Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADAPTATION OF ACCOUNTING IN ENTERPRISES TO THE REQUIREMENTS OF A MARKET ECONOMY
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KREDIT SIYOSATINI AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/yo) · Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li (Andijon davlat texnika instituti)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda banklarning iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi roli, xususan, kredit siyosati orqali moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari, turlari hamda bank faoliyatining barqarorligi va foydaliligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amal qilgan normativ hujjatlar asosida kredit siyosatining tartibga solinishi va zamonaviy texnologiyalarning bu jarayonga ta’siri ochib berilgan. Kalit so‘zlar: kredit siyosati, tijorat banki, kreditlash, moliyaviy barqarorlik, kredit portfeli, risklarni boshqarish. Zamonaviy iqtisodiyotda banklarning roli nafaqat moliyaviy resurslarni jamg‘arish va taqsimlash bilan, balki iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish salohiyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ham namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, tijorat banklarining kreditlash amaliyoti iqtisodiy tizimning barqaror rivojlanishida asosiy o‘rin egallaydi. Kredit siyosati esa ushbu jarayonning yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim strategik vosita sifatida qaraladi. Tijorat banklari o‘zining kredit siyosatini shakllantirishda iqtisodiyotdagi makro va mikro omillarni, bozor kon’yunkturasini, risklarni, hamda mijozlar ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish orqali samarali qarorlar qabul qiladi. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, kredit siyosati aniq va tizimli yo‘lga qo‘yilgan banklarda kredit portfelining sifati yuqori, qarzlarning qaytarilish darajasi barqaror va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘ladi. Aksincha, kredit siyosatining sustligi, strategik yondashuvning yetishmasligi, kreditlash mezonlarining noaniqligi yoki subyektivligi bank faoliyatining beqarorligiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, kredit siyosatining ilmiy asoslangan tarzda shakllantirilishi va amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi tijorat banklarining umumiy muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Tijorat banklarining kredit siyosati- bu bank tomonidan kredit operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan tamoyillar, mezonlar, uslublar va mexanizmlar yig‘indisidir. Mazkur siyosat bankning kredit faoliyatini tartibga soladi, kreditlash yo‘nalishlarini aniqlaydi va risklarni boshqarish strategiyasini belgilaydi. Kredit siyosatining asosiy maqsadi- bank kapitalining xavfsizligini ta’minlash, yuqori rentabellikka erishish va mijozlar ehtiyojlarini qondirishdan iborat. O`zbekiston Respubliksida ham kredit siyosatiga katta e`tibor berilgan. Jumladan, 2000-yil 22-fevralda “Tijorat banklarida kredit siyosatiga qo`yilgan talablar” to`g`risidagi nizom tasdiqlanmagn. Hujjat 2021-yilda o`z kuchini yo`qotgan bo`lsada, kredit siyosatining mazmunini yoritib bergan. Unga ko`ra, “Bankning kredit siyosati -kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar 20 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart”1. Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalga joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi. Kredit siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ajratilayotgan kreditlarning miqdori va turlari, qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi muvozanat, moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish tartibi, kredit portfelining holati va ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘riladigan choralar keltiriladi. Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo‘yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qo‘yilmalarni moliyalash va b. Kredit turlari bo‘yicha: “kredit liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash, lombard va veksel kreditlari va b. Kredit siyosati bankning resurs bazasiga, bozor kon’yunkturasiga, davlatning pul-kredit siyosatiga, qonunchilik talablariga hamda mijozlarning xatti-harakatlariga bevosita bog‘liq holda ishlab chiqiladi. Bu siyosat strategik va taktik darajalarda namoyon bo‘ladi. Strategik darajada kredit siyosati uzoq muddatli maqsadlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni kreditlashning ustuvor yo‘nalishlari, k
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- accounting, banks., investments, market economy, Keywords: enterprise, customers
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025