Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI VA OʻQUSH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH USULLARI.
Insights Across · Allayorova Aziza (Termiz Davlat Pedagogika instituti) · Ilmiy rahbar: Azimova Dilfuza (Termiz Davlat Pedagogika instituti)
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 60-64 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqish savodxonligini rivojlantirish uchun samarali oʻqitish usullari tahlil qilinadi. Maqolada oʻquvchilarning nutqiy va yozma koʻnikmalarini shakllantirishda interaktiv metodlar, oʻyinlar, individual yondashuvning ahamiyati taʼkidlanadi. Shuningdek, dars jarayonini qiziqarli va mazmunli qilish orqali oʻquvchilarning ona tiliga boʻlgan qiziqishini oshirish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Kalit soʻzlar:ona tili va oʻqish savodxonligi darslarini tutgan oʻrni, interfaol metodlar ,ona tili va oʻqish savodxonligi, darslarini nazariy asoslari, multimediali darslar,proyektli taʼlim, differensial yondashuv. Bugungi kunda taʼlim tizimida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining savodxonligini shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ona tili fanining oʻqish savodxonligi bosqichi bolalarning kelajakdagi taʼlimiy faoliyatiga poydevor boʻlib xizmat qiladi. Zero, ilk sinflarda oʻquvchilarda toʻgʻri, ravon va ongli oʻqish, yozish, fikrni ifodalash koʻnikmalarini shakllantirish nafaqat til va adabiyot fanlari, balki boshqa barcha fanlar boʻyicha ham muvaffaqiyatli oʻzlashtirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu bosqichda ona tili darslarini samarali tashkil etish, innovatsion usullardan foydalanish, oʻquvchiga yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish bugungi taʼlim jarayonida dolzarb masalalardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻqish savodxonligini shakllantirish — oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash va tafakkur qilish salohiyatini oshirishning muhim bosqichidir. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun oʻqituvchi zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalangan holda, har bir oʻquvchining yosh xususiyati, qiziqishi va individual ehtiyojlarini inobatga olishi lozim. 234 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 1. Interfaol usullardan foydalanish Interfaol metodlar — oʻquvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish, ularning mustaqil fikrlashini ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi. Masalan, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Bilaman – Bilmoqchiman – Oʻrgandim” kabi usullar orqali matn ustida ishlash, tushunilganini ifodalash va o‘z fikrini bayon etish imkoniyati yaratiladi. Bu esa savodxonlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. 2. Oʻyin texnologiyalari. Oʻyinlar kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun eng qulay taʼlim shakllaridan biridir. Harflarni oʻrganishda, soʻz va gap tuzishda, nutqni rivojlantirishda didaktik oʻyinlar, topshiriqli krossvordlar va rol oʻyinlarining samarasi katta boʻladi. Bu nafaqat savodxonlikni oshiradi, balki oʻquvchida ona tiliga nisbatan mehr uygʻotadi. 3. Vizual vositalardan foydalanish. Tasviriy materiallar — darsni jonlantirish, tushunchalarni ongli oʻzlashtirishga yordam beruvchi vositalardir. Harf va soʻz kartochkalari, rasmlar asosida hikoya tuzish, interaktiv doskada ishlash orqali oʻquvchilar matn mazmunini chuqurroq anglaydi va oʻz fikrini aniq ifoda etishga intiladi. 4. Differensial yondashuv Oʻquvchilar individual qobiliyatga ega boʻlganligi sababli, dars jarayonida differensial yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli oʻquvchilarga murakkab topshiriqlar berish, sustroq oʻquvchilarga qoʻshimcha yengillashtirilgan ko‘mak ko‘rsatish orqali har bir bola oʻz imkoniyatiga mos tarzda rivojlanishiga erishiladi. Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining nazariy asoslari Boshlangʻich taʼlimda ona tili va oʻqish savodxonligi darslari oʻquvchilarning til bilan bogʻliq boshlangʻich ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu darslar orqali oʻquvchilarda ogʻzaki va yozma nutq, savodli oʻqish, tushunish va fikr bildirish, tovush-harf tizimi, soʻz boyligini kengaytirish kabi asosiy til kompetensiyalari shakllanadi. Ushbu fan darslarini tashkil etishda bir nechta muhim nazariy asoslar mavjud: 1. Tilni oʻrganishning psixolingvistik asoslari Psixolingvistika tilni oʻrganish jarayonida inson tafakkuri va psixologik jarayonlar qanday ishlashini oʻrganadi. Yosh bolalarning eshitish, idrok etish, yod olish va diqqatini jalb etish qobiliyati cheklangan bo‘lishi mumkin. Shu sababli, darslar qisqa, qiziqarli va ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. 2. Bosqichma-bosqich oʻqitish nazariyasi Oʻqish va yozishni oʻrgatish bosqichma-bosqich yondashuv asosida amalga oshiriladi: tovush-harfni tanish, harflarni yozish, soʻz va gap tuzish, matnni tushunish va ifodalash. Har bir bosqich o‘ziga xos metodik yondashuvlarni talab qiladi. 235 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 Proyektli taʼlim yondashuvi va uning oʻqish savodxonligi darslaridagi oʻrni. Zamonaviy taʼlim jarayonida anʼanaviy bilim berish usullaridan faol, interfaol va oʻquvchini markazga qo‘ygan metodlarga oʻtilmoqda. Shunday metodlardan biri – proyektli taʼlim bo‘lib, u oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, izlanish, axboro
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqish savodxonligini rivojlantirish uchun samarali oʻqitish usullari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqish savodxonligini rivojlantirish uchun samarali oʻqitish usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ona tili va oʻqish savodxonligi, multimediali darslar, ona tili va oʻqish savodxonligi darslarini tutgan oʻrni, differensial yondashuv., proyektli taʼlim, interfaol metodlar, darslarini nazariy asoslari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025