Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHI O’QUVCHILARIDA AXLOQIY FAZILATLARNI SHAKILLANTIRISH
Abdimuratov Jalalatdin Paraxatovich · ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
Современная наука и исследования · 2 · 2022
Аннотация
The article provides information on the content of forming moral qualities in primary school students, its theoretical features, and the systems of forming moral qualities. The possibilities of the educational discipline "Upbringing" in the formation of moral qualities are presented. Keywords: morality, virtue, student, primary education, formation, system, knowledge, skills, successes, natural moral abilities, effectiveness, innovative approaches, ethical rules, cooperation. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da 2022-2026 yillarda sifatli ta’lim ko‘rsatkichlariga va ta’lim oluvchilarning hozirgi zamon talablari asosida tarbiyalanishiga erishish vazifalari qo‘yilgan. Mazkur vazifalar ijrosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy fazilatlarini shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda ana shu masalaning tizimi tahliliga e’tiboringizni tortamiz. Adabiyotlar tahlili. O‘quvchi-ѐshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiypedagogik va falsafiy jihatlari A.Begmatov, M.Qaxxarova, A.Magzumov, J.Yo‘ldoshev, F.Rahmatova, R.Djurayev, B.Djurayeva, N.Jumayeva, Z.Izmailova, U.Mahkamov, M.Inomova, O.Musurmonova, B.Raximov, M.Haydarov, M.Davletshin, O.Hasanboyev, K.Hoshimov, M.Quronov, R.Mahmudovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq etilgan. 179 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Muhokama va natijalar. Bolalarga axloq va ma’naviyat asoslarini o‘rgatish maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Lekin faqatgina maktabda, bolalarning axloqiy qoidalarga rioya qilishi doimiy nazorat qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qituvchilar, kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganda, darsda va tanaffusda o‘rtoqlari bilan muloqot qilganda, ko‘chada, jamoat joylarida bo‘lganlarida o‘zlarini qanday tutishlari, xulq-atvor qoidalari va me’ѐrlari bilan tanishtiriladi. Yetti-sakkiz ѐshli bolalar bu qoida va me’ѐrlarning mazmunini aniq tushunish va ularni har kuni bajarishga psixologik tayѐrlangan bo‘ladilar. 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning nazariy xususiyatlari. Axloqiy fazilatlar – bu shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan xalq qadriyatlari va umuminsoniy qadriyatlar asosida axloqiy sifatlar, axloqiy ong va axloqiy ko‘nikmani o‘zlashtirish majmuidir. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish mazmuni quyidagilar bilan belgilanadi: a) vatanparvarlik, o‘zgalarni hurmat qilish, o‘z manfaatlarini umummanfaatlariga uyg‘unlashtirish, xalqparvarlik, insonparvarlik kabi axloqiy sifatlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantirish; b) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yaxshilik, ezgulik va ruhiy ko‘tarinkilik g‘oyalari asosida axloqiy ongni tarkib toptirish; v) faollik, jamoaparvarlik va tashabbuskorlik g‘oyalariga asosan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida amaliy axloqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning bunday mazmunini belgilashda ularning oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olgan ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslaniladi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda “Tarbiya” o‘quv fanini o‘qitish omilidan foydalanish muhim masalalardan biridir. Buning uchun mazkur o‘quv fanining quyidagi imkoniyatlariga tayanish kutilgan samarani beradi: a) mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarini ilmiy shakllantirish; b) ushbu fan bo‘yicha tashkil qilingan to‘garaklar vositasida o‘quvchilarni axloqiy fazilatlarga rioya qilishga o‘rgatish; v) mazkur o‘quv fanining o‘quv materiallari asosida o‘quvchilarda axloqiylikni tarkib toptirish. Mamlakatimizda yangi fan hisoblangan ushbu predmet vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish ishi nazariy jihatdan amalga oshiriladi. Shu sababli bu borada ushbu o‘quv fanining o‘qituvchilari va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu masalalar bo‘yicha aniq malakaga ega bo‘lishi taqozo etiladi. 2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish tizimlari. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishda aniq tizimlarga asoslanish muhimdir. Shu sababli bu masalada bizning yondashuvimizga ko‘ra quyidagilar muhim o‘rin tutadi: a) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning amaliy tizimi; b) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning innovatsion tizimi; v) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarning shakllanganlik darajasini baholash tizimi. “Tarbiya” o‘quv fani vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy fazilatlarini amaliy jihatdan shakllantirish tizimi muhim o‘rin tutadi. 180 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Buning uchun o‘quvchilardagi mavjud tabiiy axloqiy layoqatlarni rivojlantirish, ularni axloq qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish va o‘quvchilarni jamoaparvar shaxs sifatida voyaga yetkazish asoslariga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi [5]. Bunday yondashuv o‘ziga xos a
Доказательный фрагмент
«The article provides information on the content of forming moral qualities in primary school students, its theoretical features, and the systems of forming moral qualities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information on the content of forming moral qualities in primary school students, its theoretical features, and the systems of forming moral qualities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- morality, virtue, student, primary education, formation, system, knowledge, hamkorlik., shakllantirish, tabiiy ahloqiy layoqatlar, o‘quvchi, ko‘nikma, tizim, ahloqiy qoidalar, bilim, axloq, samaradorlik, innnovasion yondashuvlar, boshlang‘ich ta’lim, illarlar, fazilat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014