К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK VA ISPAN TILLARIGA O‘ZLASHGAN ARABIZMLARNING LINGVISTIK-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI

LINGVISTIK-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI · Dushayeva Umida Yusufovna · Dushanova Moxinur Shuxrat qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

In the vocabulary of world languages, words that have entered from other languages occupy a significant place. The penetration of Arabic words into the Uzbek and Spanish languages in the Middle Ages indicates the direct influence of the Arab world, including the Arabic language. In the absence of a lexeme denoting a certain concept or due to inconvenience in using it, speakers began to use borrowed words - Arabisms in speech. Some of the Arabisms were directly adopted, while others https://scientific-jl.org/obr 2 5 9 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 entered through a third or fourth intermediary language. During this period, words underwent phonetic and orthographic changes, their meaning was narrowed or expanded, and often the adopted words were subject to the internal laws of each language. Key words: vocabulary, etymology, annotated dictionary, spanish, uzbek language, alcohol Kirish: Arab tili jahon tillari orasida o‘zining qadimiyligi, boy leksik-fonetik tizimi va madaniy-falsafiy merosi bilan ajralib turadi. Islom dini bilan bog‘liq holda arab tili turli xalqlar hayotiga chuqur kirib borgan va ularning tiliga, tafakkuriga, madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, o‘zbek va ispan tillari bu tilning boy leksik qatlamidan bevosita yoki bilvosita ta’sirlangan tillar sirasiga kiradi. Bu ikki til har xil hududda, turli tarixiy sharoitda rivojlangan bo‘lsa-da, arab tili ularga o‘zining diniy, ilmiy va madaniy so‘z boyligini olib kirgan. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar – arabizmlar – nafaqat lug‘aviy birlik sifatida, balki butun bir madaniy qatlamni aks ettiruvchi elementlar sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orqali xalqlarning tarixiy, diniy, ilmiy va madaniy aloqalari, tafakkur tarzi, dunyoqarashi namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida arabizmlar asosan islom dini, axloqiy-falsafiy tushunchalar va ilm-fan sohasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ispan tilida ular Andalusiya davrida shakllangan iqtisodiy, ilmiy va kundalik hayotga oid sohalarga oid bo‘lgan.Ushbu maqola arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning o‘zbek va ispan tillaridagi lingvistik-etimologik xususiyatlarini tahlil qilish, ularning morfologik va semantik o‘zgarishlarini ochib berish, hamda ularning zamonaviy til va tafakkurdagi o‘rnini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, maqolada mashhur allomalarning til va tafakkurga doir fikrlari asosida arabizmlarning madaniy-ma’naviy ahamiyati ham yoritiladi.Tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek va ispan tillarida faol ishlatiladigan arabcha kelib chiqishga ega leksik birliklar tanlab olindi. Maqsad – bu so‘zlarning kelib chiqishi, tilga kirib kelish sabablarini aniqlashdan iborat. https://scientific-jl.org/obr 2 6 0 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 O‘zbek xalqi uchun arab tili diniy manbalar (Qur‘on, Hadis) va ilmiy asarlar (falsafa, matematika, tibbiyot) orqali tilga singgan bo‘lsa, ispan xalqi uchun bu til VIII- XV asrlarda Andalusiyada arablar hukmronligi orqali keng yoyilgan. Bu davrda ispan tiliga taxminan 4000 dan ortiq arabcha so‘zlar lirib kelgan. Mashhur sharqshunos A.A. Shcherbak arab tilining o‘zbek tiliga bo‘lgan ta‘sirini “Bu til nafaqat lug‘aviy boylik, balki tafakkur shakliga ham ta‘sir qilgan” deya ta‘riflaydi. Xuddi shunday, ispan tilshunosi Federico Corriente arab tilidan kirib kelgan so‘zlarni “Ispancha leksikaning ajralmas qismi” deb ataydi. O‘zbek va ispan tillariga kirgan arabizmlar leksik-semantik jihatdan diniy, ilmiy ,axloqiy-falsafiy va kundalik hayot sohalariga oid. Ko‘plab o‘zbek tilidagi arabizmlar diniy-axloqiy va ilmiy-ma‘naviy sohalarda faol ishlatiladi. Ispancha arabizmlar esa kundalik hayotda,ayniqsa, qishloq xo‘jaligi,matematka va texnik terminologiyada ko‘proq uchraydi. Har ikki tilda ham arabcha so‘zlar semantik moslashuv va fonetik moslashuv orqali tilga kirgan. Masalan, o‘zbek tilida “sabr”, “taqvo”, “gunoh”, “niyat” kabi so‘zlar keng ishlatiladi. Ispan tilida esa “aceite” (zaytun moyi), “algodón” (paxta), “algebra” (jabr) kabi amaliy so‘zlar ko‘p uchraydi. Bu holat har bir xalqning arab tilidan foydalangan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqi islomni qabul qilganidan keyin arab tilini asosan diniy maqsadlarda o‘rgangan bo‘lsa, ispan xalqi uni hukmronlik kuchi sifatida qabul qilgan va undan kundalik ehtiyojlarda foydalangan. Arabcha so‘zlar har ikki tilga kirar ekan, ular fonetik va morfologik jihatdan moslashtirilgan. O‘zbek tilida ko‘plab so‘zlar o‘z ildizini saqlab qolgan bo‘lsa-da, talaffuz va morfemik tuzilish jihatidan o‘zbek tilining fonotaktikasiga moslashgan. Masalan, arabcha “ṣabr” o‘zbekchada “sabr” shaklida, “ilm” esa o‘zgarmagan holda qabul qilingan. Ispan tilida esa fonetik moslashuv yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, arab tilidagi “al-kuḥūl” so‘zi ispan tilida “alcohol” shaklida saqlanib qolgan, lekin talaffuz ispancha fonetika asosida o‘zgaradi. “Alkogol” so‘zi o‘zbek tili izohli lug‘ati (2006-yil, A harfi)d

Доказательный фрагмент

«In the vocabulary of world languages, words that have entered from other languages occupy a significant place.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the vocabulary of world languages, words that have entered from other languages occupy a significant place. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vocabulary, etymology, annotated dictionary, spanish, uzbek, alcohol, izohli lug‘at, uzbek language, ispan tili, etimologiya, Key words: vocabulary, alkogol, Kalit so‘zlar: so‘z, o‘zbek tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники