К содержанию
РецензированоEN2026

XALQARO SAVDODA NIZOLARNI HAL QILISH USULLARI

Berdibayev Sardor Yerkaboy o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article comprehensively analyzes modern methods for resolving international trade disputes. The legal and practical aspects of various approaches to resolving complex and cross-border commercial disputes arising in the context of global economic integration, such as national courts, international arbitration, mediation, and international commercial courts, were examined. The World Trade Organization’s dispute resolution system and its current crisis situation, as well as alternative mechanisms, including ISDS and international commercial courts, were analyzed. The development of international arbitration and dispute resolution infrastructure in the context of Uzbekistan, including the Tashkent International Arbitration Center and new legislative framework, was also reviewed. Special attention was given to the role of digital technologies and online dispute resolution methods. 225 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Keywords: Dispute resolution mechanisms, arbitration, mediation, negotiations, multilateral agreements. Introduction: Tobora globallashib borayotgan jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdo hajmining doimiy o‘sishi transchegaraviy tijorat nizolarining sezilarli darajada ko‘payishiga olib keldi. Jahon savdo tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda jahon savdosi hajmi 32 trillion AQSH dollarini tashkil etib, bu nizolar sonining mutanosib ravishda oshishini anglatadi1. An’anaviy milliy sud tizimlari xalqaro tijorat nizolarini hal qilishda bir qator cheklovlarga duch kelmoqda, chunki ular asosan ichki qonunchilik tamoyillarini qo‘llaydi va xalqaro tijorat huquqining murakkab masalalarini hal etishda zarur ixtisoslikka ega bo‘lmasligi mumkin. Bu muammolar nizolarni hal qilishning muqobil usullari rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Xalqaro arbitraj, mediatsiya, xalqaro tijorat sudlari va raqamli nizolarni hal qilish (ODR) kabi zamonaviy usullar global savdo nizolarini hal etishda muhim rol o‘ynamoqda. 2019-yildan buyon Jahon savdo tashkiloti doirasidagi nizolarni hal etish tizimining to‘xtab qolishi muqobil mexanizmlarning ahamiyatini yanada oshirdi.2. O‘zbekiston Respublikasida ham bu yo‘nalishdagi islohotlar jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. 2018-yilda Toshkent xalqaro arbitraj markazining (TIAC) tashkil etilishi3 va 2021- yilda "Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi mamlakatning xalqaro arbitraj infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlar hisoblanadi4. Methods: Ushbu maqolaning maqsadi xalqaro savdoda nizolarni hal qilishning zamonaviy usullarini chuqur tahlil qilish va O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tezis obyekti sifatida xalqaro arbitraj, mediatsiya, xalqaro tijorat sudlari va nizolarni raqamli hal etish tizimlari tanlangan. Mazkur tezis qiyosiy-huquqiy va empirik tahlil usullari asosida amalga oshirildi. Tezis metodologiyasi ikkita asosiy tarkibiy qismdan iborat: nazariy-huquqiy tahlil va amaliy vaziyatni baholash. Nazariy-huquqiy tahlil doirasida 1958 yilgi Nyu-York konvensiyasi5, YUNSITRAL Model qonuni6 va 2019 yilgi Singapur konvensiyasi7 kabi xalqaro-huquqiy hujjatlar o‘rganildi. Shuningdek, Singapur xalqaro tijorat sudi (SICC), Niderlandiya tijorat sudi (NCC) va boshqa yetakchi institutlarning me’yoriy bazasi tahlil qilindi. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida turli mamlakatlarning nizolarni hal qilish tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi. Xususan, Singapur, Niderlandiya, Gonkong va Shveysariyaning arbitraj va sud tizimlari qiyosiy tahlil etildi. Empirik tahlil usuli yordamida Toshkent xalqaro arbitraj markazi, Gonkong xalqaro arbitraj markazi (HKIAC) va Singapur xalqaro arbitraj markazining (SIAC) statistik 1 Jahon Savdo Tashkiloti. Jahon savdo statistikasi hisoboti. – Jeneva: JST nashriyoti, 2024. – 245 b. 2 Pauwelyn J. JST Apellyatsiya organi inqirozi: huquqiy va siyosiy tahlil // Xalqaro iqtisodiy huquq jurnali. – 2020. – T. 23. – № 3. – B. 667-689. 3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-noyabrdagi "Toshkent xalqaro arbitraj markazini tashkil etish to'g'risida"gi qarori // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. – 2018. – № 45. – 1085-modda. 4 O'zbekiston Respublikasining "Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida"gi qonuni 5 Chet ellik arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risidagi konventsiya (Nyu-York, 1958) 6 UNCITRAL xalqaro tijorat arbitraji bo'yicha namuna qonuni 7 Mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro nizolarni hal etish kelishuvlari to'g'risidagi BMT konventsiyasi (Singapur konventsiyasi, 2019) 226 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 ma’lumotlari o‘rganildi. 2015-2024-yillar uchun arbitraj ishlari statistikasi, nizolarni hal qilish muddatlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilindi. Results: Xalqaro arbitraj global nizolarni hal qilishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘lib qolmoqda. Xalqaro savdo palatasi (ICC) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 1061 ta yangi arbitraj ishi qo‘zg‘atil

Доказательный фрагмент

«This article comprehensively analyzes modern methods for resolving international trade disputes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article comprehensively analyzes modern methods for resolving international trade disputes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dispute resolution mechanisms, arbitration, mediation, negotiations, Nizolarni hal qilish mexanizmlari, muzokara, ko’ tomonlama shartnomalar., mediatsiya, arbitraj
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники