К содержанию
РецензированоUZ2025

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SHAROITIDA BANK BOSHQARUVINI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBALARI

TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI · Ilmiy rahbar: Yulchiyev Erkinjon Yusupovich · Adaxamov Diyorbek To‘lqinjon o‘g‘li (Andijon davlat texnika instituti)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada korxona faoliyatini boshqarishda axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni, ularning turlari, joriy etish mexanizmlari hamda samaradorlikni oshirishdagi hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitidagi amaliyot, muammolar va istiqbol tendensiyalari ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: axborot, axborot texnologiyalari, raqobat, raqamlashtirish, transformatsiya, texnik vositalar, dasturiy vositalar, kiberxavfsizlik. Kirish. Dunyo mamlakatlarida raqobat kurashi tobora keskinlashib borayotgan bugungi sharoitda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan: • axborotlashtirish sub’yektlari tomonidan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlarining ijro etilishi ustidan nazorat va tekshirishning amaldagi https://scientific-jl.org/obr 3 9 5 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 mexanizmi zamonaviy talablarga mos emasligi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga olib kelmoqda; • axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab bo‘lmoqda; • davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni ekspertiza va sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimidagi kamchiliklar ularning “Elektron hukumat” tizimiga jadal integratsiyalashuvini susaytirmoqda; • telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi, muhim axborot infratuzilmasining mukammal emasligi davlat axborot tizimlari ob’yektlari, raqamli iqtisodiyot va shaxsiy ma’lumotlarning zaiflashuviga olib kelmoqda; • buzg‘unchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘idan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; • axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlarning mavjud emasligi milliy axborot makonini himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkonini bermayapti[1]. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi bozor munosabatlarining murakkab davrida mulk shaklidan qat’iy barcha xo‘jalik yurituvchi sube’yektlar faoliyatining barqaror o‘suvchanligini ta’minlashda axborot texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir. Axborot texnologiyalari — bu ma’lumotlarni muntazam, sistemali tarzda to‘plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va foydalanishga qaratilgan texnik va dasturiy vositalar majmuasidir. Bugungi kunga kelib, axborot texnologiyalari korxonalarda avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya va biznes jarayonlarni optimallashtirishda asosiy omilga aylandi. Axborot tenologiyalari turlari qatoriga boshqaruv axborot tizimlari, mijozlar https://scientific-jl.org/obr 3 9 6 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 bilan munosabatni boshqarish (CRM), ta’minot zanjirini boshqarish (SCM), korxona resurslarini rejalashtirish (ERP) kabi tizimlar kiradi [2]. Korxonalarda axborot texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: - korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; - mijozlar bazasini oqilona boshqarish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash; - moliyaviy hisobotlar, tahlillarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish; - korxonalarda ishchi-xodimlar faoliyatini nazorat qilish va baholash; - sistemali, muntazam iqtisodiy tahlil va prognozlar asosida qarorlar qabul qilish. Yuqoridagi ta’kidlab o‘tilgan muammolarni mazkur yo‘nalishlar orqali ijobiy xal etilishi ta’minlansa, korxonalarda samaradorlik, shaffoflik va tezkorlikka erishiladi [3]. Moliya sohasida axborot texnologiyalari vositalari orqali byudjetlashtirish, xarajatlarni tahlil qilish va moliyaviy tavakkalchilikni boshqarish imkoniyatlari yaratiladi. Marketing tizimida esa raqamli platforma va CRM tizimlari orqali xaridor va mijozlar ehtiyojlari tahlil qilinib, maqsadli reklama va sotuvlar tashkil etiladi. Logistikada GPS-nazorat, ombor tizimlari va tahlil platformalari orqali ta’minot zanjiri samaradorligi oshiriladi. Kadrlar boshqaruvida HRM tizimlari zarur xodimlarni tanlash, kadrlar salohiyatini baholash va rag‘batlantirish tizimlarini avtomatlashtiradi [4]. Mulk shaklidan qat’iy naza

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada korxona faoliyatini boshqarishda axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni, ularning turlari, joriy etish mexanizmlari hamda samaradorlikni oshirishdagi hissasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada korxona faoliyatini boshqarishda axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni, ularning turlari, joriy etish mexanizmlari hamda samaradorlikni oshirishdagi hissasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bank boshqaruvi, katta ma’lumotlar tahlili, avtomatlashtirilgan tizimlar., blokcheyn, sun’iy intellekt, Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish jarayonlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники