К содержанию
РецензированоUZ2026

FARZANDLAR TARBIYASIDA OTALIK FENOMENING O‘RNI VA AHAMIYATI

To‘raboyev Ahadjon Xamidjon o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the role and significance of the paternal phenomenon in child upbringing in modern society. As one of the key pillars of family education, the institution of fatherhood, its socio-psychological functions, as well as the unparalleled impact of a father on the formation of a child's personality are discussed. The focus is on the role of the father figure in shaping moral values, fostering a sense of responsibility, and contributing to the social adaptation process through exemplary behavior. Keywords: Paternal phenomenon, child upbringing, parental responsibility, socio- psychological impact, moral education, formation of father figure, family education, pedagogical approaches. Kirish: Zamonaviy jamiyatda oilaviy tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan biri – otaning farzand tarbiyasidagi faol ishtirokidir. An’anaviy yondashuvlarda ota ko‘proq iqtisodiy ta’minotchi sifatida qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda psixologik, emotsional va ijtimoiy jihatdan faol otalik modeli tobora dolzarb bo‘lib bormoqda[1]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, otaning farzand hayotidagi ishtiroki ularning kognitiv rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va emotsional barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, otalar farzandlari bilan haftasiga o‘rtacha 7,8 soat vaqt o‘tkazadilar, bu esa ikki o‘n yillik avvalgi ko‘rsatkichdan bir soatga ko‘proqdir[2]. Bu o‘zgarishlar otalik roliga bo‘lgan yondashuvdagi ijobiy siljishlarni aks ettiradi. 236 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Otalikning farzandlar rivojlanishiga ta’siri ko‘plab sohalarda namoyon bo‘ladi. Misol uchun, otalar bilan faol aloqada bo‘lgan bolalar maktabda yuqori baholar olish ehtimoli 43% ga oshadi va sinfda qolish ehtimoli 33% ga kamayadi. Otaning farzand tarbiyasidagi ishtiroki nafaqat bolalarning akademik yutuqlariga, balki ularning emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi[3]. Zamonaviy jamiyatda otalik roli faqat iqtisodiy ta’minotchi emas, balki tarbiyachi, do‘st va yo‘lboshchi sifatida ham qaralmoqda[4]. Ushbu maqola otalik fenomenining farzandlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Maqolada otalikning psixologik, ijtimoiy va pedagogik jihatlari, shuningdek, zamonaviy jamiyatda otalik roliga bo‘lgan yondashuvlar tahlil qilinadi. XXI asrda inson kapitalining sifatini oshirishda oila ichki muhitining barqarorligi, undagi rollar balansining to‘g‘ri taqsimlanishi asosiy shartlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi globallashuv va texnologik sur’atlar avlodlararo kommunikatsiyada muayyan uzilishlarni yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, zamonaviy tadqiqotlar otaning bolalik davridagi emotsional, ijtimoiy va aqliy rivojlanishga ta’siri katta ekanligini ko‘rsatmoqda[5]. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, otalik fenomenini ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan chuqur tahlil qilish, uni oilaviy tarbiya strategiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganish hozirgi davrda nihoyatda dolzarb sanaladi. Bu holat yangi ijtimoiy normalarning shakllanishiga, jumladan, “faol ota” modelining mustahkamlanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlar qatorida (masalan, Shvetsiya, Norvegiya, Kanada) otalik ta’tilining qonuniy joriy etilishi orqali erkaklarning tarbiyadagi ishtirokini qonuniy asosda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan[6]. O‘zbekistonda esa bu boradagi ijtimoiy- madaniy stereotiplar hali to‘liq yechilmagan bo‘lsa-da, Prezident tashabbusi bilan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erkaklarning tarbiya jarayonidagi rolini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Oila va xotin qizlar qo‘mitasi”, “Yoshlar ishlari agentligi” va “Mahalla” tizimi orqali oiladagi otalik madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda[7]. Bundan tashqari, bolalar ruhiyati va oilaviy psixologiya sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, otalik bilan bog‘liq yangi ijtimoiy institutlar (masalan, “Otalik maktablari”, “Ota-ona universitetlari”)ning tashkil etilishi, bu yo‘nalishdagi dolzarblikni amaliy darajada mustahkamlab bormoqda[8]. Shunday ekan, farzandlar tarbiyasida otalik fenomenining chuqur tadqiq qilinishi nafaqat oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish, balki butun jamiyatning ijtimoiy-axloqiy barqarorligiga zamin yaratadigan muhim ilmiy va amaliy yo‘nalish bo‘lib qoladi. Adabiyotlar tahlili: “Farzandlar tarbiyasida otalik fenomenining o‘rni va ahamiyati” mavzusini chuqur tahlil qilishda xalqaro miqyosda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Quyida ushbu sohada yetakchi hisoblangan to‘rt nafar olimning ilmiy ishlari yoritiladi. M.Lamb otalikning farzand rivojlanishidagi o‘rni bo‘yicha pioner tadqiqotchi hisoblanadi. Uning 1978-yilda chop etilgan “Father-Infant Relationships: Their Nature and Importance” [9] maqolasida otaning chaqaloq bilan o‘zaro munosabatlari va bu munosabatlarning bolalar shaxsiyati shakllanishiga ta’siri tahli

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role and significance of the paternal phenomenon in child upbringing in modern society.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role and significance of the paternal phenomenon in child upbringing in modern society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Paternal phenomenon, child upbringing, parental responsibility, socio-, axloqiy tarbiya, Otalik fenomeni, ota-ona mas’uliyati, oilaviy tarbiya, farzand tarbiyasi, pedagogik yondashuvlar., ota obrazining shakllanishi, ijtimoiy-psixologik ta’sir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники