К содержанию
РецензированоEN2024

ELBEK MASALLARINING TARBIYAVIY XUSUSIYATLARI

Olimova Mashhura

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2024

Аннотация

The article scientifically analyzes the life and creative heritage of one of the talented representatives of Uzbek literature Yunusov Mashrik, known under the pseudonym Elbek. Elbek is one of the creators who were not indifferent to the socio- political events of his time and sought to reflect the suffering of the people and the fate of the nation through their literary work. Elbek's work is distinguished by the fact that it promoted the spirit of national revival and the ideas of justice. Keywords: Jadid literature, children’s literature, folklore, parable, poetry, didactic literature. Elbek (taxallusi; asl ismi Yunus Mashriq) 1898-yilda Bo‘stonlik tumanining Xumson qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos poetik uslubga ega 176 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6 bo‘lgan shoir, tilshunos va folklorshunos sifatida tanilgan. Elbek ijodining shakllanishida Turkiston matbuoti, jadid maktablari, zamonasining ilg‘or ziyolilari katta rol o‘ynagan. Shoir faoliyatini turli bosqichlarga bo‘lish mumkin: she’riyatdagi ilk izlanishlari, bolalar uchun yaratilgan didaktik asarlar, masallar janridagi namunalar va tarjima faoliyati.Jadid adabiyoti- o‘zbek xalqining ma’naviy uyg’onish davrida shakllangan, zamonaviy bilim, tarbiya va jamiyatni yangilash g’oyalari bilan sug’orilgan madaniy merosidir. 1911-yilda Toshkentga kelgan Elbek dastlab “Xoniy” maktabida, so‘ng A.V. Avoloniyning “usuli savtiya” maktabida tahsil olgan. 1920- yildan boshlab pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib, ilmiy xodim sifatida ham xizmat qilgan. Uning dastlabki she’rlari 1917-yildan boshlab “El bayrog‘I”, “Turon”, “Turk so‘zi”, “Ulug‘ Turkiston” kabi gazetalar sahifalarida e’lon qilingan. Elbek 2–4-sinf o‘quvchilari uchun “Eʼzuv gullari” (1921), “O‘rnak”, “Guzal yozuvchilar” (1925), “Boshlang‘ich maktabda ona tili” kabi darslik va qo‘llanmalarni yozgan. U maktab bolalari uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlarida milliy qadriyatlarni, axloqiy- me’yoriy tushunchalarni singdirishga intilgan. Elbek A.S. Pushkin, I.A. Krilov, N.A. Nekrasov kabi rus shoiri va adiblarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bu esa o‘zbek kitobxonining estetik dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgan. Elbek til va adabiyotimiz bo‘stoniga turfa gullar ekib o‘z hissasini qo‘shgan. Shu davrning ijtimoiy-siyosiy voqeliklari, ma’rifatparvarlik g‘oyalari yosh avlod ongida katta o‘zgarishlar yasagan edi. Elbek singari ijodkorlar ham aynan shu muhitda shakllanib, hayotining ilk bosqichlaridayoq bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turardi. Uning Toshkentga kelib, mehnat qilish bilan birga ta’limni davom ettirishi, o‘z mehnati evaziga bilimli bo‘lishga intilishi — o‘sha davr yoshlariga xos bo‘lgan fidoyilik namunasi hisoblanadi. Elbekning o‘qituvchilik faoliyati, pedagogik kurslarni tamomlab, xalq maorifi sohasida ishlashni boshlashi, uning nafaqat adabiy, balki ijtimoiy faolligidan ham darak beradi. Bu davrda u faqat shoir sifatida emas, balki o‘z she’rlari bilan yoshlarni ilm, ma’rifat va ezgulik sari chorlovchi ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida ham tanilgan. Ayniqsa, uning “Armug‘on” to‘plamidagi masalalar orqali ijtimoiy muammolarni yoritishga uringani, badiiy shakllar orqali ijtimoiy ongni uyg‘otishga intilgani e’tiborga loyiq. Shoirning bolalar adabiyotiga qo‘shgan hissasi alohida bahoga loyiqdir. U bolalar uchun yaratgan she’rlari, ertak va dostonnari orqali yosh avlodni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashga xizmat qilgan. “G‘unchalar”, “Ona”, “Bolalar qo‘shig‘i” kabi asarlarining barchasi yosh kitobxon ongida ezgulik, mehr va mehnatga hurmat tuyg‘ularini shakllantirgan. Elbek ijodidagi yana bir muhim yo‘nalish — hikoyachilik san’atidir. Uning hikoyalari o‘zbek nasriy adabiyotida soddaligi, hayotiyligi va xalqona tili bilan ajralib 177 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6 turadi. “Men kim bo‘laman”, “Chirchiq”, “Anorqiz” kabi hikoyalarida muallif xalq hayotini realistik ruhda tasvirlagan. Aynan mana shu jihatlar uni o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega ijodkor sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘lgan.Elbek “Ot ila odam”, “Qaysi biri bo‘ri”, “Sichqonxonning qiz uzatishi”, “Olaqarg‘a bilan qurbaqa”, “Quyan bilan toshbaqa”, “Itlarning o‘rtoqligi” singari masal janrining o‘ziga xos namunalarini yaratdi. Asar sarlavhasidanoq ma’lum bo‘ladiki, hikoya markazida sichqonlar oilasi va ularning qiz uzatish jarayoni turadi. Masalda sichqonning ota-onasi o‘z qizini eng kuchli, qudratli “kishiga” uzatmoqchi bo‘lishadi. Ular eng avvalo Quyoshga murojaat qilishadi: Quyoshdek kuchli kim bor, qizimizni o‘shanga beramiz! Biroq Quyosh ularning istagini rad etadi va aytadiki: Mendan kuchli bulut bor, u kelganda men ko‘rinmay qolaman. Shundan so‘ng ular Bulutga borishadi,

Доказательный фрагмент

«The article scientifically analyzes the life and creative heritage of one of the talented representatives of Uzbek literature Yunusov Mashrik, known under the pseudonym Elbek.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article scientifically analyzes the life and creative heritage of one of the talented representatives of Uzbek literature Yunusov Mashrik, known under the pseudonym Elbek. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid literature, children’s literature, folklore, parable, poetry, bolalar adabiyoti, folklor, she’riyat, didaktik adabiyot., masal, jadid adabiyoti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники