Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA BAYNALMILAL SO‘ZLAR
Avazberdiyeva Bahora Alijon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article examines the impact of international words that have entered the Uzbek language as a result of the globalization process over the past century on the literary process using the example of the creative works of Abdulla Qahhor, a prominent representative of Uzbek literature. Keywords: globalization, lexeme, English, French, German, Latin languages. Аннотация. В данной статье рассматривается влияние интернациональных слов, вошедших в узбекский язык в результате процесса глобализации за последнее столетие, на литературный процесс на примере творчества Абдуллы Каххора, выдающегося представителя узбекской литературы. Ключевые слова: глобализация, лексема, английский, французский, немецкий, латинский языки. Globalizatsiya – bu butun dunyo davlatlarining iqtisodiy, madaniy va texnologik jihatdan bir-biriga yaqinlashishi jarayoni. Ushbu jarayon, tabiiyki, milliy tillarga hamda ularning qo'llanilish doirasi va jamiyatdagi mavqeyiga bevosita ta'sir o'tkazadi. O‘zbek tili ham bundan mustasno emas. Bugungi kunda internet, ilm-fan, axborot texnologiyalari va xalqaro iqtisodiy aloqalar tufayli o‘zbek tiliga yangi so‘zlar kirib kelmoqda, ayrim iste’molda mavjud bo'lgan so'zlarning qo'llanilish doirasi qisqarishi hamda ularning o'rniga chet tilidan o'zlashgan so'zlardan noo'rin muqobil sifatida foydalanish holatlari kuzatilmoqda. Shuning uchun milliy tilni asrab-avaylash masalasi ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu fikr globalizatsiya sharoitida ona tilimizni asrab-avaylash, uni rivojlantirish va xalqaro maydonda tanitish muhimligini ko‘rsatadi. Lekin shuni unutmasligimiz kerakki, ayrim so‘zlar baynalmilal, ya’ni internatsional xarakterga ega bo‘lib, bunday so‘zlar, odatda ilm-fan, texnika, madaniyat, siyosat kabi sohlarda ishlatilib, ko‘p hollarda biror xalq yoki til ehtiyojlari yuzasidan emas, balki xalqaro va umumiy nuqtayi nazardan ishlatiladi. Bunday so‘zlar ko‘pincha lotin, yunon, arab, rus, fransuz tillaridan o‘zlashgan. Bizning tilimizga bu kabi so‘zlarning kirib kelishi sobiq tuzum davrida, asosan, ilm- fan, texnika bilan bog‘liq terminlar orqali sodir bo‘lgan. O‘zbek adabiyotida ham bunday so‘zlardan o‘z ijodida keng foydalangan buyuk ijodkorlardan biri, shubhasiz, Abdulla Qahhordir. Yozuvchining ko‘plab asarlarida baynalmilal, ya’ni jahon hamjamiyatidagi xalqaro ilmiy terminlardan foydalanilgan bo‘lib, bu orqali ilm-fandan ijtimoiy hayot tashvishlari tufayli biroz uzoqlashgan o‘zbek kitobxonlariga ularning keng qamrov doirasini o‘zbek tilida ham ishlatish mumkinligini isbotladi. 195 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Maqola davomida baynalmilal so‘zlarning Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasida o‘zbek tiliga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tahlil qilamiz, til siyosati va kelajak istiqbollari haqida fikr yuritamiz. Meditsina (lot. medicina – vrachlik fani; dori-darmon)1 bu so‘z tilimizga XX asrda kirib kelgunga qadar tib termini bilan bog‘liq bo‘lgan va shu leksema ma’no doirasidagi so‘zlargina ishlatilgan. O‘tgan asrda ilmiy unvonlar xalqaro darajadagi so‘zlar bilan qo‘llanishi natijasida bu so‘z xalqimizning leksik boyligidan ajralmas o‘rin egallagan: Meditsina fanlari kandidati Murod Ali sakkiz oydan beri o‘lim to‘shagida….[1;3]. Kandidat (lot. candidatus – oq kiyim kiygan; mansabtalab)2 bu so‘z o‘zbek tiliga sobiq tuzum tufayli tilimizda ko‘proq dissertatsiya yoqlangandan keyin olinadigan ilmiy unvon sifatida qo‘llanilgan, xalqaro termin sifatida so‘zning ma’no doirasi ancha keng bo‘lib, har qanday ishni bajarish uchun talabgor bo‘lgan shaxslar kandidatlar hisoblanadi, eng avval ishlatilgan shakllari 1609-yillarga to‘g‘ri keladi va ingliz ruhoniysi va tilshunosi Robert Koudrining shu yillarda yozilgan xatlarida uchraydi, XVII asr boshlarida siyosiy ma’no, o‘rtalarida tarixchilikda, asr oxiriga kelib esa universitetdagi daraja ma’nosida qo‘llana boshlagan3. Ijodkorning “Muhabbat” qissasida ham ilmiy unvon ma’nosi qo‘llanilgan: Meditsina fanlari kandidati Murod Ali... Zal (nem. Saal - katta xona, bo‘lma) bu so‘zning ikki ma’nosi tilimizda faol ishlatiladi, O‘TIL da bu ma’nolar quyidagicha beriladi: I. Idora, korxona, muassasalarda turli marosimlar o‘tkaziladigan katta keng xona. II. Xususiy va ko‘p qavatli xonadonlardagi eng katta mehmonxona. Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasida esa so‘zning ikkinchi ma’nosi qo‘llangan, bu so‘z bizning tilimizga rus tili vositasida kirib kelgan: …Tovush chiqarmay kuyunib yig‘ladi-yu, zalga otildi [1;3]. Injener bu so‘zi ko‘pincha fransuz tili orqali dunyoga tarqalgan bo‘lib, kelib chiqish jihatdan lotinchadagi ingenium so‘ziga bog‘liq bo‘lib, “tug‘ma xislat, ijodkorlik, aql” degan ma’nolarni anglatadi. Bu so‘zning leksik ma’nosi tilimizda hozirda ham ba’zi o‘rinlarda faol iste’molda bo‘lgan, muhandis so‘ziga to‘g‘ri kelib, texnikaning ma’lum bir sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis 4ekanligini anglatadi, muhandis so‘zi ham bu so‘z iste’molga kirib kelgunga qadar xuddi shu ma’noni bildirgan. Abdulla Qahhor ham zamon o‘zgarishi n
Доказательный фрагмент
«This article examines the impact of international words that have entered the Uzbek language as a result of the globalization process over the past century on the literary process using the example of the creative wor…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the impact of international words that have entered the Uzbek language as a result of the globalization process over the past century on the literary process using the example of the creative wor… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globalization, lexeme, English, French, German, Latin languages, ingliz, lotin tillari., nemis, globalizatsiya, fransuz, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024