К содержанию
РецензированоUZ2025

ASAD DILMURODNING “XILVAT”HIKOYASI TAHLILI

Navro’za Raximova

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Asad Dilmurodning "Xilvat" hikoyasi, o'zbek adabiyotining zamonaviy namunalaridan biridir va unda insonning ichki dunyosi, o'zini anglash, odamlar o'rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy muammolar tasvirlanadi. Hikoya, asosan, odamning yolg'izlik va insoniy holatlarni o'rganadi, shuningdek, adolat va taqdir haqidagi savollarni o'rtaga tashlaydi.Tarixiy mazmunda yozilgan ushbu hikoya haqida ayrim fikrlarni ko’rib o’tamiz. Kalit so’zlar:Xarakter,hikoya,obraz,tip,detal,sujet,xilvat,kampir,Amir Temur,tuguncha,assotsiativ,konsentrik,xronikal,retrospektiv. Hikoya — bu qisqa adabiy asar bo'lib, unda biror voqea yoki holat tasvirlanadi. Hikoyalar odatda bir yoki bir nechta qahramonlar, ularning o'zaro munosabatlari va voqealar rivoji orqali o'zining asosiy g'oyasini yoki xabarini yetkazadi. Hikoya odatda qisqa hajmda bo'ladi va voqealar ketma-ketligi, xarakterlarning rivojlanishi va ularning ichki dunyosi haqida o'ylashga undaydi. Hikoya janri, ko'pincha odamlarning kundalik hayotidagi oddiy holatlar yoki jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni o'zgacha badiiy uslubda aks ettiradi. Hikoyaning o'ziga xosligi shundaki, unda voqea tez rivojlanib, qisqa vaqt ichida o'z yakuniga yetadi, shuningdek, ular ko'pincha aniq bir xulosaga yoki tafakkurga olib keladi. Endi badiiy xarakterga qaytsak.Badiiy xarakter – adabiyotda yoki san'atda yaratilingan, asar orqali ma'lum bir xususiyat, his-tuyg'u yoki maqsadga ega bo'lgan obrazdir. Badiiy xarakter, odatda, muayyan vaziyatlar yoki ijtimoiy-madaniy https://scientific-jl.org/obr 3 1 9 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 sharoitlarda o'zini qanday tutishini, fikrlarini, qarashlarini va ichki dunyosini ko'rsatadi. U asar davomida rivojlanishi mumkin, ya'ni boshlanishidagi xatti- harakatlari va so'zlari asar davomida o'zgarib, murakkablashishi mumkin.Badiiy xarakter asarning asosiy mag’zi hisoblanadi.Chunki xarakterda obrazning mohiyati,tirikligi,zaruriyligi,joni mujassamdir.Xarakter yaratish badiiy asarning asosiy masalasi hisoblanadi.Aniqroq aytadigan bo’lsak,xarakter-bu aniq iroda yo’nalishiga ega bo’lgan,O’z xatti-harakatlari, intilishlari, o’y-hayollari, dunyoqarashi, ma’naviyati, fe’l-atvori bilan boshqalardan ajralib turadigan to’laqonli shaxslar obrazidir.Shu sabab badiiy asardagi hamma qahramonlar xarakter sanalmaydi.Jumladan “O’g’ri” hikoyasidagi Qobil bobo xarakter sanalsa qolganlar personaj bo’ladi. Badiiy xarakterlarning turli turlari mavjud: 1. Markaziy xarakter – asarning asosiy qahramoni bo'lib, uning atrofidagi voqealar va qarorlar asosida hikoya rivojlanadi. 2. Yordamchi xarakterlar – asosiy qahramonlar bilan aloqada bo'lgan, lekin asarning markazida bo'lmagan obrazlar. Badiiy xarakterning shakllanishi va rivojlanishi asarning mavzusi, janri va muallifning maqsadiga qarab farq qiladi. “Xilvat” hikoyasi tahlili Dastlab hikoya nomi nega aynan “Xilvat” deb nomlanganiga e’tibor qaratsak. Hikoyaning asosiy mavzusi — insonning yolg'izlik va ichki kurashi. Xilvat, ya'ni yolg'izlik, hayotning murakkabligi va odamlarning o'zaro munosabatlaridagi muammolarni ko'rsatadi. Asad Dilmurod bu mavzuni insonni o'zining haqiqiy holatini tushunishga chaqirgan tarzda rivojlantiradi.Asosiy qahramon, o'zining ichki his- tuyg'ulari va tashqi dunyo bilan munosabatlarini hisobga olib, o'zini yolg'izlikda topadi. Bu xilvat, uning o'zini anglash jarayonini boshdan kechirishga imkon beradi.Hikoyadagi qahramonlarning psixologik holati, ularning ichki kurashlari, ruhiy https://scientific-jl.org/obr 3 2 0 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 iztiroblari va hayotga bo'lgan qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xilvatda qahramonlar o'zlarini aniqlash, biror narsaga erishish yoki biror holatni o'zgartirish uchun kurashadilar. Hikoyada voqealar rivoji tugundan boshlanadi.Demak hikoya konsentrik sujet asosiga qurilgan.”Kuz quyoshi ostida mudrayotgan shahar ko’chalarida yupun kiyingan,kalta sochlari qirovlagan ozg’in kampir tushiga changali dov qarchig’ay kirganini ayta-ayta so’ylanib yurar edi...” Endi o’quvchida savol tug’iladi “Kampir kim?”, :Nega u hammaga tushini aytib aytib yuribdi?”, “Hikoyada kampirning ro’li qanday?” va yana shu kabi ko’plab savollar.Bu savollar javobini o’quvchi hikoyani o’qish davomida bilib boradi. “Xilvat” hikoyasida ham voqealar rivoji juda tez amalga oshadi va qahramonning nigohida o’zi bilmagan holda yechim kelib chiqadi.Hikoya bosh qahramoni Turon zamin o’lkasi sohibqironi Amir Temur.Hikoyada Temurning “Kuch – adolatda”degan so’zlariga amal qilganini yana bir bor guvoh bo’lamiz.Shunga qaramay har yerda bo’lgani kabi Temurning atrofida ham nokas,o’z foydasi uchun begunohlar uvolidan qo’rqmaydigan insonlar yo’q emasdi.Aynan ularning kasriga Temur bir umrlik vijdon azobiga qoladi.Bir mushtipar onaning eng so’nggi najotini saqlab qola olmaydi(eng achinarlisi kampirning ikki o’g’li va turmush o’rtog’i ham Temur qo’shinlarining safida vafot etadi).Bunday vaziyatda Tem

Доказательный фрагмент

«Asad Dilmurodning "Xilvat" hikoyasi, o'zbek adabiyotining zamonaviy namunalaridan biridir va unda insonning ichki dunyosi, o'zini anglash, odamlar o'rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy muammolar tasvirlanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Asad Dilmurodning "Xilvat" hikoyasi, o'zbek adabiyotining zamonaviy namunalaridan biridir va unda insonning ichki dunyosi, o'zini anglash, odamlar o'rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy muammolar tasvirlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tip, xilvat, Amir Temur, detal, tuguncha, hikoya, Kalit so’zlar:Xarakter, sujet, konsentrik, assotsiativ, retrospektiv., obraz, xronikal, kampir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники