К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZGA TILLI MAKTABLARDA O‘ZBEK TILINING O‘QITILISHI

Samadova Safiya Ahad qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Maqolada o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilining o‘tilishining ahamiyati, o‘zbek tilini o‘rgatishning metodikasi, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, o‘zbek tilining milliy madaniyat va ta’limdagi roli, maktablarda til o‘qitishning zamonaviy usullari hamda bu jarayonda davlat siyosatining o‘rni ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: ona tili ta’limi, chet tili ta’limi, til muhiti, tilni ikkinchi til sifatida o‘qitish, davlat tili ta’limi, texnologik o‘yinlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zbek tili milliy til sifatida ta’lim tizimida mustahkam o‘rin oldi. Ammo mamlakatdagi o‘zga tilli maktablarda (rus, qozoq, qoraqalpoq va boshqa tillarda o‘qitiladigan maktablar) o‘zbek tilini samarali o‘rgatish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilini o‘rgatishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda ona tili madaniyati va milliy o‘zlikni shakllantirish, shu bilan birga, ular uchun o‘zbek tilida so‘zlashish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Hozirgi kunda o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilini o‘rgatishda interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuvlar, multimedia vositalari keng qo‘llanilmoqda. Biroq, o‘quvchilar sonining kamligi, darslik va metodik materiallarning yetishmasligi, https://scientific-jl.org/obr 3 3 6 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 shuningdek, o‘quvchilarning ona tillariga ko‘proq e’tibor berishlari kabi kabi muammolar mavjud. Davlat tomonidan olib borilayotgan til siyosati, o‘zbek tilini davlat tili sifatida rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalar esa bu muammolarni bosqichma-bosqich hal etishda muhum rol o‘ynaydi. Masalan, o‘zbek tili fanini o‘qitishda o‘quvchilar malakasini oshirish kurslari, yangi darsliklarning ishlab chiqilishi va maktablarda til muhiti yaratishga qaratilgan tadbirlar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda yashovchi barcha fuqarolar respublikamizning davlat tilida erkin muloqot yurita olishlari, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma bayon qila olishlari respublikamiz aholisining bahamjihatlik va do‘stlikda yashashlari, birgalikda mehnat qilib vatanimiz iqtisodini yanada yuksaltirishlarining muhim omillaridan biridir. Hozirgi kunda respublikamizda yashovchi turli millatlarga mansub fuqarolar o‘zbek tilini faqat so‘zlashuv og‘zaki muloqot vositasi sifatidagina bilishning kifoya qilmasligini, davlat tilida to‘g‘ri gapirish va to‘g‘ri yoza olishlari, turli mavzularda va ayniqsa o‘z mutaxassisligi doirasida o‘z fikrini erkin bayon eta olishlari hamda davlat tilida yozma rasmiy ish yuritish malakalariga ega bo'lishlari zarurligini e’tirof etmoqdalar. O‘zbek xalqining madaniyati va urf-odatlarini bilish, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni e’zozlash mamlakatimizda yashovchi boshqa millatlaming m a’naviy burchi va hayotiy ehtiyojiga aylanmoqda. Ma’lumki, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida olib boriladi. O‘zbek tilining respublikamizdagi ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarida va uzluksiz ta’lim tizimining keyingi bosqichlarida esa ta’lim rus va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan guruhlarda davlat tili sifatida o‘qitilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda yashovchi turli millatlar farzandlarining o‘zbek tilini kundalik turmushda va ijtimoiy faoliyati jarayonida turli insonlar o‘rtasidagi og‘zaki va yozma muloqot yuritish ko‘nikmalarini tarkib topdirishdan iborat. https://scientific-jl.org/obr 3 3 7 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Tilni chet tili yoki ikkinchi til sifatida o‘qitishda asosiy e’tibor tilning nutqqa bog‘liq tomonlariga qaratilgani uchun muammoli masalalar anchagina bo‘lib, bu bilan metodistlar ham, psixolog olimlar ham shug‘ullanib keladilar. Psixologlarning ta’kidlashidia, o‘quvchilarda ikkilamchi til malakasining hosil bo‘lish yo‘li birlamchi - ona tili malakasi va ko‘nikmasi orqali yuz beradi. Demak, ikkinchi bir tilda so‘zlash malakasining hosil bo‘lishi, avvalo, ushbu tilda fikr ifodalashga yordam beruvchi til vositalarini qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish va nutqiy muloqot jarayonida ulardan erkin va mujassam holda foydalanish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, bunday qobiliyat esa insonda ona tili malakalari asosiga qurilgan nutqiy ko‘nikmalar asosida shakllanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Davlat tilini rivojlantirish dasturi” — Toshkent, 2020. 2. Tursunova, M. “O’zga tilli maktablarda o’zbek tilini o’qitish metodikasi”. — Toshkent, 2018. 3. Karimov, S. “Til siyosati va milliy madaniyat”. — Toshkent, 2019. 4. Abdullayeva, D. “O’zbek tili o’qitishning yangi yondashuvlari”. — Toshkent, 2021. 5. Mamatqulov, R. “Maktablarda o’zbek tilini ikkinchi til sifatida o’rgatish”. — Toshkent, 2017. Eslatma: Maqolada keltirilgan barcha ma’lumot va kuzatishlar

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilining o‘tilishining ahamiyati, o‘zbek tilini o‘rgatishning metodikasi, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilining o‘tilishining ahamiyati, o‘zbek tilini o‘rgatishning metodikasi, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davlat tili ta’limi, chet tili ta’limi, Kalit so‘zlar: ona tili ta’limi, til muhiti, tilni ikkinchi til sifatida o‘qitish, texnologik o‘yinlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники