К содержанию
РецензированоUZ2020

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA OʻTISHDAGI MUHIM MASALALAR

OʻTISHDAGI MUHIM MASALALAR · Xolmatova Nodiraxon Quddusovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining integratsiyalashuvi fonida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. Bunda chet el tajribasiga asoslangan holda, milliy hisob tizimimizni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etishning ijobiy jihatlari va afzalliklari, shuningdek, MHXSga o‘tishning foydali taraflarini inobatga olib, kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar shakllantirilgan. Kalit so’zlar: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, moliyaviy hisobot, milliy hisob, integratsiyalashuv. Mamlakatimiz iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonida buxgalteriya tizimini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos holda rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlar chet hamkorlar bilan aloqalar sezilarli darajada rivojlanib kengayib bormoqda va buxgalteriya hisobotining milliy standartlaridan chet el foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 fevralda “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’chimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorining https://scientific-jl.org/obr 7 6 Выпуск журнала №-70 Часть–9_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 qabul qilinishi ushbu yo’nalishda amalga oshirilishi zarur bo’lgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar qanchalik muhim ekanligini ko’rsatib berdi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – bu tashqi foydalanuvchilar tomonidan korxonaga yoki tashkilotga nisbatan iqtisodiy qarorlarni qabul qilishga ko’maklashish maqsadida e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalarini o’zida jamlagan hujjatlar to’plamidir. Ma’lumotlarga ko’ra 2023 yilda MHXSni dunyoning 167 ta mamlakatida qo’llanilmoqda va bu ro’yhat kengayib bormoqda. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari muntazam ravishda yangi talablar bilan to’ldirilib boriladi. Shuning uchun barcha qarorlarni o’z vaqtida qabul qilib va iloji boricha tezroq o’z kompaniya, firma va korxonalarimizni rivojlantirib borishimiz kerak. Bunday katta vazifa va majburiyatlarni faqat tajribali mutaxassisgina bajara oladi. Bu talablarni muntazam ravishda o’rganishdan tashqari, O’zbekistonda mavjud qonun qoidalarga loyihalarga rioya qilish ham juda muhimdir. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va buxgalteriya hisobotini yuritish barcha talablarga javob berishi kerak. O’zbekistondagi MHXS standartlari chet ellik biznes egalariga aniq moliyaviy natijalar berishni istagan rahbarlar uchun juda muhimdir. MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot kompaniyaning ishonchliligi va barcha qonuniy talablarga qat’iy rioya qilgan holda halol shaffof biznes yuritilishini tasdiqlaydi. MHXSga muvofiqlikning asosiy mezonlari quyidagilar: 1. Asosiy vositalarni hisobga olish; 2. O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq daromad solig’ini hisoblash; 3. Korxonaning oraliq moliyaviy hisobotini shakllantirish; 4. Pul mablag’larning oqimi; 5. Investitsion mulklar. O’zbekistonda MHXS ni amalda qo’llashning eng jiddiy muammolaridan biri xalqaro talablarning mahalliy tilga aniq tarjima qilinishidir. Jarayon qo’shimcha tushuntirishlar va aniqliklar kiritish bilan kechadi. Bu tuzatishlar ko’p vaqt va mehnat resurslarini talab qiladi, bu esa kechikish xavfi va qo’shimcha xarajatlar mavjudligini https://scientific-jl.org/obr 7 7 Выпуск журнала №-70 Часть–9_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 anglatadi. Hisob-kitoblarning har biri iqtisodiy tarkibga ega, shu bilan birga u qo’shimcha huquqiy yordamni talab qilishi mumkin. MHXS O‘zbekistondagi an'anaviy buxgalteriya hisoboti qoidalaridan farqi shundaki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyoti yo’lini tanladi. Bu jarayonda sobiq ittifoqning buxgalteriya uslublaridan voz kechildi va moliyaviy hisobotlar jahonda qabul qilingan tamoyillarga o‘ta boshladi. Jumladan, qonun bilan quvvatlangan turli milliy buxgalteriya standartlari ishlab chiqildi, buxgalterlar uyushmalari qoshida xalqaro buxgalteriya amaliyotlarini o‘rgatish va buxgalterlarni sertifikatlash tizimlari shakllandi. O‘zbekistonda yuritilgan qonunchilik, ta'lim va malaka oshirish amaliyotlarining yakuni MHXS bilan to‘la uyg‘unlashuvga olib kelishi kutilgan edi. Biroq MHXSga o‘tish jarayoni cho‘zilib ketdi. Davlatning milliy iqtisoddagi o‘rni mulkdorlar sinfiga nisbatan kattaroq bo‘lgan sharoitda moliyaviy axborotdan foydalanuvchi taraf hukumat tashkilotlari, ayniqsa soliqqa tortish organlari bo‘lib qoladi. Natijada buxgalterlik hisoboti tizimlari soliq hisobotlarini shakllantirishga qaratiladi va tashqi investor va ichki mulkdorlarning axborotga bo‘lgan manfaatlari keyingi darajaga tushib ketadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalanila

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining integratsiyalashuvi fonida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining integratsiyalashuvi fonida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, milliy hisob, integratsiyalashuv., moliyaviy hisobot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники