К содержанию
РецензированоRU2026

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA QIYNOQ HOLATLARINI OLDINI OLISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN QILINAYOTGAN ISLOHOTLAR

QILINAYOTGAN ISLOHOTLAR · Nasirov Izzatilla Sunnat o‘g‘li · Sa’dulloyev Amirbek Dehqon oʻgʻli

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

В результате ряда реформ, проводимых в последние годы в нашей стране по защите интересов, прав и свобод человека, созданию прозрачности в судебно-правовой сфере, мы видим, что в уголовно- исполнительном законодательстве также проводится ряд работ. В результате проводимых реформ права и свободы человека в нашей стране достигли высокого уровня. Ключевые слова: Конституция, реформа, пытки, насилие, жестокость, достоинство, законодательство. Mavzuni dolzarbligi: So‘ngi yillarda butun dunyoda inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Shuningdek yurtimizda ham inson huquqlarini ta’minlashda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida inson huquqlari uning erkinliklari, sha’ni-qadr-qimmati yotadi. Bugungi kunga kelib tergov jarayonida, jazoni ijro etish muassasalarida va harakat erkinligi cheklangan joylarda ushlab turilgan shaxslar va mahkumlarni sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitib qiynoqqa solish holatlariga qarshi bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson manfaatlarini ulug‘lash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik shaxslarning huquq va erkinliklarini to‘liq amalga oshira olishi, fuqarolarning qonun oldida tengligi masalalarini ta’minlash yotibdi. Buning isboti sifatida 22 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 26-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya hamda qonunlar bilan himoya qilinadi” milliy qonunchiligimizni asosiy manbasida belgilab qo’yilgan. So‘ngi yillarda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash oldingi o‘rinlarga chiqarilmoqda. Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida qiynoq holatlariga chek qo‘yishda bir qator islohotlar amalga oshirilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Qiynoq tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 235-moddasi quyidagicha ta’rif berilgan. “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala bo‘lish hamda og‘ir jazo turlarini qo’llash ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga shuningdek, gumon qilinuvchiga ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biron-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligida iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan qonunga xilof boshqa harakatlar sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish”1. Aynan yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar natijasi yurtimizda qiynoq holatlarini oldini olish unga qarshi kurashish hisoblanadi. Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan 1984-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiyaning 1-moddasida “Ushbu Konvensiyada qiynoqning ta’rifi shunday istalgan harakatni anglatadi-ki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash shuningdek, uni yoki uchinchi shaxsni qo‘rqitish, zo‘rlash maqsadida, yoki bunday og‘riq yoki azob 23 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs, ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitish asoslangan istalgan sabab bo‘yicha ataylab kuchli og‘riq va azob berilishi mumkin. Bu ta’rifga qonuniy sanksiyalar natijasida paydo bo‘ladigan shu sanksiyalardan ajralmas yoki ulardan tasodifan chiqqan og‘riq yoki azoblar kirmaydi2 deb belgilab o‘tilgan. O‘rnatilgan normalardan shuni ko‘rishimiz mumkinki, qiynoq shaxsni uning erkinligi cheklangan paytda yoki joyda davlat organi xodimlari tomonidan qandaydir maqsadni ko‘zlab yoki g‘arazli maqsadda, o‘zaro dushmanlik kayfiyatida ushlab turilgan shaxslar, mahkumlarni jismoniy, ruhiy bosim o‘tkazish, urish, do‘pposlash kabi qiynoq va uning turlarini miso

Доказательный фрагмент

«В результате ряда реформ, проводимых в последние годы в нашей стране по защите интересов, прав и свобод человека, созданию прозрачности в судебно-правовой сфере, мы видим, что в уголовно- исполнительном законодательст…»

Образец извлечения

Демо-превью

В результате ряда реформ, проводимых в последние годы в нашей стране по защите интересов, прав и свобод человека, созданию прозрачности в судебно-правовой сфере, мы видим, что в уголовно- исполнительном законодательст… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Конституция, реформа, пытки, насилие, жестокость, qiynoqqa solinishi, Konstitutsiya, qadr-qimmat, qonunchilik., shafqatsizlik, islohot, zoʻravonlikka
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники