Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TUZILADIGAN HAQ EVAZIGA XIZMAT KO‘RSATISH SHARTNOMALARINING NAZARIY ASOSLARI
Yoqubova Zaxroxon Xaydarxo‘ja qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article presents the concept of digital technologies, the essence and legal nature of contracts for the provision of paid services, a general description of contracts for the provision of paid services concluded using digital technologies, types and legal force of contracts in electronic form, the advantages of digital contracts and the most relevant scientific approaches to preventing problems and shortcomings associated with them, and a number of theoretical and practical proposals for eliminating problems related to contracts for the provision of paid services concluded using digital technologies, analyzing legislative norms. Keywords: digital technology, artificial intelligence, the provision of paid services, subjects, legislative norms. Kirish va dolzarbligi. Raqamli texnologiyalar hayotimizda, iqtisodiyotimizda va jamiyatimizda keng foydalanishi uning dolzarbligini oshirmoqda. So’nggi ikki yuz yilda to’rt marotaba Sanoat inqilobi ro’y berdi. Bularning barchasi bug’divigitallari va temiryo’llarning paydo bo’lishi bilan boshlandi. XIX asrning oxirlarida esa elektr energiyasi keng ommalashdi. XX asr boshlarida esa prototip kompyuter va internet paydo bo’ldi. Hozirgi kunda esa dunyoni raqamli texnologiyalar o’zgartirmoqda. Raqamli texnologiyalar internet olamini ham rivojlantirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda 2025-yilda 10 foiz odamlar internet tarmog’iga ulangan kiyimlarni kiyadi o’qish uchun mo’ljallangan ko’zoynaklarning 10 foizi internet global tarmoqqa ulangan bo’ladi, 50 foiz internet trafik esa aqlli uy, aqlli shahar kabi ilovalarda foydalaniladi, 90 foizga yaqin aholi esa ma’lumotlarni tekin cheklanmagan bulutli saqlash imkoniyatiga ega bo’lishadi, Raqamli texnologiyalar hozirgi kunda inson hayotining barcha jabhalariga chuqur singib bormoqda. Ular biznes, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya va hatto kundalik turmush tarziga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 241 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 So‘nggi yillarda sun’iy intellekt, blokcheyn, bulutli texnologiyalar va kvant hisoblash tizimlari kabi yo‘nalishlarda sezilarli yutuqlarga erishildi. Sun’iy intellekt algoritmlari murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, hatto insoniy tafakkurga yaqinlashayotgan texnologiyalarni yaratishga zamin yaratmoqda. Raqamli texnologiyalar bizga ma'lumot almashish, ishlash, ko'ngil ochish yangi va qulay usullarda muloqot qilish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar, boshqaruv tizimlari, kompyuterlar, mobil qurilmalar va boshqa bir qancha texnik vositalar orqali yangi ma'lumotlarni kashf qilish, o'rganish va ularga murojaat qilish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar hayotning ko'plab sohalarida, shu jumladan biznes, ta'lim, tibbiyot, fan, o'yin-kulgi va boshqalarda keng qo'llaniladi. Ular jarayonlarni avtomatlashtirish, ish samaradorligini oshirish, ma'lumot uzatishni tezlashtirish va katta hajmdagi ma'lumotlarga kirishni ta'minlash imkonini beradi1 Raqamli texnologiyalar nima? Raqamli texnologiyalar (inglizcha: Digital technology) - signallarni uzluksiz spektr shaklida emas, balki analog darajadagi diskret diapazonlarda koʻrsatishga asoslangan texnologiyalar. Ushbu texnologiyalarning barcha darajalari diapazonda bir xil signal holatini ifodalaydi. Raqamli texnologiya analogdan farqli oʻlaroq, uzluksiz emas, balki diskret signallar bilan ishlaydi. Bundan tashqari, signallar kichik qiymatlar toʻplamiga ega, odatda ikkita. Haqiqiy hayotda tizimlar, ayniqsa, buxgalteriya hisobini saqlash tizimlari uchta maʼnoga asoslanadi. Odatda bular 0, 1, NULL boʻlib, ular mantiqiy algebrada mos ravishda „False“, „True“ qiymatlariga ega va NULL mavjud boʻlganda „natija yoʻq“. Raqamli sxemalar asosan VA, YOKI, EMAS va hokazo kabi mantiqiy elementlardan iborat boʻlib, hisoblagichlar va flip- floplar bilan ham bogʻlanishi mumkin. Raqamli texnologiyalar asosan raqamli elektronikada, birinchi navbatda kompyuterlarda, elektrotexnikaning turli sohalarida, masalan, oʻyin mashinalari, robototexnika, avtomatlashtirish, oʻlchash asboblari, radio va telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa koʻplab raqamli qurilmalarda qoʻllanadi 2 . Raqamli texnologiyalar hayotimizga kirib kelishi bilan u bilan bog’liq, uni tartibga soluvchi qonun normalari ishlab chiqilmoqda. Masalan, 2020-yil 28-apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4699-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 406-son qarorida markazlarning asosiy vazifalari, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining
Доказательный фрагмент
«This article presents the concept of digital technologies, the essence and legal nature of contracts for the provision of paid services, a general description of contracts for the provision of paid services concluded…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the concept of digital technologies, the essence and legal nature of contracts for the provision of paid services, a general description of contracts for the provision of paid services concluded… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital technology, artificial intelligence, the provision of paid services, shartnoma subyektlari, raqamli texnologiya, haq evaziga xizmat ko’rsatish, sun’iy intellekt, qonucnchilik normalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024