Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDA BOLALARDA TAFFAKUR BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR
PSIXOLOGIK NAZARIYALAR · Soliyev Ilhomjon Sobirovich · Qodirova Nozimaxon Qaxramonjon qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
This article analyzes the main psychological theories explaining the development of thinking in preschool children. Based on the views of Piaget, Vygotsky and other scientists, the logical thinking, imagination and problem- solving abilities of children are gradually revealed. The theories are compared and their practical significance is highlighted. Keywords: development of thinking, preschool age, cognitive development, Piaget's theory, Vygotsky and sociocultural approach, child psychology, play and thinking, speech and communication. Аннотация: В статье анализируются основные психологические теории, объясняющие развитие мышления у детей дошкольного возраста. На основе взглядов Пиаже, Выготского и других ученых постепенно раскрываются логическое мышление, воображение и способность детей решать проблемы. Сравниваются теории и подчеркивается их практическое значение. Ключевые слова: развитие мышления, дошкольный возраст, когнитивное развитие, теория Пиаже, Выготский и социокультурный подход, детская психология, игра и мышление, речь и общение. Inson tafakkuri bu atrof-muhitni anglash, ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va muammolarni hal qilish jarayonidagi eng muhim psixik funksiyalardan biridir. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri bola rivojlanishining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, tafakkurning shakllanishi va rivojlanishida asosiy poydevor aynan shu davrda yaratiladi. Bu yoshda bola dunyoni sezgi va 130 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference tajriba orqali idrok eta boshlaydi, obrazli fikrlash, mantiqiy bog‘liqliklarni tushunish, xotira va e’tibor kabi psixik jarayonlar faol rivojlanadi. Psixologiya fanida bolalar tafakkuri bilan bog‘liq turli nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning har biri bolalar tafakkurining rivojlanish bosqichlari, mexanizmlari va omillarini turlicha yondashuvlar orqali izohlaydi. Masalan, J. Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasida bola tafakkuri bosqichma-bosqich, muayyan yoshga qarab rivojlanishi ta’kidlanadi. L. S. Vygotskiy esa sotsiokultural yondashuv asosida tafakkur rivojida ijtimoiy muhit va nutqning roliga alohida urg‘u beradi. Shuningdek, D. B. Elkonin, A. V. Zaporozhets, va boshqa psixologlarning ham fikrlash jarayonlari haqidagi qarashlari maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning shakllanishini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur rivojlanishining psixologik nazariyalarini tahlil qilish, bolaning psixik rivojlanishida ushbu nazariyalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan farqlar va umumiy xususiyatlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchi navbatda, Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi bolalar tafakkurining bosqichma-bosqich rivojlanishini ta’kidlaydi. Piaget fikriga ko‘ra, bolalar har bir yosh davrida yangi bilish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tasavvur va tasvirlar yordamida dunyoni anglaydilar. Ularning tafakkuri, asosan, konkret obrazlarga asoslangan bo‘lib, mantiqiy fikrlashga tayyor emaslar. Piagetning ushbu nazariyasining ahamiyati shundaki, u tafakkurning biologik ravishda belgilangan rivojlanish bosqichlarini keltirib chiqargan. Boshqa tomondan, Vygotskiyning sotsiokul’tural yondashuvi bola tafakkurining rivojlanishiga ijtimoiy muhit va nutqning ta’sirini ko‘rsatadi. Vygotskiy tafakkur jarayonlarini bolalar o‘rganayotgan madaniyat bilan chambarchas bog‘laydi. Unga ko‘ra, bolalar o‘z tafakkurini boshqa odamlar bilan ijtimoiy o‘zaro ta’sirda shakllantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq tafakkur jarayonlarini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Vygotskiy ushbu yondashuvni "yaqinlashtirilgan rivojlanish zonasi" kontseptsiyasi orqali tushuntiradi, bunda bolaga kattalar yoki o‘qituvchilar yordamida muammolarni hal qilishda yordam berish uning tafakkurini tezlashtiradi. Shuningdek, Elkonin va Zaporozhetsning ishlarida bolalar tafakkurining asosiy rivojlanish elementlari sifatida o‘yin, muloqot va faoliyat ko‘rsatiladi. Ular maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning asosiy vositasi o‘yin ekanligini ta’kidlaydilar. O‘yin bolalar uchun muammolarni hal qilish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi. O‘yin orqali bolalar 131 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference nafaqat tafakkurlarini rivojlantiradilar, balki ijtimoiy muhitga moslashish, boshqalar bilan muloqot qilishni o‘rganadilar. Tafakkur jarayonlari rivojlanishining har bir nazariyasi o‘zining ahamiyatiga ega bo‘lib, bolalar psixologiyasi, pedagogika va o‘qitish jarayonlari uchun muhim amaliy ma’lumotlar beradi. Shu bilan birga, bolalarda tafakkurni rivojlantirishda bir nechta psixologik omillarni inobatga olish zarur. Masalan, bola bilan muntazam muloqot, unga turli o‘yinlar va vazifalar orqali yangi bilimlar berish, shuningdek, ular bilan mustahkam ijtimoiy aloqalar o‘rnatish tafakkur rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafa
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the main psychological theories explaining the development of thinking in preschool children.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the main psychological theories explaining the development of thinking in preschool children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- development of thinking, preschool age, cognitive development, vygotskiy va sotsiokul’tural yondashuv, nutq va muloqot., piaget nazariyasi, bolalar psixologiyasi, maktabgacha yosh, tafakkur rivojlanishi, o‘yin va tafakkur, kognitiv rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024