Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIYOTGA OID TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Ostonova Dilnoza
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tibbiyotga oid terminlarning shakllanishi, manbalari, semantik xususiyatlari hamda ularning o‘zbek tilidagi o‘rni va ishlatilishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, tibbiy terminlarning leksik tahlili orqali ularning tuzilishi va lingvistik xususiyatlari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: tibbiy termin, leksik tahlil, terminologiya, o‘zlashma so‘zlar, semantika. Annotation: This article discusses the formation, sources, semantic features of medical terms, as well as their role and use in the Uzbek language. Also, through the lexical analysis of medical terms, their structure and linguistic features are revealed. Keywords: medicinal term, lexical analysis, terminology, borrowed words, semantics. Termin (lotincha terminus – chegara, chek) gapdan tashqarida olinganda ham aniq bir ma’no ifodalaydigan so‘z yoki turg‘un holatdagi birikmadir. Uning lug‘aviy ma’nosi ham shuni anglatadi. Demak, termin hamma so‘zlar singari oddiy so‘z bo‘lib, u ham ma’lum bir mustaqil tushunchani anglatadi va bir yoki bir necha nutq tovushining birikishidan iborat bo‘lgan bir vosita hisoblanadi. Terminning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bir qator me’yoriy talablar qo‘yilgan. Dastlab terminologiya maktabi asoschisi D.S. Lotte tomonidan ana shunday me’yoriy talablar ishlab chiqilgan. Ushbu talablar ko‘plab olimlar, jumladan, https://scientific-jl.org/obr 7 7 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 I.N. Volkova, A.V. Krijanovskaya, L.A. Simonenko va boshqalarning ishlarida to‘ldirilgan va kengaytirilgan1. D.S. Lotte “termin” maqolasini 1922-yilda yozgan, lekin faqat 1994-yilda nashr etilgan. Olim bu atamani falsafiy nuqtayi nazardan kо‘rib chiqqan va terminlarning bilish jarayonidagi ulkan rolini kо‘rsatib bergan. Muallifning sо‘zlariga kо‘ra, “fan va falsafa – bir tilli organizmning ikki qо‘li” va bu atama – ilmiy bilimlarni jamlashga qodir bо‘lgan fikrning chо‘qqisi, “pishgan sо‘z”, “yetuk sо‘z”. Muallif atama va “kundalik sо‘z” о‘rtasidagi farqni asoslab berdi. Aytishimiz mumkinki, ushbu maqola terminologik birlikning murakkab mohiyatini tushunishga zamin yaratadi. Mahalliy terminologiyaning shakllanishi D. Lotte nomi bilan bog‘liq. Aynan u terminologiyani о‘rganish zarurligini asoslagan, shuningdek, terminologiyani о‘rganishda tasniflash (statik) yondashuvning asoschisi bо‘lgan2. Tibbiyot – inson salomatligini saqlash, davolash va profilaktik choralarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli ilmiy-amaliy soha hisoblanadi. Bu sohada qo‘llaniladigan maxsus lug‘at birligi – tibbiy terminologiya muhim rol o‘ynaydi. Har qanday ilmiy sohada bo‘lgani kabi, tibbiyotda ham tushuncha va atamalar aniq, bir ma’noga ega bo‘lishi kerak. Tibbiyot bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy-biologik va boshqa bir necha fanlarga oid alohida atamashunoslik tizimlaridan iborat bo‘lgan atamalarga tibbiy atamalar deyiladi. Ularning ichida o‘z tushuncha va obyektlariga lotincha nom bergan uchta asosiy yo‘nalishdagi tizim bor bo‘lib, ular lotin tili so‘z boyliklaridan turli hajm va darajada foydalanadi. Tibbiy atamalarning tizimlari quyidagilardan iborat: 1. Anatomik va gistologik nomenklatura. Bu turkum hozirgi kunda ma’lum bo‘lgan barcha anatomik va gistologik atamalarni o‘z ichiga oladi. 1 Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Yoshlar nashriyoti, 2019. – B.108. 2 Флоренский П. А. Термин [Текст] / П. А. Флоренский // В. А. Татаринов. История отечественного термииноведения. Классики термииноведения: Очерк и хрестоматия. – М.: Московский Лицей, 1994. https://scientific-jl.org/obr 7 8 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Hozirgi zamon xalqaro anatomik nomenklaturasi (Nomina anatomica) birinchi marta, Parijda 1955-yilda anatomlarning VI xalqaro kongressida qabul qilingan va lotincha so‘zlarning bosh harfidan iborat qisqartma shakl – RNA tarzida ifodalangan. O‘sha vaqtdan beri u bir necha bor to‘ldirilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan. Birinchi Sovet nashri so‘z boshisida bu fan tarixida birinchi bo‘lib xalqaro tan olingan lotincha anatomik atamalar ro‘yxati sifatida qayd etilgjin. Hozirgi kunda ham lotin tili fanning barcha sohalari tili bo‘lib qolmoqda. RNA 5600 dan ortiq anatomik obyektni qamraydi. 1965-yili Sovet gistologlari tomonidan lotin tilida tuzilib, anatomlarning Leningrad (Sankt-Peterburg)da bo‘lib o‘tgan IX xalqaro kongressida rasmiy ravishda qabul qilingan xalqaro gistologik nomenklatura paydo bo‘ldi. 1970-yilda Leningrad gistologik nomenklaturasi (INH) yana ham to‘ldirildi, o‘zgartirishlar kiritildi, hozirgi kunda u 2750 dan ortiq atamalarni o‘z ichiga oladi. 1980- yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan anatomlarning XI xalqaro kongressida (RNA) va (INH) to‘ldirildi va o‘zgartirildi. Nomenklaturalarning lotincha matni asosida ishlab chiqilgan, keyinroq 1986-yilda bo‘lib o‘tgan butunittifoq anatomlar, gistologlar, embriologlar syezdida tasdiqlangan ruscha ekvivalent atamalar ro‘yxati h
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tibbiyotga oid terminlarning shakllanishi, manbalari, semantik xususiyatlari hamda ularning o‘zbek tilidagi o‘rni va ishlatilishi haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tibbiyotga oid terminlarning shakllanishi, manbalari, semantik xususiyatlari hamda ularning o‘zbek tilidagi o‘rni va ishlatilishi haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medicinal term, lexical analysis, terminology, borrowed words, Keywords: medicinal term, terminologiya, Kalit so‘zlar: tibbiy termin, semantics., leksik tahlil, o‘zlashma so‘zlar, semantika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026