К содержанию
РецензированоUZ2025

XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA BANKLARNING O‘RNI

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT · BANKLARINING ROLI · Abdumo‘minov Axrorjon Axatjonovich (Ilmiy rahbar: Andijon davlat texnika instituti) · Soyibjonov Sanjarbek (Ilmiy rahbar: Andijon davlat texnika instituti)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tijorat banklarining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni va ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan kreditlar, investitsiya xizmatlari, lizing va boshqa moliyaviy mahsulotlarning kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada foiz stavkalari, kredit shartlari, moliyaviy mahsulotlarning mavjudligi va bank xizmatlarining raqobatbardoshlikka ta’siri o‘rganiladi. Mahalliy va xalqaro bank tizimlarining tajribasi misollar orqali tahlil qilinib, tijorat banklarining innovatsiyalarni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishdagi roli ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, kreditlar, investitsiya xizmatlari, lizing, foiz stavkalari, kredit shartlari, moliyaviy mahsulotlar. Kirish. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi tufayli jamiyatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatni boshlanishi davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib borishi mumkin. Jumladan “Kichik va https://scientific-jl.org/obr 3 6 5 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 1995-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonunda kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashda banklarni rolini oshirib borishga alohida e’tibor berilgan [1]. Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular olib borayotgan faoliyat xom-ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq to‘lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning barcha turlari banklar orqali, o‘z navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha bank va banklar bilan bo‘ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo‘jaligini muhim xo‘jalik yuritish qismi bo‘lgan kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog‘langanligi bugungi kunda hammaga ma’lum bo‘lib qoldi [5]. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda masalan, AQSHda bank tizimini faoliyati nihoyatda rivojlangan bo‘lib, tadbirkorlarni aktiv iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko‘rsatadi. Umuman bank operatsiyalari passiv va aktiv operatsiyalardan iborat bo‘lib, passiv operatsiyalar pul mablag‘larini ma’lum biror yo‘nalishga safarbar etishga qaratilgan. Banklar passiv operatsiyalar orqali jamg‘armalarni va vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larni ishlab chiqarishga safarbar etib foyda oladi. Tadbirkorlar bilan bank o‘rtasidagi kredit bo‘yicha bo‘ladigan operatsiyalar ikki tomon o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi” Respublika qonunlarini chuqur o‘rganib, unga rioya qilishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining asosiy qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektalri tashkil etadi. Chunki kichik korxonalar bozor sharoitiga tez moslashuvchan va kam xarajat talab qiladigan sektor hisoblanadi. Umuman bugungi kunda bozor iqtisodiyotining https://scientific-jl.org/obr 3 6 6 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 muhim talabi –kam mehnat sarflangan holda, ko‘proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to‘la qondirish va shu asosida foyda olishdan iborat. Bunda ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuch tadbirkorlikdir. Respublkamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib doimiy ravishda rag‘batlantirish va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ularga turli xil soliqlardan ozod qilish hamda imtiyozli foiz stavkalarini qo‘llagan holda bank kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari berilgan. Lekin ularni tashkil etish sur’atlari, muttasil rivojlanib borishiumumiqtisodiy hayotdagi o‘rni bozor iqtisodiyotining talablariga hali to‘liq javob bera olmaydi. Bozorning narx-navo o‘zgarishiga ta’sirchanligi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati pastligi va boshqa siyosiy- iqtisodiy muammolar mavjudligi kredit oluvchining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mijoz va bank o‘rtasida imzolangan kredit shartnomalari har ikki tomon uchun majburiy hisoblanib, ularning o‘z muddatida, to‘liq bajarilishi talab etiladi. Lekin hozirgi paytda banklar kreditlarni qaytarib olishda muammolarg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tijorat banklarining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni va ta’siri atroflicha tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tijorat banklarining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni va ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: xususiy tadbirkorlik, Hamkorbank, kreditlash, bank tizimi, iqtisodiy rivojlanish., moliyaviy xizmatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники