Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIMDA TA’LIMIY FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O’YIN TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Kalendarova Zarafshan Kalbaevna · Mamatojiyeva Barno Ismoiljon qizi · Maktabgacha Ta’lim yo’nalishi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2 · 12-15 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida o`yin faoliyatining ahamiyati, turlari, o`yinni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni, ahamiyati, mexanizmi, xususiyati va afzalliklari, hozirgi sharoitda maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatida pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, faoliyatning samaradorligini yanada oshirishda texnologiyalarning ahamiyati to’g’risida so‘z yuritiladi. Kalit so’zlar: ta’lim, innovatsiya, texnologiya, o’yin, faoliyat, mazmun, xususiyat, samaradorlik, raqobat. Jamiyatimizda ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar kundan-kunga o‘zgarib, yangilanib bormoqda. Xususan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy faollikka ega shaxsni tarbiyalash bugungi kun ta’lim siyosatining dolzarb muammosiga aylangan. Bunday shaxsni tarbiyalash esa, albatta, erta yoshdan boshlanishi lozim. Shu jihatdan, maktabgacha ta’lim bosqichi ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim bolaning individual xususiyatlarini aniqlash, uni ijtimoiy hayotga tayyorlash, dunyoqarashi, tafakkuri va nutq faoliyatini rivojlantirishda asosiy zamin hisoblanadi. Hozirgi globallashuv jarayonida taʼlim tizimi oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bu – raqobatbardosh, ijodiy fikrlovchi, mustaqil qaror qabul qila oladigan, ijtimoiy faol, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalarni egallagan barkamol shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon, o‘z navbatida, taʼlim bosqichlarining har birida, ayniqsa, maktabgacha taʼlim bosqichida samarali yondashuvlar, zamonaviy metodlar, innovatsion texnologiyalar, xususan, o‘yin texnologiyalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi islohotlar doirasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. So‘nggi yillarda bu borada qabul qilingan qaror va farmonlar, xususan, “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 178 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference o‘yin asosida o‘qitish, innovatsion metodlar va texnologiyalarni joriy etish orqali bolalarning rivojlanishiga erishishni asosiy vazifa qilib belgilagan. Mazkur hujjatlarda bolalarda ijodiy tafakkurni, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni, til va muloqot madaniyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ayniqsa, o‘yin texnologiyalarining tutgan o‘rni yuqori baholangan. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimi islohotlar yo‘liga qo‘yilgan bir davrda, Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 8-noyabrda imzolangan PQ–4527- sonli, “2020–2030 yillarda “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi”da, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, innovatsion metodikalarni keng joriy etish, o‘yin orqali o‘qitish va tarbiyalash samaradorligini oshirish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan1. Shuningdek, 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli Farmoni – “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limning qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish, bolalarni bog‘cha davridayoq zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar bilan tanishtirish zarurligi ta’kidlangan2. “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son3, ushbu qaror maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi. Shu o‘rinda 2024-2025-yillarda maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv dasturlari uzviyligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ular quyidagilar: 1. Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish. 2. Xalqaro tajribalar asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv dasturlari uzviyligini ta’minlash maqsadida ushbu dasturlarni qayta ko‘rib chiqish 3. Takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga bosqichma- bosqich joriy etish. 179 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Zamonaviy pedagogikada o‘yin texnologiyalari nafaqat bolalarning e’tiborini jalb etuvchi vosita, balki ularning faol ishtirokini ta’minlaydigan, tafakkurini rivojlantiradigan, ijtimoiylashuvga olib keladigan kuchli pedagogik mexanizm sifatida e’tirof etilmoqda. O‘yin – bu bolaning o‘zini anglash, atrofdagi borliqni idrok etish va unda faol harakat qilish vositasi hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola nafaqat mavjud bilimlarni mustahkamlaydi, balki o‘ziga xos muloqot uslubi, nutq madaniyati, muomala ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash va muammoli vaziyatlar
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida o`yin faoliyatining ahamiyati, turlari, o`yinni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni, ahamiyati, mexanizmi, xususiyati va afzalli…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida o`yin faoliyatining ahamiyati, turlari, o`yinni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni, ahamiyati, mexanizmi, xususiyati va afzalli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mazmun, xususiyat, ta’lim, innovatsiya, texnologiya, samaradorlik, o’yin, faoliyat, raqobat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014