К содержанию
РецензированоUZ2024

TERMIZ TUMANINING ETNOGRAFIK TARKIBI VA HUDUDIY SHAKILLANISHI

Abdursaulov Dilbek

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Termiz tumani O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida joylashgan bo‘lib, tarixiy, etnografik va hududiy jihatdan boy merosga ega hududlardan biridir. Ushbu maqolada tumanning shakllanishi, undagi aholining milliy tarkibi va etnomadaniy xususiyatlari asrlar davomida tarix silsilasida alohida o’rin tutgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi mavqeyi, madaniy aloqalar ta’sirida rivojlanib borganligini va shu bilan bir qatorda hududiy tuzilmalari tarix nuqtai nazaridan farq qilsa ham uning tarixdagi nomi uzoq davrlardan buyon shu huhuda jarang sochib, insonlar diqqatiga sazovor bo’lib kelayotganligini e’tirof etmaslikning iloji yo’q . Termiz tumani o‘zining boy etnografik tarkibi va tarixiy-hududiy shakllanishi bilan ajralib turadi. Kalit so’zlar: Etnografiya, etnik tarkib, hududiy joylashuv, madaniy meros, Termiz tumanining tarkibiy va hududiy tuzilishi. Termiz tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. U 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubiy va gʻarbdan Afgʻoniston, sharqdan Tojikiston, shimolidan viloyatning Angor va Jarqoʻrgʻon, shimoli-gʻarbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km². Aholisi 300 ming kishiga yaqin (2025). Markazi — Uchqizil qishlogʻi Termiz tumani respublikaning eng janubida, Termiz shahri yaqinida joylashgan. Tuman hududining sharqiy qismi Hisor togʻ tizmasining davomi Toʻyintogʻ, Kaykitogʻ va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq choʻllari hamda uning davomi — Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, Eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Janubiy va gʻarbi — Surxondaryoning Amudaryoga quyilgan qismi va Amudaryo, Surxondaryo sohillaridan iborat boʻlib, tuprogʻi taqir va shoʻrxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali oʻtadi. Foydali qazilmalardan neft topilgan. Tuprogʻi, 207 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 asosan, och sargʻish qum aralash tuproq. Adir va soyliklarda (shimoli-gʻarbida) qoʻngʻir qum tuproq boʻlib, chirindisi ancha kam. Surxondaryo sohillarida toʻqay qoʻngʻir tuprogʻi va qum tuproq uchraydi. Oʻsimliklardan oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, terak, qiyoq, qamish; togʻlarning baland qismida betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Amudaryo vodiysida toʻqayzorlar bor.Yovvoyi hayvonlardan daryo boʻylaridagi qamishzor va choʻllarda qirgʻovul, kaklik, tustovuq, quyon, jayra, boʻri, chiyaboʻri, tulki, yovvoyi mushuk uchraydi. Termiz iqlimi: Termiz tumani hududida Surxondaryo qoʻriqxonasi joylashgan.Tumanda Zang kanali (Surxondaryodan suv oladi), Gʻalaba, AmuZang (Amudaryodan suv oladi) sugʻorish kanallari, Uchqizil suv ombori qurilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyul oyning oʻrtacha temperaturasi 31,4°, eng yuqori temperatura 48° ga yetadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 2,8°, eng past temperatura —21°. Tumanning janubi- sharqiy qismida „Afgʻon shamoli“ esadi va ekinlarga zarar yetkazadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Yozda traning yuqoriligi, iliqissiq kunlarning uzoq davom etishi tumanda issiqsevar subtropik oʻsimliklar — ingichka tolali paxta, xurmo va hatto shakarqamish, apelsin, mandarin yetishtirishga imkon beradi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar (80,2%), shuningdek, turkman, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 280,4 kishi toʻgʻri keladi. Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, mevachilik, poliz va sabzavotchilik. Ingichka tolali paxta yetishtirish ilk bor Termiz tumanida sinab koʻrilgan. Tuman hududida Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Surxondaryo filiali ishlab turibdi. Bu yerda seleksioner olimlar soʻnggi yillarda ingichka tolali serhosil va tezpishar paxta navlarini yaratmoqdalar. „Termiz 1“, „Termiz 16“, „Termiz 24“, „Termiz 31“, navlaridan yuqori hosil olinmoqsa. Tumandagi jami 599 korxonadan 92 tasi davlat va 507 tasi nodavlat korxonalardir.Termiz tumanida 4 qoʻshma korxona, 14 aksiyadorlik jamiyati, 20 masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va 339 sanoat, qurilish va boshqa korxonalar bor.Tumandagi 13 ming ga sugʻoriladigan yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 5400 ga yerga paxta, 5179 ga yerga gʻalla, 560,2 ga yerga sabzavot, 122,2 ga yerga kartoshka, 104 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. 394 ga mevazor, 242 ga yer tokzor bilan band. Ihota daraxtzorlari, oʻrmonzorlar mavjud. Termiz tumanida 9 shirkat, 1858 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi, parrandachilik fabrikasi ishlab turibdi (2004).Tumanda jami 24,6 ming qoramol (shu jumladan, 12,5 ming sigir), 39,6 ming qoʻy va echki, 329,7 ming parranda, 226 ot boqiladi . 208 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 Termiz tumani hududida Eski Termiz xarobalari (umumiy maydoni 300 ga)

Доказательный фрагмент

«Termiz tumani O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida joylashgan bo‘lib, tarixiy, etnografik va hududiy jihatdan boy merosga ega hududlardan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Termiz tumani O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida joylashgan bo‘lib, tarixiy, etnografik va hududiy jihatdan boy merosga ega hududlardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
etnik tarkib, hududiy joylashuv, Etnografiya, Termiz tumanining tarkibiy va hududiy tuzilishi., madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники