga mos dars misollari, va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, dars mazmunini kasb bilan integratsiyalash orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Yakunda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Ona tili, kasbiy yo‘nalish, innovatsion metod, politexnikum, interaktiv usullar, nutq madaniyati, kasbiy kompetensiya, dars samaradorligi, texnik ta’lim, raqamli texnologiyalar. ANNOTATION This article explores the importance of organizing mother tongue (Uzbek language) lessons in vocational education institutions using innovative teaching methods. In the context of ongoing educational reforms, it is crucial to enhance not only students’ professional skills but also their communicative competencies. The article analyzes the effectiveness of modern teaching strategies such as cluster, case-study, project-based learning, and ICT tools in technical and vocational settings. Practical examples of how language instruction can be integrated with https://scientific-jl.org/obr 1 5 7 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 professional content are provided. The findings demonstrate that innovative approaches significantly improve learners’ writing, speaking, and professional vocabulary skills. The article concludes with pedagogical recommendations for improving the quality and relevance of mother tongue instruction in vocational education. Key words Mother tongue, vocational education, innovative methods, interactive teaching, communicative competence, professional language, technical education, ICT in education, language integration, project-based learning. KIRISH XXI asr – bu raqamli texnologiyalar, tezkor axborot almashinuvi va yangicha fikrlash davri bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimiga ham mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Global raqobat kuchaygan, kasb-hunar ta’limi tizimi esa bozorda raqobatbardosh, faol fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan yosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan qaralganda, politexnikum va kasb-hunar maktablarida ona tili va adabiyot fanlarining o‘qitilishi, mazmun va metod jihatdan yangicha yondashuv asosida tashkil etilishi dolzarb masalalardan biridir. https://scientific-jl.org/obr 1 5 8 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 An’anaviy yondashuvlarda ona tili darslari asosan grammatik bilimlarni berish, matn ustida ishlash yoki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan cheklanib qolgan bo‘lsa, hozirgi zamon o‘quvchisi bunday biryoqlama yondashuv bilan chuqur til kompetensiyasiga ega bo‘la olmaydi. Ayniqsa, kasbiy yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan yoshlar uchun ona tili nafaqat aloqa vositasi, balki kelajakda kasbiy faoliyatda to‘g‘ri yozish, aniq va lo‘nda ifoda qilish, hujjatlar tuzish, rasmiy muloqot yuritish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda asosiy tayanch fan sifatida qaralishi lozim. Zamonaviy ta’lim metodikasi esa innovatsion yondashuvlar, axborot- kommunikatsion texnologiyalar, interfaol dars shakllari va kasbiy faoliyatga moslashtirilgan o‘quv topshiriqlari orqali o‘quvchilarni faol o‘rganishga jalb etishga qaratilgan. Aynan innovatsion metodlar asosida tashkil etilgan ona tili darslari orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, analitik yondashuv, ijodiy izlanish va kasbiy sohada samarali muloqot yurita olish kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi ko‘pincha amaliy bilim va real hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu bois ona tili fanini kasbiy yo‘nalish bilan uyg‘unlashtirib, uni real hayotiy faoliyatga yo‘naltirilgan holatda o‘qitish — ta’lim samaradorligini oshiradi. Bu jarayonda esa innovatsion metodlarning roli beqiyosdir.Ushbu maqolada aynan kasbiy yo‘nalishlarda ona tili darslarini innovatsion metodlar asosida tashkil etish zarurati, bu yondashuvning nazariy asoslari, amaliy misollari va kutilayotgan natijalari haqida tahliliy yondashuv asosida fikr yuritiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — zamonaviy metodlar orqali kasbga yo‘naltirilgan ta’limda ona tili fanining didaktik imkoniyatlarini ochib berish va pedagogik tajriba almashishdir. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Kasbiy ta’lim sharoitida ona tili darslarining o‘ziga xosligi. Kasb-hunar ta’limi tizimi o‘zining amaliy yo‘nalganligi bilan umumiy o‘rta ta’limda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kasbiy yo‘nalishlarda ona tili darslarini innovatsion metodlar asosida tashkil etishning dolzarbligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kasbiy yo‘nalishlarda ona tili darslarini innovatsion metodlar asosida tashkil etishning dolzarbligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mother tongue, vocational education, innovative methods, Key words Mother tongue, technical education, interactive teaching, ICT in education, innovatsion metod, professional language, language integration, communicative competence, dars samaradorligi, kasbiy yo‘nalish, kasbiy kompetensiya, politexnikum, texnik ta’lim, interaktiv usullar, Kalit so‘zlar: Ona tili, project-based learning., nutq madaniyati, raqamli texnologiyalar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники