К содержанию
РецензированоUZ2025

IBORALARNING TILDAGI AHAMIYATI

IBORALARNING TILDAGI AHAMIYATI · Turg‘unboyeva Ozoda Alisher qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada iboralarning tildagi o‘rni, ularning kommunikativ, emotsional va estetik vazifalari haqida ilmiy-nazariy tahlil berilgan. Frazeologik birliklarning milliy tafakkur va madaniyatni ifodalashdagi roli yoritiladi, shuningdek, ularning so‘z boyligini oshirish, nutqni ta’sirchan va obrazli qilishdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada iboralarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning nutqdagi faoliyati va tarjima jarayonidagi o‘rni haqida ham fikr yuritiladi. Kalit soʻzlar: Iboralar, frazeologizm, til birligi, milliy tafakkur, emotsional ifoda, badiiy nutq, madaniy boylik. Til jamiyat hayotining ajralmas bo‘lagi sifatida insoniyat tafakkuri, ruhiy olami va madaniyatining asosiy ko‘zgusidir. Tilni tashkil etuvchi birliklar — fonema, morfema, so‘z, ibora va gaplar har biri alohida funksiyaga ega bo‘lib, ularning uyg‘unligi orqali to‘laqonli muloqot yuzaga keladi. Ana shunday til birliklaridan biri — iboralar, ya’ni frazeologik birikmalar, tilda o‘ziga xos semantik va stilistik yuklama orttirgan bo‘laklardir. Tilning boyligi va go'zalligi nafaqat so'zlarning ko'pligi, balki ularning ma'no teranligi va uslubiy xilma-xilligi bilan ham belgilanadi. Bu xilma- xillikning muhim qismini iboralar tashkil etadi. Iboralar, so'z birikmalarining o'ziga xos shakli bo'lib, ular so'zlarning lug'aviy ma'nosidan ko'ra boshqa, ko'chma ma'noni ifodalaydi. Ular tilga jon kiritadi, uni boyitadi, hissiyot va tasvirlarni chuqurroq ifodalashga yordam beradi. Iboralar tilning yashirin xazinalari desak mubolag'a https://scientific-jl.org/obr 3 5 1 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 bo'lmaydi. Ular tilning obrazlilik darajasini oshiradi, ifodani yanada ta'sirchan va esda qolarli qiladi. Misol uchun, "ko'ziga cho'p solmoq" iborasi shunchaki "xalaqit bermoq" degan ma'noni anglatmay, balki bu harakatning naqadar ta'sirchan va nojo'ya ekanligini kuchliroq ifodalaydi. Mashhur tilshunos V.V.Vinogradov iboralarni "tilning barqaror va obrazli birliklari" deb ta'riflagan. Uning fikricha, iboralar tilning umumiy tizimida o'ziga xos funksiyalarni bajaradi, ular tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi va uni yanada dinamik qiladi. Iboralar har bir millatning o'ziga xos tafakkur tarzini, dunyoqarashini, madaniyatini aks ettiradi. Ular asrlar davomida xalq og'zaki ijodi, adabiyot va kundalik muloqot jarayonida shakllanib, avloddan avlodga o'tib keladi. Shuning uchun ham iboralar milliy tilning o'ziga xosligini belgilovchi muhim omillardan biridir. Iboralar nafaqat stilistik, balki lingvistik jihatdan ham chuqur ahamiyatga ega. Ular so'zlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni mustahkamlaydi, tilning ichki tuzilishini boyitadi. Tilshunos olim A.M.Peskovskiy iboralar tilning "tayyor fikrlar majmuasi" ekanligini ta'kidlab, ularning inson tafakkurida muhim o'rin tutishini ko'rsatgan. Ular tilning ifoda qobiliyatini oshiribgina qolmay, balki kognitiv jarayonlarni ham tezlashtiradi, chunki ular murakkab g'oyalarni qisqa va aniq shaklda ifodalash imkonini beradi. Oʻzbek frazeologiyasining asoschisi Sh. Rahmatullayev hisoblanib, u birinchilardan boʻlib oʻzbek tilshunosligiga "frazeologiya" va "turgʻun birikmalar" tushunchalari, ularni tahlil qilishning asosiy qonuniyatlarini olib kirgan. Shuningdek, oʻzbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishi S. Kenesboyev, Y. Pinxasov, G. Bakiyevga, B. Yoʻldoshev, A. Mamatov, Gʻ. Salomov nomlari bilan chambarchas bogʻliq. O‘zbek tilshunosi G‘.Abdurahmonov frazeologizmlarni “tayyor til birliklari, ya’ni tarkibiy qismlari o‘zgarmasdan qoladigan, ko‘chma ma’no ifodalovchi birikmalar” sifatida talqin qilgan. Unga ko‘ra, iboralar muloqotda emotsional, badiiy va kommunikativ vazifalarni bajaradi. Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi N.Mahmudov frazeologizmlarning “til boyligini to‘ldiruvchi, nutqni mazmunan chuqurlashtiruvchi vosita” sifatidagi rolini alohida ta’kidlagan. U frazeologik birliklarni xalq tafakkuri va hayot tarzining ifodasi sifatida baholaydi. https://scientific-jl.org/obr 3 5 2 Выпуск журнала №-70 Часть–7_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Iboralar quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 1. Obrazlilik — nutqni jonlantiradi, badiiy tus beradi; 2. Emotsionallik — his-tuyg‘ularni kuchliroq ifodalash imkonini yaratadi; 3. Qisqalilik va ta’sirchanlik — fikrni lo‘nda va kuchli ifoda etadi; 4. Milliylik va tarixiylik — xalqning qadriyatlarini saqlab qoladi. Misol uchun, “ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi”, “ko‘zi yoridi”, “qalbini ochdi” kabi iboralar o‘zbek xalqining nozik tuyg‘ularini, ijobiy kechinmalarini obrazli tarzda ifodalaydi. Iboralarning emotsionalligi, so'z birikmasi iboralarning his-tuyg'ularni ifodalash darajasini, ularning tinglovchi yoki o'quvchida qanday hissiy reaksiyalar uyg'otishini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu iboralar orqali qanday his- tuyg'ular — xursandchilik, g'amginlik, hayrat, g'azab, sevgi, nafrat va hokazolar yetkazilishi mumkinligini tushuntiradi. His-tuyg'ularn

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada iboralarning tildagi o‘rni, ularning kommunikativ, emotsional va estetik vazifalari haqida ilmiy-nazariy tahlil berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada iboralarning tildagi o‘rni, ularning kommunikativ, emotsional va estetik vazifalari haqida ilmiy-nazariy tahlil berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotsional ifoda, milliy tafakkur, frazeologizm, badiiy nutq, Kalit soʻzlar: Iboralar, madaniy boylik., til birligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники