К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT XIZMATI TUSHUNCHASI VA UNING SHAXS, JAMIYAT HAMDA DAVLAT HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI

Yoqubov Sherzod Nabi oʻgʻli

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada davlat xizmati tushunchasi, uning shakllanish tarixi, huquqiy asoslari va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Davlat xizmatining shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Tarixiy yondashuv orqali davlat xizmatining ilk davlatlar davridan boshlab qanday shakllangani ko‘rsatib berilgan. Xorijiy davlatlar, jumladan, Rossiya, Qozogʻiston, Belarus hamda Oʻzbekistondagi davlat xizmati institutlari solishtirilib, mavjud huquqiy asoslar sharhlangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat xizmatining turlari, ularni tartibga soluvchi qonunlar va davlat organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, davlat xizmatining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va davlat funksiyalarini amalga oshirishdagi roli chuqur tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Davlat xizmati, davlat xizmatchisi, huquqiy asoslar, davlatchilik tarixi, shaxs va davlat munosabatlari, ijtimoiy ehtiyojlar, davlat organlari, fuqarolik xizmati, xalq va davlat aloqasi, xorij tajribasi. Bugungi kunda davlat xizmati tushunchasi turli doiralarda keng qoʻllanadi. Ushbu tushunchaning mazmuni yuzasidan ham bir-biridan farq qiluvchi yondashuvlar mavjud. Davlat xizmatchisi tushunchasi davlatchilikning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq hisoblanadi. Har qanday davlatchilikning payda boʻlishi va evolyutsiyasida davlat xizmatlari markaziy oʻrin tutadi. Tarixchilarning taʼkidlashicha Yer yuzida eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oraligʻida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo boʻlgan. Oʻzbekiston hududida esa davlatchilikning rivojlanishi uch ming yildan ziyod davrga borib taqaladi. Dastlabki davlatlarda tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sugʻorish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni yechish muhim va hayotiy zaruriyat edi. Davlat oldida turgan vazifalar (funksiyalar) maʼlum institutlar tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur institutlar rivojlanishi natijasida ularning negizida bugungi kundagi davlat xizmatlari institutlari shakllangan. 137 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Davlatchilik qanchalik barqaror boʻlsa uning davlat xizmati institutlari ham shunchalik rivoj topgan. Shunday qilib, davlatchilikning ilk rivojlanishi bosqichlarida ham bugungi kundagi zamonaviy davlatlarda ham davlat xizmatlari davlatning mavjudligini taʼminlaydigan, uning oʻziga xosliklarini belgilaydigan, sifat koʻrsatkichlarini yuzaga chiqaradigan institut bu davlat xizmatlari hisoblanadi. Bugungi zamonaviy davlatlarda davlat xizmati mustahkam va barqaror institutlarga aylangan boʻlib, davlat xizmatlarini qurish va tashkil etish borasida alohida qonunchilik tizimi shakllangan. Davlat xizmatiga oid munosabatlar koʻplab institutlardan tarkib topgan. Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida davlat xizmatining asoslari toʻgʻrisida”gi qonunida davlat xizmati – davlat organlari vakolatlarini taʼminlash boʻyicha olib boriladigan professional faoliyat sifatida, Qozogʻiston Respublikasining “Qozogʻiston Respublikasi davlat xizmati toʻgʻrisida”gi qonunida davlat xizmati – davlat organlarida davlat xizmatchilarining davlat hokimiyati vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan rasmiy vakolatlarini amalga oshirishdagi faoliyati sifatida, Belarus Respublikasining “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi qonunida esa davlat xizmati – davlat lavozimlarini egallab turgan fuqarolarning davlat vakolatlarini bevosita amalga oshirish va davlat organlari yoki mansabdor shaxslari funksiyalarini bajarishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan kasbiy faoliyati sifatida taʼriflangan. Demak, yuqoridagilardan anglashiladiki, davlat xizmati: • davlatning vakolatlari, vazifa va funksiyalarini amalga oshirishga qaratiladi; • maxsus vakolatli davlat xizmatchilari tomonidan haq evaziga, mehnatga oid munosabatlar doirasida amalga oshiriladi; • doimiy amalga oshiriladigan professional xizmat (faoliyat) hisoblanadi; • oʻzining barqaror institutsional asoslari mavjud boʻladi. Barcha davlatlarda davlat xizmati maʼlum tizimga ega boʻladi. Masalan, Fransiyada davlat xizmati va mahalliy davlat xizmati bir-biridan ajratilgan, Rossiya Federatsiyasida davlat xizmati tizimini davlat fuqarolik xizmati, harbiy xizmat va huquqni muhofaza qilish organlarida amalga oshiriladigan xizmat tashkil etadi. Belarus Respublikasida esa davlat xizmati tizimini davlat fuqarolik xizmati, harbiy xizmat va harbiylashtirilgan xizmatlardan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida davlat xizmatiga oid yagona qonun mavjud emasligi sababli davlat xizmati tizimini turli qonunchilik hujjatlari tahlili asosida aniqlash mumkin. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustda 138 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference qabul qilingan “Davlat fuqaro

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada davlat xizmati tushunchasi, uning shakllanish tarixi, huquqiy asoslari va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada davlat xizmati tushunchasi, uning shakllanish tarixi, huquqiy asoslari va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Davlat xizmati, davlat organlari, fuqarolik xizmati, ijtimoiy ehtiyojlar, xalq va davlat aloqasi, davlatchilik tarixi, xorij tajribasi., shaxs va davlat munosabatlari, huquqiy asoslar, davlat xizmatchisi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники