К содержанию
РецензированоUZ2025

HUVAYDO G‘AZALLARIDA BADIIY SAN’ATLARNING OʻRNI

Xomidova Zeboxon G‘ayratjon qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Khojanazar Huvaido is a mature representative of the Kokan literary environment and a master poet. His lyrical legacy was published as a devan. In this article, the poet's ghazal, which begins with the words "Kuyub ishq otda, ey friends, bagri kabab ottum" is analyzed. In it, the creator's ideological direction, artistic skills, https://scientific-jl.org/obr 3 2 5 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 and the uniqueness of the image of divine love are analyzed. In the analysis of ghazals, the art of tashbeh, tajnis, exaggeration, exclamation, tazad is used skillfully. Key words: literary environment, devan, Huwaydo, ghazal, allusion, tajnis, exaggeration, exclamation, tazad, mustazad, musaddas, mukhammas, mysticism. Millatimiz ta'rixiga nazar tashlar ekanmiz, ming yillar davomida xalqimiz qon qoniga singib ketgan Islom dinining qadriyatlari, ahkomlari o'z o'zidan adabiyotimizga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Qarib ming yillar davomida xalqimiz muqaddas kitobimiz bo'lmish Qur'oni karim va hadisi sharifga tayangan holda yashab kelganlar. E'tiborli jihati shundaki, ko'p xollarda yetuk din ulamolari bir vaqtning o'zida shoir, faylasuf, mutafakkir, hatto, ba'zi xollarda qomusiy olim kishilar bo'lishgan, yetuk shoirlar esa dinni puxta bilgan, yoshligidan Quroni karimni yod olgan murattab qori bo'lgan, shariat ahkomlarini o'zlashtirgan kishilar bo'lishgan. Bunday ulug siymolarga Abu Nasr Farobiy, Al- Xorazmiy Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug' mutafakkirlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Asrlar davomida din va adabiyot birlashib, dinning yetuk falsafasi bilan adabiyotning nodir so'z sanati vujudga keldi. Natijada islom diyorida ko'plab mutasavvuf shoirlar yetishib chiqdilar. Xo’janazar G’oyibnazar o’g’li Huvaydo ham anashunday shoirlardan biri bo'lgan.1 Huvaydo she’rlarida axloq-odob, ma’naviyat, ma’rifat va tarbiya masalalari alohida o‘rin tutadi: shoir halollik, poklik, rostgo‘ylik, taqvodorlik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, yetim-yesir, kambag‘al-miskinlarga shafqatli bo‘lish, xayru saxovatli bo‘lish kabi eng oli- janob insoniy fazilatlarni targib qildi va tarannum etdi. Nopoklik, maishiy buzuqlik, kazzoblik, firibgarlik, o‘g‘rilik, birovning haqiga xiyonat qilishi, tilyoglamalik, riyokorlik, laganbardorlik, ayniqsa, kibru havo, mutakab- birlik, zinokorlik singari jirkanch illatlarni qattiq qoraladi. Huvaydo inson hayotidagi ijobiy va salbiy xu- susiyatlar haqida yozar ekan, ularning oqibatini ko‘rsa- tish uchun Qur’on va hadislardan dalillar keltiradi.2 1 Xolmurodov.I. OTASHNAFAS SHOIR HUVAYDO HAYOT YO'LIGA BIR NAZAR maqolasi. "Экономика и социум" №12(91)-1 2021 2 Qodirqul Ruzmatzoda. Huvaydo Devoniga so’z boshidan.Toshkent.-2007. https://scientific-jl.org/obr 3 2 6 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Huvaydo mumtoz she'riyat ustasi sifatida namoyon bo'ldi. Huvaydo g'azaliyoti, asosan, oshiqona, orifona g'azallardan tashkil topgan. Oshiqona g'azallarda ishqi komil yo'lida insoniy kamolat sari sabot bilan intiluvchi oshiq kechinmalari va qiyofasi ta'sirchan tasvirlangan. Orifona g'azallarda esa Huvaydo donishmand faylasuf siymo sifatida gavdalanadi. Uning didaktik qarashlari asrlar osha o'lmas mavzularga aylanib qolmoqda. Huvaydoning ijodiy faoliyati g'oyaviy-badiiy jihatdan nihoyatda keng qamrovli va umumbashariyligi bilan ham ajralib turadi: uning asarlaridan osiy va gumroh ham, orif va oshiqlar ham, fozil va komil insonlar ham, turli maqom va saviyadagi shoh-u gadolar ham bahra olishi va o'zlarini qiynagan muammolarga javob olishlari, o'z ichki olamini kuzatishlari mumkin edi. Uning ijodida hayot va o'lim masalalari, insoniy hayotning ma'nosi, o'zlikni anglash masalalari yetakchi o'rin egallaydi. Bu esa shoirning o'ziga xos yo'li, uslubi borligini, teran va falsafiy fikrlash doirasining kengligini ko'rsatadi.3 Bu maqolada Huvaydoning "Kuyub ishq o‘tida, ey do‘stlar, bag‘ri kabob o‘ttum" deb boshlanuvchi g'azalini tahlilini ko'rib o'tamiz. G’azalni tahlil qilishdan avval ba’zi so’zlarning ma’nosi bilan tanishib o’tsak. Giribon - yoqa, darig‘o - attang, shitob - shoshilmoq, barq - yashin, chaqmoq, turob – tuproq.4 Birinchi misra bilan tanishamiz: Kuyub ishq o‘tida, ey do‘stlar, bag‘ri kabob o‘ttum, Ko‘zum qoni bilo guldek giribonim bo‘yab o‘ttum.5 Bu baytda shoir do’stlariga murojaat qilib, ishq sababli bag’ri kabob bo’lganini takidlaydi. Bu yerda bag’rni kabobga o’xshatish orqali qanchali azob, iztirob chekayotganini ifodalaydi. Lekin, bilamizki kabob qancha yaxshi pishirilsa u yanada mazali bo’ladi, ishq ham shunday, oshiq qancha azob cheksa yoriga bo’lgan muhabbati yanada kuchli bo’ladi. Baytda nido, tajnis she’riy san’atidan foydalangan. Nido boshqa sheʼriy sanʼatlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli 3 Zaripova. D. HUVAYDO IJODIDA ADABIY TA'SIR maqolasi. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY 2023/11 (105) 4 Huvaydo.Devon.Yangi asr av

Доказательный фрагмент

«Khojanazar Huvaido is a mature representative of the Kokan literary environment and a master poet.»

Образец извлечения

Демо-превью

Khojanazar Huvaido is a mature representative of the Kokan literary environment and a master poet. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literary environment, devan, Huwaydo, ghazal, allusion, tajnis, devon, мистика., Ключевые слова: литературная среда, exaggeration, мухаммас, Kalit so’zlar: adabiy muhit, Хувайдо, мустазад, tazad, tazod, mustazad, восклицание, musaddas, tashbeh, газель, g’azal, muxammas, mubolag’a, nido, таджнис, Huvaydo, tasavvuf., тазад, mukhammas, преувеличение, mysticism., деван, exclamation, мусадды, Key words: literary environment, аллюзия, mustazod
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники