К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGʻICH TA’LIM TALABALARIDA PEDAGOGIK MAHORAT FANINI OʻQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Kalandarova Fazilat Toxirovna

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 05 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolamda boshlang'ich ta’lim talablarida pedagogik mahorat fanini innovatsion yondoshuv bilan oʻqitishni rivojlantirishga va shu bilan birga innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning samarasi haqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: boshlangʻich ta’lim, pedagogik mahorat , pedagogik mahorat fani, oʻqitish usullari, innavatsion ta’lim, innavatsion oʻqitish usullari, texnologiya, innavatsion texnologiyalar. Annotation: This article provides information on the development of teaching pedagogical skills in primary education requirements with an innovative approach, as well as the use of innovative technologies and their effectiveness. Keywords: primary education, pedagogical skills, pedagogical skills, teaching methods, innovative education, innovative teaching methods, technology, innovative technologies. Bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida boʻlgani kabi ta’lim sohasida xam katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida esa jamiyatda oʻqituvchilik kasbini sharaflanishi va ulugʻlanishi ortidan insonlarda ta’limga boʻlgan xurmat va ishonch shakllanib bormoqda. Oʻqituvchilik kasbi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, oʻqituvchi yosh qalblar kamolotining me’moridir. Bugun u yoshlarni g ’oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib, tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqiyoti, qonuniyatlarini oʻrgatar ekan, avvalo , u yosh avlodni kelajak mehnat faoliyatiga tayyorlashi, kasb - hunar egallashlariga koʻmaklashishi va jamiyat uchun muhim boʻlgan ijtimoiy - iqtisodiy vazifani hal etishga chogʻlanmogʻi darkor. Ana shu ma’suliyat oʻqituvchidan oʻz kasbining mohir ustasi boʻlishni, oʻquvchi - yoshlarga tarbiyaviy taʻsir koʻrsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy koʻnikmalarini har tomonlama rivojlantirishning optimal yoʻllarini izlab topadigan kasb egasi boʻlishni talab etadi. Buning uchun pedagogik mahorat fani oʻqituvchidan doimo kasbiy mahorati ustida izlanish uchun, unga turli shart - sharoitlar yaratishi, kerakli moddiy va ilmiy- metodik yordam koʻrsatishi hamda oʻqituvchining ijodiy tashabbuskorligini 178 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference oshirishiga koʻmaklashadi. Bu pedagogik mahorat fanining muhim vazifalaridan biridir. Jamiyatimizdagi zamonaviy taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan biri — talabalarga sifatli bilim berishdir. Boshlangʻich taʼlimda pedagogik mahorat fanining o‘qitilishi, kelajakdagi o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim talablarida pedagogik mahorat fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qanday qilib samarali qo‘llash mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Pedagogik mahorat fani, o‘qituvchilarning bilim oluvchilar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu fanning asosiy vazifasi — talabalarni zamonaviy taʼlim jarayoniga tayyorlashdir. O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish uchun innovatsion metodlarni qo‘llash zarur. Pedagog xar jihatdan mukammal kasbiy qobilyatlarni oʻzlashtirgan xolda va oʻziga qoʻyilgan talablarga toʻla javob bergan xolda faoliyatga kirishmogʻi lozim. Bu borada pedagogik mahorat fani, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun asosiy kasbiy koʻrsatmalar manbai boʻlib xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalar — bu yangi usullar va vositalar orqali o‘rganish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiluvchi vositalardir. Yana xam chuqurroq ta’riflaydigan boʻlsak, Innovatsion texnologiyalar – bu yangi g‘oyalar, metodlar va mahsulotlarni ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonidir. Ular turli sohalarda, jumladan, texnika, tibbiyot, ta'lim, moliya va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi. Ular orasida interaktiv taʼlim platformalari, onlayn kurslar, elektron darsliklar va dasturlar mavjud. Boshqa sohalarda boʻlgani kabi ta’limda xam, innavatsion texnologiyalar oʻz amaliy ahamiyatiga egadir. Ayniqsa uzluksiz ta’limning barcha boʻgʻinlarida uning barcha usul va turlaridan keng foydalanilmoqda. - Interfaol o‘qitish: Talabalar innovatsion texnologiyalar yordamida faol ishtirok etadilar, bu esa ularning qiziqishini oshiradi. - Shaxsiylashtirilgan taʼlim: Har bir talabaga individual yondoshuv imkoniyatini beradi, ya'ni har bir talabaning ehtiyoji va qobiliyatlariga qarab darslarni modellashtirish mumkin. - Keng resurslardan foydalanish: Internet orqali turli manbalar va materiallarga erishish imkoniyatlari kengayadi. - Oson baholash: Talabalarning bilim darajasini baholash uchun zamonaviy dasturlar va platformalar yordamida tezkor tahlil qilish imkoniyati mavjud. Pedagogik mahorat fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalarni qanday qo'llash kerak? 179 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference - Interaktiv darslar: Dars davomida PowerPoint yoki boshqa prezentatsiya dasturlari yordamida vizual materiallardan foydalanish. - Onlayn platformalarda faoliyat: Moodle yoki Google Classroom kabi platformalarda kurs yaratib, talabalarga masofavi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolamda boshlang'ich ta’lim talablarida pedagogik mahorat fanini innovatsion yondoshuv bilan oʻqitishni rivojlantirishga va shu bilan birga innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning samarasi haqida ma…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolamda boshlang'ich ta’lim talablarida pedagogik mahorat fanini innovatsion yondoshuv bilan oʻqitishni rivojlantirishga va shu bilan birga innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning samarasi haqida ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary education, pedagogical skills, pedagogical skills, teaching, innavatsion ta’lim, boshlangʻich ta’lim, pedagogik mahorat, texnologiya, pedagogik mahorat fani, innavatsion oʻqitish usullari, innavatsion texnologiyalar., oʻqitish usullari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники