Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IBORALARNI TARIXIY-ETIMOLOGIK ASOSDA O‘QITISHNING LINGVOMETODIK ASOSLARI
LINGVOMETODIK ASOSLARI · Farxodova Bibijon O‘tkirbek qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi iboralarning tarixiy-etimologik ildizlari va ularni o‘quvchilarga samarali o‘rgatishning lingvometodik asoslari yoritiladi. Manbalarga tayangan holda iboralar semantik jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada iboralarni o‘qitishda tarixiy-etimologik yondashuvning ahamiyati, usullari va amaliy qo‘llanish shakllari bayon etiladi. Kalit so‘zlar: frazeolgik birlik, etimologiya, tarixiy kontekst, vizual metod, lingvometodika O‘zbek tili obrazli ifodalarga boy bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining namunalaridan biri frazeologizmlardir. Har bir ibora o‘zida xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari, tarixiy xotirasi va tafakkurini mujassam etadi. Bugungi tilshunoslikda frazeologik birliklarning semantik yuki, qo‘llanish imkoniyatlari va ularni samarali o‘rgatish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ularni tarixiy-etimologik asosda o‘qitish orqali o‘quvchilarda tilning ichki tizimini, taraqqiyoti va xalq tafakkuri bilan bog‘liq jihatlarni chuqurroq anglash imkoniyati yuzaga keladi. Ibora — bu ma’no jihatidan yaxlit bo‘lgan, odatda ko‘chma ma’no anglatadigan, tarkibiy qismlari alohida o‘z ma’nosini yo‘qotgan, ammo barqaror shaklda tilga singib ketgan so‘z birikmalaridir. Iboralar quyidagi xususiyatlarga ega: Barqarorlik: Tarkibi o‘zgarmaydi, so‘zlar almashsa ma’no buziladi. Ko‘chma ma’no: Tashqi shaklidan farqli, obrazli ma’noni anglatadi. https://scientific-jl.org/obr 1 9 9 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ekspressivlik: Emotsional va stilistik jihatdan boy. Tarixiy-etimologik yondashuv — frazeologizmlarning kelib chiqishini, qadimiy manbalardagi shaklini, ma’no o‘zgarishlarini aniqlab, ularni hozirgi ma’nolari bilan solishtirishdir. Bu yondashuv orqali frazeologik birliklarning tildagi taraqqiyoti, ijtimoiy-madaniy kontekstdagi ahamiyati aniqlanadi. Lingvometodika — bu til materiallarini o‘qitishning ilmiy asoslangan metodlari, vositalari va shakllarini o‘rganadigan soha. Iboralarni o‘rganishda lingvometodik yondashuv quyidagilarga asoslanadi: Til birliklarini bosqichma-bosqich tushuntirish. Dars mazmuniga mos uslub va usullarni tanlash. O‘quvchilar yoshiga, til darajasiga, qiziqishiga qarab metodik moslashuvni ta’minlash. Iboralarni o‘rgatishda samarali deb topilgan lingvometodik yondashuvlar keltiriladi: 1. Tarixiy kontekst asosida o‘rgatish Ibora qadimiy manbada qanday ishlatilgani, tarixiy kontekstdagi ma’nosi tushuntiriladi. Kultegin toshbitigidagi “to‘zsiz” so‘zi bugungi “tuzsiz odam” iborasining ildizi sifatida talqin qilinadi. 2. Etimologik tahlil Ibora tarkibidagi so‘zlar lug‘aviy, morfologik, tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bu orqali o‘quvchi nafaqat ifodaning ma’nosini, balki u bilan bog‘liq tafakkurni ham anglaydi. 3. Vizual yondashuv Frazeologik birlikni ifodalovchi rasm, diagramma, davriy jadval yordamida darsda tushuntirish. Bu metod eslab qolish qobiliyatini oshiradi. 4. Taqqoslash usuli Tarixiy va zamonaviy ma’nolarini solishtirish. https://scientific-jl.org/obr 2 0 0 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 5. Interaktiv metodlar Qiziqarli o‘yinlar, munozara orqali frazeologik birliklarni mustahkamlash. Masalan, frazeologik ifoda asosida kichik sahna ko‘rinishlarini tashkil etish. Yuqorida ta’kidlangan yondashuvlar orqali iboralarni o‘qitish o‘quvchilarda nafaqat til boyligini kengaytiradi, balki ularning tanqidiy tafakkuri, ongini, tarixiy xotirasini va milliy qadriyatlarga nisbatan hurmatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarixiy-etimologik tahlil orqali frazeologizmlar leksik ma’nosi bo‘yicha yuzaki tushuniladigan ibora sifatida emas, balki xalq tafakkurining qatlamli ifodasi sifatida talqin etiladi. Bu esa til o‘rganishni yodlash emas, anglash jarayoniga aylantiradi. Mazkur fikrlarni quyidagi tarixiy va amaliy misollar orqali yanada aniqlashtirish mumkin: “Tuzsiz odam”, “gapining tuzi yo‘q” deganda “tartibsiz, asossiz, tuturiqsiz odam”, “gapining asosi, tartibi, tuturig‘i yo‘q, to‘g‘ri emas” kabi ma’nolar tushuniladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘z ovqatga solinadigan osh tuziga bog‘lab tushuntiriladi. Lekin bu ibora yaqinda paydo bo‘lgan so‘z emas, hattoki u eng qadimgi turkiy obidalarda ham uchraydi. Xususan, VIII asr yodgorligi Kultegin toshbitigida shunday jumla bor: “Bägläri, buduni to‘zsiz o‘cho‘n, tabg‘ach budun tabligin ko‘rlig o‘cho‘n…”, – ma’nosi: “beglari, xalqi tuzsiz (bo‘lgani) uchun, tabg‘ach elining yolg‘onlariga uchgani uchun…”1. To‘g‘ri, tuz ma’dani azaldan turkiyda – tuz, lekin unga shakldosh, ammo ma’nosi farqli bo‘lgan boshqa “tuz” o‘zakli so‘zlar ham borki, Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk”da shunday so‘zlardan beshtasini keltiradi: 1. To‘z – qayish yoki kamarga taqiladigan va bog‘lanadigan halqa; 2. To‘z: ӭl to‘z nӭtäk? – mamlakat, el qanday? (bu yerda “mamlakat”, “yurt” ma’nosida); 3. To‘z – asl, tag, asos. Misol: äniң to‘bi, to‘zi kim? – uning tagi, zoti, asli kim? Kimga borib taqaladi? 4. To‘z: to‘z jӭr – t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi iboralarning tarixiy-etimologik ildizlari va ularni o‘quvchilarga samarali o‘rgatishning lingvometodik asoslari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek tilidagi iboralarning tarixiy-etimologik ildizlari va ularni o‘quvchilarga samarali o‘rgatishning lingvometodik asoslari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vizual metod, lingvometodika, Kalit so‘zlar: frazeolgik birlik, tarixiy kontekst, etimologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025