Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDA SHAYX SA‘NON OBRAZINING GENEZISI VA TADRIJIY TAKOMILI
Karimova Muxlisaxon Olimjon qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Shayx Sa‘non obrazining Kunchiqar xalqlari adabiy tafakkuridan o‘rin olib borish bosqichlari, xalq og‘zaki ijodining ilk namunalaridan tortib Faririddin Attor asarlarigacha bo‘lgan ruhiy, ma‘naviy taraqqiyoti tahlil etiladi. Obrazning diniy asarlardagi ramziy va majoziy ma‘nosi komil insonni tarbiyalash g‘oyasiga xizmat qilishi yoritiladi. KALIT SO‘ZLAR: genesis, tadrij, arxitepik qahramon, agiografik xarakterdagi asar, dinamik obraz, Majnun . Adabiyotshunoslikda genezis va tadrij tushunchalari g‘oyaning ilk kurtaklari paydo bo‘lishi va uning rivojlanib, shakllanib, takomillashib borishini ifodalaydi. Genezis so‘zi grek tilida “yaratilish”,”tug‘ilish”,”muqaddima” kabi ma‘nolarga ega. Asar yoki obrazning ilk marta yaralish jarayoni, boshlang‘ich shakli uning genezisidir. Tadrij so‘zi o‘zagi esa “daraja” ya‘ni asta sekinlik bilan qadam-baqadam rivojlanish hisoblanadi. Vaqt oqimi davomida ma‘lum omillar ta‘sirida obraz yoki g‘oyaning o‘zgarib, bosqichma-bosqich murakkablashib borishi tadrijdir. Xalq og‘zaki ijodiga oid yoki agiografik harakterga ega bo‘lgan janrlarda bu ikki masala nisbatan chuqurroq o‘rganiladi, sababi, bu asarlar din, tarix, va ma‘naviyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarni mujassam etadi. Mumtoz adabiyotda Shayx Sa‘non obrazining shakllanishi qator diniy, madaniy, tarixiy asoslarga ega bo‘lgani sababli uning genezisini tadqiq qilish ushbu obrazning adabiy-estetik va ilmiy ildizlarini kashf qilishga yordam beradi. Shayx Sa‘non obrazining kelib chiqishi ,dastlab, tasavvufga oid rivoyat va afsonalar, diniy tafakkur https://scientific-jl.org/obr 2 6 6 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 va folklordagi arxetipik qahramonlarga borib taqaladi.Bu obraz yozma mumtoz adabiyotda Faririddin Attor tomonidan badiiy obraz sifatida gavdalantirgan bo‘lsa-da, uning asl mazmuniy markazi umumxalq adabiyotining tarixida chuqur ildiz otgan sanaladi.Og‘zaki adabiyot bashariyat tafakkurining eng qadimgi badiiy ko‘rinishi hisoblanib, u orqali agiografik tushunchalar, tarbiyaviy tamoyillar va orttirilgan tajribalar ramziy tarzda ifodalangan. Shayx Sa‘non timsoli ham aynan shu ramziy tushunchalar zamirida paydo bo‘lgan tasavvufiy qahramondir.Filologiya fanlari nomzodi F.Isomiddinov o‘zining dissertatsiyasida shunday yozadi: “Shayx Sa‘non hayoti bilan bog‘liq badiiy-ilmiy manbalarni o’rganish jarayonida ko‘pgina qarama-qarshi ma‘lumotlarga duch kelamiz.Ularning birida Shayx Sa‘non afsonaviy siymo deyilgan bo‘lsa, ikkinchisida, tarixiy shaxs sifatida bayon etilgan.Shuningdek, uning nomi ham turli manbalarda Shayx Sa‘non, Shayx Sam‘on, Ibni Saqqo, Abdulrazzoq shaklida berilgan”.1 Attor bu obrazini dastlab ruhiyatidagi inqirozni, o‘zligini unutib, hayotiy maslagidan voz kechib,amallarini inkor etgan gunohkor qiyofasiga olib keladi. Oxir- oqibatda esa majoziy ishq yo‘lidan ilohiy haqiqiatga ro‘baro qiladi. Natijada ,Shayx gunohlari ortidan hidoyat topadi va ruhiy kamolotga erishadi. Shayx Sa‘non obrazi statik emas dinamik obraz. U xalq og‘zaki ijodidan boshlab sufiylik ta‘limotigacha bo‘lgan uzluksiz ruhiy va adabiy evolutsiyani o‘zida namoyon etadi. Obraz zamiriga singdirilgan ma‘naviy kamolot falsafasining tadrijiy takomili Sharq tafakkurining o‘zgarib, asrlar osha yangilanib borishi bilan uzviy bog‘liqdir. Tasavvuf adabiyoti tarixida ham Shayx Sa‘non obraziga maslak jihatidan yaqin turadigan ayrim qahramonlar mavjud.Xususan, Majnun (Qays) mashuqasiga bo‘lgan muhabbati tufayli bor-u yo‘g‘idan kechgan, majoziy ishq yordamida ilohiy haqiqatga 1 Isomiddinov .F. Shayx Sa’non haqidagi qissalarning qiyosiy tahlili.-Toshkent, 2001. https://scientific-jl.org/obr 2 6 7 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 yetgan oshiq.Shayx Sa‘non kabi unga ham yor visoli ikki dunyosidan-da ustun turadi.Va shu ishq sababli Haqqa qovushadi.Shoir Atoyi yozganidek: “Menga ul dunyoda jannat ne hojat Eshiging tuprog‘i basdur kafanda” Ya‘ni suyuklisining eshigi ostidagi tuproq, boqiy dunyo jannatidan ham azizroqdir unga.Sababi u behishtda aysh surish uchun emas, Haq jamolidan bahra olish uchungina topinadi. Yoki Mashrabning: “Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do‘zaxin, Bo‘lmasa vasli menga ikki jahonni na qilay? -deya xitob qilishi ham aynan shundaydir. Mahbubasining vasli oldida na jannatni, na do‘zaxni pisand qilmaydi. Yor visoli nasib etmasa ikki jahonni boshiga uradimi?!Bu baytlarni tasavvuf adabiyotini tushunmagan odam o‘qisa Mashrabni xudosizlikda, Islomni oyoqosti qilishda ayblashi tabiiy. Tasavvufda aynan shu tipdagi insonlar o‘zlarining g‘ayrioddiy ruhiy holati bilan boshqalardan ajralib turishadi. Ular jamiyatdagi mavqeyi va odatiy maqomidan voz kechib, gunoh yo‘li orqali poklikka, ilohiy ishqqa yetishadilar.”Yoki yana bir misol sifatida Ibrohim Adhamni ko‘rsatish mumkin. Ibrohim Adham Balx hukmdorining o‘g‘li, so‘fiylar orasida taqvosi va tarkidunyo qilgani bilan mashhur. U haqida Alisher Navoiy o‘zinin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Shayx Sa‘non obrazining Kunchiqar xalqlari adabiy tafakkuridan o‘rin olib borish bosqichlari, xalq og‘zaki ijodining ilk namunalaridan tortib Faririddin Attor asarlarigacha bo‘lgan ruhiy, ma‘naviy taraq…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Shayx Sa‘non obrazining Kunchiqar xalqlari adabiy tafakkuridan o‘rin olib borish bosqichlari, xalq og‘zaki ijodining ilk namunalaridan tortib Faririddin Attor asarlarigacha bo‘lgan ruhiy, ma‘naviy taraq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tadrij, KALIT SO‘ZLAR: genesis, agiografik xarakterdagi asar, dinamik obraz, arxitepik qahramon, Majnun .
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024