К содержанию
РецензированоUZ2024

PISA VA TIMSS XALQARO TADQIQOT DASTURLARINING GEOGRAFIYA BO‘YICHA O‘QUVCHILAR BILIMINI TAHLIL QILISH

Maxmatraimov Choriyor Eshmamtovich · Surxondaryo viloyati Pedagogik

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

The international assessment programs PISA (Program for International Student Assessment) and TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) are aimed at assessing the knowledge and skills of students in different countries, in which geography plays an important role. Through these programs, students' theoretical knowledge in geography, practical skills, and understanding of global issues are analyzed. The PISA study assesses 15-year-old students in reading literacy, mathematics, and natural sciences. In this natural sciences section, knowledge of geography is an important component. Geography questions are aimed at assessing students' ability to understand global issues encountered in real life and find solutions to them through a scientific approach. Keywords: PISA, TIMSS, international research, geography, competence, reading literacy, scientific approach. TIMSS tadqiqoti esa 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini baholaydi. Geografiya fani tabiiy fanlar tarkibida joylashib, o‘quvchilarning geosistemalarni tushunish, tabiiy hodisalar va inson faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash qobiliyatlarini tahlil qilishga yordam beradi. TIMSS savollari ko‘proq o‘quv dasturiga asoslangan bo‘lib, geografik ma’lumotlarni tahlil qilish, xaritalardan foydalanish va turli hududlarning xususiyatlarini bilish kabi ko‘nikmalarni o‘lchaydi. Shu orqali o‘quvchilarning geografik tushunchalar va ulardan foydalanish bo‘yicha darajasi aniqlanadi. PISA va TIMSS tadqiqotlarida geografiya fani nafaqat tabiiy fanlar ichida, balki ijtimoiy va iqtisodiy kontekstda ham muhim rol o‘ynaydi. Bu dasturlar o‘quvchilarning ekologik ongini rivojlantirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va iqlim o‘zgarishining oqibatlarini tushunish kabi masalalarni chuqur o‘rganishga imkon yaratadi. Xalqaro tadqiqot natijalari, o‘z navbatida, o‘quv jarayonini takomillashtirish va davlatlarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Geografiya fanining PISA va TIMSS tadqiqotlaridagi o‘rni ta’lim jarayonida amaliyotga asoslangan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqotlar orqali global miqyosda o‘quvchilarning geografik savodxonlik darajasini aniqlash va kelajak avlodni murakkab ekologik va ijtimoiy muammolarga tayyorlashga yo‘naltirilgan samarali yondashuvlarni ishlab chiqish mumkin. O‘quvchilarning geografiya fanidan bilim va ko‘nikmalarini baholashda PISA (Program for International Student Assessment) va TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) tadqiqotlari turli metodik yondashuvlardan foydalanadi. Har ikkala dastur geografiya fanining o‘quv jarayonidagi ahamiyatini ta’kidlash bilan birga, turli xil baholash mezonlari va yondashuvlarga ega. 326 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 PISA tadqiqoti real hayotdagi masalalarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu dastur geografiya fanini tabiiy fanlarning bir qismi sifatida o‘rganadi va quyidagi yondashuvlardan foydalanadi: 1. Kompetensiyaga asoslangan baholash PISA o‘quvchilarning faqat bilimlarini emas, balki o‘z bilimlarini kundalik hayotda qanday qo‘llay olish qobiliyatini ham o‘lchaydi. Geografiyaga oid savollarda global masalalarni tushunish, muammolarni tahlil qilish va ularga ilmiy asosda yechim taklif qilish kabi qobiliyatlar sinovdan o‘tkaziladi. Masalan, iqlim o‘zgarishi, ekologik inqiroz yoki tabiiy resurslardan foydalanish kabi mavzular bo‘yicha topshiriqlar beriladi. 2. Muammoga yo‘naltirilgan yondashuv PISA tadqiqotida savollar o‘quvchilarning analitik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini sinashga mo‘ljallangan. Bu yondashuv geografik ma’lumotlarni tahlil qilish, xaritalarni o‘qish va turli tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarni tushunish orqali amalga oshiriladi. 3. Integratsiya va amaliy qo‘llash PISA geografiyani boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘rganadi. Geografik bilimlar biologiya, ekologiya, iqtisodiyot va boshqa sohalar bilan bog‘liq savollarda ham namoyon bo‘ladi, bu esa o‘quvchilarning bilimlarni kengroq kontekstda qo‘llay olishini ta’minlaydi. TIMSS tadqiqoti ko‘proq o‘quv dasturlariga asoslangan holda bilim va ko‘nikmalarni baholaydi. Bu yondashuv o‘quvchilarning asosiy tushunchalarni egallaganligini va amaliy topshiriqlarni bajarish qobiliyatini o‘lchashga qaratilgan. 1. Tushuncha va asosiy bilimlarga urg‘u berish TIMSS geografiya fanini tabiiy fanlarning bir qismi sifatida baholaydi va o‘quvchilarning geografik tushunchalar, tabiiy jarayonlar va hodisalar haqidagi bilimlarini sinaydi. Bu yondashuv xaritalarni o‘qish, geografik joylashuvlarni aniqlash va tabiiy hodisalarning sabab va oqibatlarini tushunish qobiliyatlarini o‘lchaydi. 2. Bilimlarning chuqurligini baholash TIMSS savollari o‘quvchilarning mavzular bo‘yicha aniq bilimlari va ularni qo‘llash qob

Доказательный фрагмент

«The international assessment programs PISA (Program for International Student Assessment) and TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) are aimed at assessing the knowledge and skills of students i…»

Образец извлечения

Демо-превью

The international assessment programs PISA (Program for International Student Assessment) and TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) are aimed at assessing the knowledge and skills of students i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
PISA, TIMSS, international research, geography, competence, xalqaro tadqiqot, geografiya, o‘qish savodxonligi, kompetensiya, ilmiy yondashuv.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники