Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY TARMOQLARDA TINISH BELGILARINING O‘RNI: YOZMA NUTQ MADANIYATINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Muhammadiyev Farhod Shuhrat o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article analyzes the problem of careless use or complete absence of punctuation marks during written communication on social networks. The communicative and syntactic significance of punctuation marks as one of the main elements of the culture of written speech is highlighted. The literacy level of social network users, the desire for speed, and the replacement of emotional expression with graphic symbols are indicated as the main reasons for this problem. Also, conclusions are given about speech misunderstandings arising from the careless use of punctuation marks, the slowdown in written culture, and the dangers in this regard. Keywords: social networks, written communication, punctuation marks, literacy level, gestures, problems, speech. https://scientific-jl.org/obr 4 0 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Аннотация:В статье анализируется проблема небрежного использования или полного отсутствия знаков препинания при письменном общении в социальных сетях. Подчеркивается коммуникативно-синтаксическая значимость знаков препинания как одного из основных элементов культуры письменной речи. Основными причинами этой проблемы называются уровень грамотности пользователей социальных сетей, стремление к скорости и замена эмоционального выражения графическими символами. Также делаются выводы о речевых недоразумениях, возникающих вследствие небрежного использования знаков препинания, о снижении письменной культуры и связанных с этим опасностях. Ключевые слова: социальные сети, письменное общение, пунктуация, уровень грамотности, жесты, проблемы, речь. Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlarining oʻzaro mantiqiy grammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilarining yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim - Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi - punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir. Hozirgi oʻzbek yozuvida tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp https://scientific-jl.org/obr 4 1 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 nuqta, nuqtali vergul, qoʻshtirnoq va ikki nuqta. Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi tinish belgilari - muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, biror-bir gap boʻlagini intonatsion mazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi tinish belgilari - mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gaplarni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Zamonaviy axborot makonida ijtimoiy tarmoqlar insonlararo muloqotning eng faol platformasiga aylangan. Har kuni millionlab foydalanuvchilar matnli xabarlar orqali fikr bildiradi, muhokama yuritadi, savol-javob qiladi. Biroq bunday muloqotda til va uslub qoidalariga, ayniqsa tinish belgilariga befarqlik bilan qaralayotgani jiddiy muammoga aylanmoqda. Tinish belgilarining noto‘g‘ri yoki umuman ishlatilmasligi yozma nutqning ifodaviy kuchini pasaytiradi, fikrning chalkash yoki noaniq yetkazilishiga sabab bo‘ladi. Tinish belgilarining asosiy vazifasi — matndagi fikr tuzilmasini belgilash, gaplar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni aniqlashtirish, o‘quvchiga to‘g‘ri ohangda o‘qish imkonini yaratishdir. S. G‘aniyeva bu borada shunday yozadi: “Tinish belgilarisiz matn tuzilishi buziladi, gaplar orasidagi mantiqiy bog‘liqlik yo‘qoladi”. Demak, bu belgilar grammatikaning tashqi belgisi bo‘lish bilan birga, mazmunni to‘g‘ri anglash vositasi sifatida ham
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the problem of careless use or complete absence of punctuation marks during written communication on social networks.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the problem of careless use or complete absence of punctuation marks during written communication on social networks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social networks, written communication, punctuation marks, Kalit soʻzlar: ijtimoiy tarmoqlar, speech., проблемы, Ключевые слова: социальные сети, пунктуация, literacy level, уровень грамотности, письменное общение, yozma muloqot, tinish belgilari, muammolar, problems, жесты, ishoralar, gestures, Keywords: social networks, речь., savodxonlik darajasi, nutq.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026