Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
"DEVONU LUG‘ATIT TURK" TARIXI
Shokorullah Ghiyasi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 1914
Аннотация
Ushbu maqolada XI asrda yashab ijod qilgan mashhur olim Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yaratilgan “Devonu Lug‘atit Turk” asarining yaratilish tarixi, mazmuni, tuzilishi, tilshunoslikka qo‘shgan hissasi va keyingi avlod ilmiy tadqiqotchilari tomonidan o‘rganilishi keng yoritilgan. Asar o‘z davridagi turkiy tillarning boy leksik va madaniy merosini saqlab qolgan, va bugungi kunda ham qadimiy turkiy tilshunoslikning bebaho manbasi sifatida e’tirof etiladi. Kalit so‘zlar: Mahmud Qoshg‘ariy, Devonu Lug‘atit Turk, tilshunoslik, turkiy tillar, tarix, leksikografiya, O‘rta asr, til tarixi, qadimgi manba. Har bir xalqning o‘z tarixini anglashda, eng avvalo, uning tili va adabiyoti, yozma manbalari alohida o‘rin tutadi. Bu borada turkiy xalqlarning tarixini o‘rganishda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu Lug‘atit Turk” asari muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. XI asrda yozilgan ushbu asar nafaqat lug‘aviy boylikni, balki o‘sha davrdagi turkiy xalqlarning madaniy, ijtimoiy, diniy, etnografik hayotini ham o‘zida mujassamlashtirgan. “Devonu lug‘atit turk” asari 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. U uch tomdan iborat bo‘lib, 1915-1917-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan. Olim S.Mutalliboyev asar tarjimasi ustida samarali ishlab,uni 1960-1963-yillar davomida uch tomda o‘zbek tilida nashr qildirdi. Mahmud Qoshg‘ariyning bu asari kirish va lug‘at qismidan iborat. Muallif asarning kirish qismida “Devonu lug‘atit turk”ning yaratilish sabablari,o‘z ish uslubi,asarning tuzilishi,turkcha so‘zlarning tuzilishida qo‘llanadigan harflar,turkiy qabilalarning bayoni,turk tilining xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo‘ladigan farqlar haqida aytib o‘tadi. Asarning lug‘at qismida 7500 so‘z sakkizta bo‘limga ajratib izohlanadi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalangan. https://scientific-jl.org/obr 3 3 3 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Shuni ham aytish joizki, turkiy qabila va xalqlarning eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklarini o‘rganishda “Devonu lug‘atit turk” dagi adabiy materiallar katta ahamiyatga ega. Asardagi og‘zaki adabiyot namunalarining ko‘pi mavsum qo‘shiqlari va peyzaj lirikasi janrlariga kiradi.Bular qadim zamonlardagi kishilarning tabiat hodisalari haqidagi tushunchasi va bu hodisalarga munosabatini ifodalaydi. Asardagi so‘zlarga nazar tashlasak, ularning sof turkona ekanligini tezda fahmlaymiz. Aynan shuning uchun ham u turkiy tillar o‘tmishini yorituvchi o‘xshashi yo‘q asar hisoblanadi. Mahmud Qoshg‘ariy asaridan o‘rin olgan turkiy so‘zlar bugungi kunda ham saqlanib qolgan bo‘lib, tilimizda unchalik o‘zgarmasdan shundayligicha ishlatilib kelinmoqda. Bunga misol keltiradigan bo‘lsak, “un-un, tovush, ovoz, sado”; gapirish, kuylash, qichqirish, yig‘lash va shu kabilar vaqtida yuzaga keladigan va eshitish a’zolari qabul qila oladigan hodisa; qozoqlar “dibis” turklar esa “ses” deb ishlatadigan “un” so‘zi bugungi kunda badiiy san’atimizda ko‘proq ishlatiladi. Mahmud Qoshg‘ariyning asarida “tilku” ya’ni “tulki” so‘zi ham ko‘zga tashlanadi. Bu so‘z bilan xalqimiz qiz bolaga kinoya qilganlar.Biron xotin tug‘ganda doyadan “tilkumi tug‘di azu bo‘rimu – tulki tug‘dimi yoki bo‘rimi” deb so‘ralgan.Ya’ni qizmi yoki o‘g‘ilmi degan ma’noda ishlatilgan.Qizlar aldoqchi va yalinchoq bo‘lganlari uchun tulkiga, o‘g‘il bolalar botir bo‘lgani uchun bo‘riga o‘xshatilgan.1 Bu an’ana turkiylarning ko‘pchiligida, ayniqsa, qozoq, tatar, ozarbayjon va turklarda deyarli saqlanib qolmagan, biroq bu usulda so‘rash o‘zbeklarning odat tusiga kirgan. “Devonu Lug‘atit Turk” – o‘z davrining ilk ilmiy lug‘ati, birinchi mukammal tilshunoslik manbai bo‘lib, bugungi kunda ham tilshunoslar, tarixchilar va madaniyatshunoslar uchun qimmatliligicha qolmoqda. Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Qoshg‘ariy XI asrda yashagan mashhur olim, tilshunos, geograf va etnograf bo‘lgan. U bugungi Qashg‘ar (hozirgi Shinjon- 1 R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, R.Raupova, M.Qurbonova, M.Abuzalova, D.Yo’ldosheva “Hozirgi o’zbek tili”Toshkent, 2017-yil. https://scientific-jl.org/obr 3 3 4 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Uyg‘ur muxtor viloyati) hududida tug‘ilgan. Otasi Husayn ibn Muhammad zamonasining obro‘li kishilaridan bo‘lib, Mahmud Qoshg‘ariyning ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratgan. Mahmud Qoshg‘ariy bir qancha tillarni chuqur bilgan, xususan, arab, fors va turkiy tillarda mukammal bilimga ega bo‘lgan. Uning asosiy maqsadi turkiy tillarning boyligini dunyoga ko‘rsatish, xususan, arab olimlariga turkiy tillarning o‘ziga xos va mukammal tizimga ega ekanligini isbotlash bo‘lgan. Mahmud Qoshg‘ariy asarni arab olimlari uchun yozganini o‘zi ham kirish so‘zida ochiq aytadi. Uning fikricha, turkiy tillar arab tilidan kam emas, balki ko‘plab jihatlarda boyroqdir. Shuning uchun ham u: Turkiy tillarning leksik boyligini ko‘rsatish; Arablar uchun turkiy tillarni o‘rganishda qo‘llanma yaratish; Tu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XI asrda yashab ijod qilgan mashhur olim Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yaratilgan “Devonu Lug‘atit Turk” asarining yaratilish tarixi, mazmuni, tuzilishi, tilshunoslikka qo‘shgan hissasi va keyingi avlod i…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XI asrda yashab ijod qilgan mashhur olim Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yaratilgan “Devonu Lug‘atit Turk” asarining yaratilish tarixi, mazmuni, tuzilishi, tilshunoslikka qo‘shgan hissasi va keyingi avlod i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turkiy tillar, qadimgi manba., tilshunoslik, leksikografiya, Kalit so‘zlar: Mahmud Qoshg‘ariy, til tarixi, tarix, O‘rta asr, Devonu Lug‘atit Turk
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014