К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻQUVCHILARNING YOZMA NUTQIDA FIKR IZCHILLIGINI RIVOJLANTIRISH

Toʻymurodova Sabrina Boboxonovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 1 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada umumta’lim maktab oʻquvchilarining yozma nutq koʻnikmalarini shakllantirishda fikr izchilligini ta’minlash masalasi tahlil qilinadi. Yozma nutqni izchil va mantiqiy tarzda bayon etish malakasining rivojlanishi oʻquvchining fikrlash madaniyati, muloqot qobiliyati hamda til boyligiga bevosita bogʻliq ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida ushbu muammoga olib keluvchi asosiy omillar, dars jarayonidagi metodik xatoliklar koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, fikr izchilligini shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali metodlar va tavsiyalar bayon qilinadi. Kalit soʻzlar: yozma nutq, toʻrt lisoniy malaka, matn yaratish, muammo, til oʻqitish metodikasi. Annotation: This article analyzes the issue of ensuring coherence in the development of written speech skills among general secondary school students. It substantiates that the ability to present written ideas in a consistent and logical manner is directly related to the student’s thinking culture, communication skills, and language proficiency. The study identifies the main factors contributing to this issue, as well as methodological shortcomings observed in the teaching process. In addition, the article presents effective methods and recommendations for developing coherence in students’ written expression. Keywords: written discourse, text creation, four language skills, problem, language teaching methodology. https://scientific-jl.org/obr 6 2 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Til inson hayotida aloqa vositasi sifatida muhim rol oʻynaydi. Tildan foydalanish orqali insonlar oʻzaro fikr almashishadi. Tilni oʻrganish va oʻzlashtirish jarayonida yozma nutq muhim hisoblanadi. Yozma nutq faqatgina ta’lim jarayonida emas, balki inson butun hayoti davomida ehtiyoj sezadigan nutqiy koʻnikmadir. Boshqa nutqiy koʻnikmalarni egallash uchun ham yozma nutq koʻnikmasi zarur hisoblanadi. Oʻquvchilar kundalik hayotidagi faoliyatining koʻp qismida yozma nutqdan foydalanishadi, masalan, uy vazifalarini bajarishda, boshqa fanlarni oʻzlashtirishda, turli mashqlarni bajarishda, turli imtihonlarni topshirishda, hattoki, oddiygina kun tartibini rejalashtirganda, zarur narsalar roʻyxatini tuzganda, esdan chiqib qolmasligi uchun turli qaydlar shakllantirganda ham yozma nutqdan foydalanishadi. Yozma nutq inson hayoti davomida eng muhim nutqiy koʻnikma boʻlishiga qaramay, aynan, ushbu nutqiy koʻnikmani shakllantirishda va rivojlantirishda koʻp qiyinchilikka duch kelamiz. Turli mamlakatlarda tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan va oʻtkazilib kelinayotgan tajriba-kuzatuvlari ham aynan oʻquvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda turli muammolar va qiyinchiliklar mavjud ekanligini koʻrsatadi. Oʻquvchilar koʻpincha lugʻat boyligining yetishmasligi, yozayotgan narsasi haqida ma’lumoti yoʻqligi, yozayotgan matn strukturalarini bilmasligi, fikr yoʻqligi, gʻoya yetishmasligi, yozayotgan matnni rejalashtira olmasligi, grammatik savodxonlik kamligi, imlo va tinish belgilaridan toʻgʻri foydalana olmasligi, manbalarning kamligi kabi toʻsiqlarga duch kelishadi. Yozma nutqni rivojlantirish boshqa nutqiy koʻnikmalarga qaraganda ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki yozma savodxonlik mukammal darajaga yetishi uchun bir qancha bilimlar oʻzlashtirilishi lozim. Oʻquvchilardan grammatik va mazmun jihatdan toʻgʻri jumla qura olishi, soʻz boyligiga ega boʻlib, har bir soʻzni oʻz oʻrnida qoʻllay olishi, oʻz fikrini toʻgʻri, ravon va izchil bayon eta olishi, nutq uslublarini farqlay olishi hamda imlo va tinish belgilarini toʻgʻri qoʻllay olishi talab etiladi. Shuning uchun ham oʻquvchilarda yozma nutqni rivojlantirish ancha qiyin va sekin kechadigan jarayon hisoblanadi. Oʻquvchi yozma nutqini tekshirib, uning xato va kamchiliklarini aniqlashda faqatgina imlo va tinish belgilariga https://scientific-jl.org/obr 6 3 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 e’tibor qaratish yetarli emas. Koʻp holatlarda oʻquvchilarning yozma nutqini tekshirish jarayonida matnning mazmun jihatiga e’tibor qaratilmaydi. Ammo oʻquvchilarning koʻpchiligi yozma ishlarida asosiy mavzudan chetga chiqib ketishadi, oʻz fikrlarini toʻgʻri bayon eta olmaydi, fikrlarini dalillar bilan isbotlay olishmaydi. Oʻquvchilarning eng katta kamchiliklaridan biri soʻz boyligining kamligidir. Shu sababli ham oʻquvchilar takrorlardan koʻp foydalanishadi, soʻzlarni ma’nodoshi bilan almashtira olishmaydi. Oʻquvchilarning yozma nutqini tekshirishda faqatgina imlo va tinish belgilariga e’tibor qaratmasdan, balki oʻquvchi yozma nutqining mazmun jihati, soʻzlarni oʻz oʻrnida toʻgʻri qoʻllay olishi, oʻz fikrlarini asosli dalillar bilan bayon qila olishi, uslubga mos soʻz tanlay olishi va ma’lumotlarni toʻgʻri joylashtira olishiga e’tibor qaratish lozim. Yozma nutqni oʻstirishda uch yoʻnalish alohida ajratib berilgan: 1) soʻz ustida ishlash; 2) soʻz birikmasi va gap ustida izlash; 3) bogʻlanishli nutq ustida ishlash. Ushbu uch yo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada umumta’lim maktab oʻquvchilarining yozma nutq koʻnikmalarini shakllantirishda fikr izchilligini ta’minlash masalasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada umumta’lim maktab oʻquvchilarining yozma nutq koʻnikmalarini shakllantirishda fikr izchilligini ta’minlash masalasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
written discourse, text creation, four language skills, problem, Keywords: written discourse, til oʻqitish metodikasi., Kalit soʻzlar: yozma nutq, language teaching methodology., muammo, toʻrt lisoniy malaka, matn yaratish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники