Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING YOSHLAR MA’NAVIYATIDA TUTGAN O’RNI
MA’NAVIYATIDA TUTGAN O’RNI · Ko’chkinova Adolat.
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2022
Аннотация
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakillantirish, rivojlantirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar. Tayanch so’zlar:Huquq, qonun, qonun ustuvorligi, huquqiy ong ,huquqiy madaniyat. Kalit so’z : Huquq, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy negilizm,qonun,”yo’l xartiyasi” , qonun ustuvorligi,huquqiy savodxonlik,demokratizm. Hozirgi davrda Oʻzbekiston Respublikasining strategik maqsadi etib belgilangan har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon, qonun ustuvor boʻlgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qoʻshilish uchun mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu oʻrinda milliy huquq tizimida soʻnggi yillarda koʻlami va mohiyati nuqtai-nazaridan islohotlarning yangi davri boshlandi. Inson huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini amalda taʼminlashga nisbatan munosabatni tubdan oʻzgartirish tizim islohotlarining bosh gʻoyasiga aylandi. “Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi bilangina emas, balki ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham belgilanadi”1. Davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilovchi bir qator omillar mavjud: birinchidan, rivojlangan jamiyat aʼzolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksak boʻlishi kerak; ikkinchidan, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy 1 Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. – Toshkent, “Yuridik adabiyotlar publish”, 2022, 147-bet. https://scientific-jl.org/obr 2 7 8 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 savodxonlik darajasi baland boʻlishi lozim; uchinchidan, ularning oʻsha jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuygʻusi mavjudligi talab etiladi. Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik haqida gap ketganda, koʻpchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan boxabarlik darajasi tushuniladi. Lekin bu juda keng tushuncha boʻlib, yuqorida sanab oʻtganimiz davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan uchta muhim omilni ham oʻz ichiga oladi. Ijtimoiy- siyosiy faol fuqaro jamiyatda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatda boʻlib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik masʼuliyatini his qilib yashaydi. Eng muhimi, u mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qoʻshishga harakat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9- yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-son Farmoni keng jamoatchilikning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi yuksalishida amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu Farmonda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi quyidagi muammo va kamchiliklar saqlanib qolinayotganligi sanab oʻtildi: – huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan; – yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi; – aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud https://scientific-jl.org/obr 2 7 9 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi; – huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda2. “Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish” juda muhimdir. Davlatimiz rahbari oʻzining koʻplab maʼruza va chiqishlarida davlat va jamiyatni taraqqiy ettirish umumjamiyat ishiga aylanishi kerakligini, buning uchun har bir fuqaro oʻzining bu borada qatʼiy fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi, fuqaroning shaxsiy manfaati hech qachon jamiyat manfaatidan ustun boʻlmasligi lozimligini taʼkidlab oʻtdilar. Farmonga koʻra quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilangan: – aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimin
Доказательный фрагмент
«Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakillantirish, rivojlantirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.»
Образец извлечения
Демо-превьюJamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakillantirish, rivojlantirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquqiy ong, huquqiy negilizm, demokratizm., huquqiy madaniyat, qonun, huquqiy savodxonlik, qonun ustuvorligi, Kalit so’z : Huquq, ”yo’l xartiyasi”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024