Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR SHAKLNING BADIY FUNKSIYASI
BADIY FUNKSIYASI · СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ · UZBEK LITERATURE · Jo‘rayeva Risolat Bekmurod qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article analyzes the artistic functions of the epistolary form in contemporary Uzbek literature, examining its psychological, aesthetic, and stylistic potential. Examples from works of various authors are presented to illustrate aspects such as illuminating characters' inner worlds through the epistolary form and dynamically developing the plot. Kalit so‘zlar: epistolyar shakl , zamonaviy adabiyot, badiiy funksiyalar , ichki monolog, maktub, obraz psixologiyasi. https://scientific-jl.org/obr 4 0 8 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ключевые слова: эпистолярная форма, современная литература, художественные функции, внутренний монолог, письмо, психология образа. Keywords: epistolary form, contemporary literature, artistic functions, internal monologue, letter, character psychology. Epistolyar shakl adabiyotda qadimiy usullardan biri bo‘lib, maktub, kundalik, xotira shaklidagi yozuvlar orqali syujetni rivojlantirishda ishlatiladi. Bu shakl insonning ichki kechinmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, samimiy tarzda yetkazishda muhim vosita hisoblanadi [1:47]. G‘arb adabiyotida bu shakl “epistolary novel” sifatida rivojlangan bo‘lsa, Sharq adabiyotida, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham o‘ziga xos tarzda shakllangan. Zamonaviy o‘zbek adiblarining ijodida epistolyar shakl orqali ijtimoiy, ma’naviy va shaxsiy muammolarni ko‘rsatish ancha kuchaydi. Epistolyar shakl namunalarining ildizlari antik davrlarga borib taqaladi. Maktub masofadan muloqot qilishning yagona shakli bo‘lgani uchun, buni yozishga jiddiy qaralgan [2:89-90]. .Ular ritorika qoidalariaga rioya qilinga holda bitilgan. Shu bois Epikur, Seseron, Seneka kabilarning maktublari epistolyar asarning nodir namunalariga aylangan. O‘rta asrlarga kelib Fotiy, Avgustin, Lyuter kabi diniy arboblar maktubning didaktik imkoniyatlaridan keng foydalanib o‘z qavmlariga turli masalalarni tushuntirganlar [3:117]. Epistolyar asarning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi namunasi sifatida A.Navoiyning “Munshaot” asarini keltirish mumkin. Adabiyot taraqqiyotining keyingi davrlarida shaxslararo bevosita yozishmalar ham ahamiyatini yo‘qotmagani holda, adabiy asarlarni maktub shaklida yozish keng ommalashdi. Masalan., “Fors xatlari” (Monteske), “Yuliya yoki yangi Eloiza ” ( J.J.Russo), “Y osh Verterning iztiroblari” (Gyote), “Kambag‘al kishilar” (F.M.Dostoyevskiy) kabi qator asarlar maktub shaklidadan samarali foydalanilgan. O‘zbek adabiyotida ham bunday asarlar talaygina: “Sevgilim, sevgilim” (O‘.Umarbekov), “Cho‘l havosi” (O‘.Hoshimov). Xat-ijtimoiy-siyosiy hayotda ham, shaxsiy hayotda ham g‘oyatda muhim hodisadir. Hukmdorlar o ‘rtasidagi siyosiy yoki https://scientific-jl.org/obr 4 0 9 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 diplomatik maktublar butun-butun xalqlar, davlatlar hayotida muayyan rol o‘ynagan. San’at va madaniyat vakillari o‘rtasidagi maktublarda muhim ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalar o‘rtada tashlangan va hal etilgan. Shaxsiy maktublar esa, odamlar o‘rtasidagi do‘stlik, mehr-oqibat, sadoqat in’ikosidir. Hayotda uchraydigan mana shu xat turlarining barchasi badiiy adabiyotga olib kirilgan. Professor N.Rahmonov yozishicha, miloddan oldingi III asrda Markaziy Osiyoda hukmdorlik qilgan Botir Tangriqul ning Xitoy malikasiga yozgan maktublari va malikaning Botir tangriqulga yozgan maktublari ma’lum. D.Urnov qarashlariga ko‘ra, epistolyar badiiy adabiyot hayotiy maktublar asosida shakllangan, bunda xabar mazmuni-hikoyaga, maktub yozuvchilaradabiy qahramonlarga aylangan, xat adabiy shartlilikka muvofiqlashtirilgan shakllangan, bunda xabar mazmuni-hikoyaga, maktub yozuvchilar-adabiy qahramonlarga aylangan, xat adabiy shartlilikka muvofiqlashtirilgan. Jahon adabiyotida bo ‘lgani kabi, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotida ham maktublarni muayyan janrdagi asarlar tarkibiga kiritish usuli ham bor . Bu, avvalo, xalq og‘zaki ijodi dostonlarida qo‘llangan. ”Alpomish” dostonida Barchinning yozgan xati syujetidagi hal qiluvchi momentlardan biridir. Zamonaviy o‘zbek nasrida epistolyar usul dastlab Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida muvaffaqiyat bilan qo ‘llandi. Adib kerakli o‘rinlarda maktublarning matnini to‘liq keltirgan. Romanda maktub syujetning muhim momentlarida hal qiluvchi komponent o‘laroq maydonga chiqadi. Syujet rivojining asosiy harakatlantiruvchi epizodlari bo ‘lgan Otabek va Mirzakarimqutidorning omon qolishi, Otabek va Kumush munosabatlaridagi murakkabliklar bevosita maktub bilan bog‘langan. Abdulla Qodiriy bu borada xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek mumtoz adabiyoti va jahon nasri an’analaridan ta’sirlangani, shubhasiz. O‘zbek zamonaviy nasrida faqat maktubga asoslangan epistolyar janr na ’munalari ham yaratildi. Bu sirada Maqsud Qoriyevning “Oydin kechalar”, Abduqahhor Ibrohimovning “Uyqu kelmas kechalar”, O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar”, Xurshid Do‘stmuhammad “Hijronim mingdir mening”, Benazir Muhammadning “Yobondan gulxonaga maktublar” https:/
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the artistic functions of the epistolary form in contemporary Uzbek literature, examining its psychological, aesthetic, and stylistic potential.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the artistic functions of the epistolary form in contemporary Uzbek literature, examining its psychological, aesthetic, and stylistic potential. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epistolary form, contemporary literature, artistic functions, internal, письмо, современная литература, badiiy funksiyalar, художественные функции, internal monologue, Ключевые слова: эпистолярная форма, letter, zamonaviy adabiyot, внутренний монолог, Keywords: epistolary form, obraz psixologiyasi., character psychology., ichki monolog, maktub, Kalit so‘zlar: epistolyar shakl, психология образа.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026