Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO’KTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGINING O’RGANILISH TARIXI
Ergasheva Ra’no Muzaffarbek qizi
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
This article analyzes the history of the study of the ancient Koktepa archeological monument of the Early Iron Age. The article highlights the initial scientific research, archaeological excavations, discoveries and their cultural-historical significance related to the Koktepa archaeological site. It also provides information about the activities of researchers involved in the studies, the results of scientific expeditions and the site’s connection to ancient sivilizations. The article is aimed at a comprehensive analysis of Koktepa’s place in Uzbek archaeology and the process of its scholarly exploration. Keywords: Koktepa, Hellenic culture, temple, golden buckle, “treasure of the Sac queen”, golden dream, stone scythe. Аннотатция: В данной статье анализируется история изучения древнего Коктепинского археологического памятника раннего железного века. В данной статье освещены первые научные исследования, археологические раскопки, находки и их культурно-историческое значение, связанные с археологическим памятником Коктепа. Также представлены сведения о деятельности учёных, участвовавших в исследованиях, результатах научных экспедиций и связи памятника с цивилизациями древних эпох. Статья направлена на глубокий анализ роли памятника Коктепа в археологии Узбекистана и процесса его научного изучения. Ключевые слова: Коктепа, Эллинская культура, храм, золотая пряжка, “сокровище королевы Сак”, золотая мечта, каменная коса. 81 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida juda faollashgan tadqiqotlar ko’lami va ularning samarasi tufayli, O’zbekiston arxeologiyasi dunyo ilm-fan darajasiga ko’tarildi. Bunday natija esa, o’z navbatida, davlat arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi markazlar bilan ilmiy hamkorlik o’rnatishga, teng huquqli asosda shartnomalar tuzishga zamin yaratdi. Ayni paytda, O’zbekiston hududida – Avstraliya, AQSH, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Fransiya, Polsha, Chexiya, Rossiya kabi davlatlarning arxeolog olimlari bilan hamkorlikda, xalqaro miqyosda, arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. 2019-yil 4-oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk obyektlari milliy ro’yxatini tasdiqlash to’grisida”gi 846-sonli qarorida mamlakat hududidagi arxeologik yodgorliklarda qidiruv va qazuv ishlarini amalga oshirilishi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tilgan. Shunday qarorlar natijasida bugungi kunda Fransiya Respublikasi Ilmiy Tadqiqotlar Milliy Markazi (UMR – 126.6) bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ekspeditsiya qadimgi Ko’ktepa va Afrosiyob shahar yodgorliklarida keng miqyosda arxeologik qazishma ishlari olib bormoqda. Tadqiqot Ko’ktepa qadimiy shahar xarobasi miloddan avvalgi IX-IV asrlarga oid bo’lib, Samarqand viloyatining Payariq tumaniga qarashli hududida, Batrak va Shamat qishloqlari oralig’ida, Bulung’ursoyning qadimiy o’zani sohilida joylashgan. Mahalliy aholi orasida Sayiltepa nomi bilan mashxur. Maydoni 23 gektar, relyefining atrofi bo’ylab qad ko’targan mudofaa devori bilan o’ralgan va Afrosiyob yodgorligi singari bu yerda ham 4 ta joyda shahar darvozalarining o’rni yaqqol ko’zga tashlanadi. Shahar mudofaa devorining shimoli-g’arbiy qismida 1 km. uzoqlikda xom g’ishtdan qurilgan 2-mudofaa inshooti ham borligi aniqlangan. Uning maydoni 100 ga.ni tashkil qilgan. Yodgorlikda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra, qadimiy shahar xayoti 3 davrga bo’linganligi aniqlangan. Ko’ktepa I davri Zarafshon vodiysida mahalliy chorvador saklarning o’troq hayotga, dehqonchilik xo’jaligi yuritishga ommaviy ravishda o’tayotgan, Sug’diyona dehqonchilik vohasining jadal tarkib topayotgan davri bilan farqlanadi [1. B – 70]. Bu davrda kulolchilik mahsulotlari, asosan qo’lda tayyorlanib, ularning och rangli pardozlangan sirtiga qizg’ish qora bo’yoqda turli shakllarda gul solish odat bo’lgan. Ko’ktepa I davrida dastlab aholi yarim yerto’la shakldagi kulbalarda yashagan, ularning so’ngi bosqichiga kelib, guvala va xom g’ishtdan ko’p xonali uylar va baland platforma (tag kursi) ustiga monumental 82 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference bino (ibodatxona) qurish odat tusiga kirgan. Bu davr majmuasi Farg’ona vodiysining Chust madaniyati, umuman, O’rta Osiyoning Yaz I deb atalgan arxeologik majmualari bilan har jihatdan bir-birlariga yaqin va o’xshash deb topilmoqda. Ko’ktepa II davriga kelib, Sug’diyona hududlariga Qadimgi Sharq tamadduniga xos urbanistik jarayon jadal kirib kelgan. Yangi etnomadaniy qatlamning yerli tub aholi bilan qorishuvi natijasi sifatida ushbu davr majmuasi tarkib topgan. Bu jarayon, ayniqsa, kulolchilikda yaqqol ko’zga tashlanadi. Keramika mahsulotlari tarkibida yuqori sifatli, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar keskin ko’paygan. Endi, kulolchilikda sopollarning naqshiga emas, balki ularning sifatiga e’tibor qaralgan. Uy-joy qurilish sohasida monu
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the history of the study of the ancient Koktepa archeological monument of the Early Iron Age.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the history of the study of the ancient Koktepa archeological monument of the Early Iron Age. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Koktepa, Hellenic culture, temple, golden buckle, “treasure of, “Sak malikasi xazinasi”, Ko’ktepa, oltin to’qacha, oltin tillaqosh, tosh o’roq., ellin madaniyati, ibodatxona
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025