К содержанию
РецензированоUZ1938

FITRAT IJODINING O‘ZBEKISTONDA O‘RGANILISHI

Gulnozaxon Raxmonova · Mahmudxo’ja Behbudiy · Abdulla Qodiriy · Abdulhamid Cho’lpon

Образование наука и инновационные идеи в мире · 1938

Аннотация

Ushbu maqola Abdurauf Fitrat ijodining O‘zbekistonda o‘rganilishi va tahliliga bag‘ishlangan. Unda Fitratning boy adabiy merosi, jadidchilik harakatidagi hissasi, dramaturgiya va nasriy asarlarining mavzusi hamda uslubiy xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Mustaqillik yillarida Fitrat ijodi bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Abdurauf Fitrat, o‘zbek adabiyoti, jadidchilik, dramaturgiya, ma’rifatchilik. Insoniyat tarixida shunday daho san’atkorlar bo’lganki, ular o’z hayoti, ijodi, fikr-u zakovatini xalqning bugungi turmushini yaxshilashga, ertangi kunini charog’on qilishga bag’ishlaganlar. Darhaqiqat, bir qancha millatparvar adiblar qatag’on tufaylima’naviyatimiz tarixidan yulib tashlanganiga qaramay, ular merosini o’rganish, asarlarida ko’tarilgan ma’naviy-axloqiy masalalarni tadqiq etish bugungi istiqlol sharoitida ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Zero, bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Is’hoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoyi adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan. Abdurauf Fitrat (1886–1938) o‘zbek adabiyoti va madaniyatining eng yorqin vakillaridan biridir. Uning ijodi xalqning milliy ongini shakllantirish, ma’rifat orqali taraqqiyotga yetaklash g‘oyalariga asoslangan. Fitratning serqirra ijodi she’riyat, dramaturgiya, nasr va ilmiy tadqiqotlarni qamrab oladi. Sho‘ro davrida qatag‘on qilingan bu buyuk siymo ijodining mustaqillik yillarida qayta o‘rganilishi milliy adabiyotimizni boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. https://scientific-jl.org/obr 3 1 6 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Fitratning adabiy merosi uning she’riyati, nasriy asarlari va dramaturgiyasini o‘z ichiga oladi. Fitrat she’riyatida milliy uyg‘onish va ma’rifatchilik g‘oyalari aks etgan. Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga boʻlish mumkin: 1-davr 1909-1916- yillarni oʻz ichiga olib, Turkiya taassurotlaridan ilhomlangan holda jadid maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan. 2-davr 1917-1923-yillarni qamrab oladi, bu davrda Fitrat milliy istiqlol gʻoyalari bilan toʻyingan asarlar yozadi. Ijodining 3-davri 1923- 1937-yillarga oid boʻlib, Shoʻro maxfiy xizmatining doimiy nazoratida boʻlgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogik ishlar bilan shugʻullanadi. Fitrat ijodini batafsil tahlil qilish jarayonida uning yozgan asarlari va ilmiy ishlari xalqning ma’naviy uyg‘onishiga qaratilgani aniqlanadi. U millatning ma’naviy kamolotini o‘zining ijodiy ishlari orqali ilgari surgan. Fitratning asarlari zamonamiz uchun ham dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, ular ma’rifiy va ilmiy ahamiyat kasb etadi. Fitrat ijodini o’rganishda turli xil qarashlar mavjud. Serqirra iste’dod sohibi bo’lgani bois adibni shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos, musiqa, tabobat, matematika deyarli barcha sohada qalam tebratganiga guvoh bo’lamiz. Shu bois ijodini o’rganishda xilma-xilliklar mavjud. Fitrat ijodining o’zbekistonda o’rganilishida A.Aliyev, B.Qosimov, H.Boltaboyev, I.G’aniyev va boshqalar tadqiqotlar mavjud.1 Fitrat ijodini o’rganishni akademik Ilhom G’aniyev 4 guruhga ajratib ko’rsatgan. 1. Fitratning o'zi tirikligida hayoti va ijodini o'rganish. 2. 1938 -yil 4-oktyabrdan - stalincha qatag'on siyosatining oqibatida nohaq qatl эtilishidan boshlab tokim 1956-yil (sobiq KPSSning XX s'ezdidan so'ng shaxsga sig'inishning rasman tugatilishi) gacha bo'lgan davr. 1 Мирзаева З. И. Абдурауф Фитрат фаолиятининг ўрганилиши: ўзига хос ёндашув ва қарашлар / Ўзбекистон тарихининг долзарб масалалари ёш олимлар тадқиқотларида: асосий йўналишлар ва ёндашувлар. https://scientific-jl.org/obr 3 1 7 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 3. 1956-yildan 1985-yil (sobiq Ittifoqning aprel plenumi va oshkoralik, demokratiyaning tantanasi) gacha bo'lgan davr. 4. 1985-yildan hozirgacha bo’lgan davr. Shu kungacha Fitrat ijodini o’rganganlarning sanog’I 150dan oshdi. Ammo hali hanuz xalqqa taqdim etilmagan ishlari, asarlari mavjud. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Fitrat ijodi bir daryo, uning o’zanlari shunchalar ko’pki, yozib adog’oga yetmaysiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Мирзаева З. И. Абдурауф Фитрат фаолиятининг ўрганилиши: ўзига хос ёндашув ва қарашлар / Ўзбекистон тарихининг долзарб масалалари ёш олимлар тадқиқотларида: асосий йўналишлар ва ёндашувлар. Республика ёш олимларининг анъанавий иккинчи илмий конференцияси материаллари тўплами. – Тошкент: Фан, 2010. – Б. 187. 2. Болтабоев Ҳ. ХХ аср бошлари ўзбек адабиётшунослиги ва Фитратнинг илмий мероси: Филол. фан. д-ри... дисс. – Т., 1996; Жўрақулов У. Ҳ. Фитратнинг тадқиқотчилик маҳорати. (Ўзбек адабиёти тарихига оид тадқиқотлари мисолида): Филол. фан. номз... дисс. – Т., 1998; Ғаниев И.М. Фитрат драмалари поэтикаси: Филол. фан.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Abdurauf Fitrat ijodining O‘zbekistonda o‘rganilishi va tahliliga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Abdurauf Fitrat ijodining O‘zbekistonda o‘rganilishi va tahliliga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dramaturgiya, o‘zbek adabiyoti, jadidchilik, Kalit so‘zlar: Abdurauf Fitrat, ma’rifatchilik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники