К содержанию
РецензированоUZ2026

BOBURNI KULDIRGAN HANGOMALAR

BOBURNI KULDIRGAN HANGOMALAR · Islomjon Jo‘rayev

Развитие педагогических технологий в современных науках · 3 · 276-278 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarida qayd etilgan hazil-mutoyiba va kinoyali voqealar yoritiladi. “Boburnoma” an’anaviy ravishda tarixiy va adabiy manba sifatida o‘rganilsa-da, unda Boburning so‘zamolligi, tilga bo‘lgan muhabbati va Alisher Navoiy merosiga monand turkiy (eski o‘zbek) tilini yuksaltirish yo‘lidagi intilishlari ham namoyon bo‘ladi. Kalit so‘zlar: memuar, adabiy manba, hajviya, shoir, ruboiy, to‘rtlik Biz “Boburnoma”ni tarixiy manba, memuar asar sifatida mutolaa qilamiz. Ammo uning muallifi nafaqat ulug‘ hukmdor, mohir sarkarda, hassos shoir, balki hayotdan zavq olishni biladigan, qiziqarli voqea-hodisalardan miriqib kula oladigan inson, o‘zi ham hozirjavob so‘z ustasi ekanligiga uncha e’tibor bermaymiz. Asarni o‘qir ekanmiz, fikrimiz isboti bo‘lgan ko‘plab misollarni uchratamiz. Quyida ulardan ayrimlariga e’tiborni qaratmoqchimiz. Turkiy tilni xorlik burchagidan she’riyat osmoniga ko‘tarish Alisher Navoiy uchun oson bo‘lmagan. Eski o‘zbek tilini dag‘al, ijod uchun yaramaydi, deya tahqirlovchilarning aksariyati o‘zi turkiy bo‘laturib, fors-tojik tilida ijod qiluvchilar edi. Kamoliddin Binoiy ana shundaylar toifasidan bo‘lib, bu haqda hatto Navoiy bilan yuzma-yuz tortishishdan ham toymagan. Birgina misol: Binoiy turkman hukmdori Yoqubbek huzurida bir necha vaqt bo‘lib, qaytib kelgach, Navoiy undan Yoqubbekning yaxshi fazilatlaridan so‘zlab berishini so‘raydi. Shunda Binoiy: “Uning eng yaxshi fazilati shu ekanki, birorta ham o‘zbekcha so‘zni og‘ziga olmas ekan”, - deya javob beradi. Bobur bu haqda atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lgan. “Boburnoma”ning bir necha o‘rinlarida ana shu iqtidorli ammo kalondimog‘ zot haqida qaydlar uchraydi. “Yana Binoiy edi... Alisherbekka xeyli mutaarriz ekandur.. Bir kuni shatranj majlisida Alisherbek oyog‘ini uzatur. Binoiyning orqasiga tegar. Alisherbek mutoyaba bilan derkim “ajab baloyest, dar Hiriy agar poy daroz mekuni ba pushti shoir merasad” (Ajab bir balodirki, Hirotda oyog‘ingni uzatsang biror shoirning ketiga tegadi). Binoiy derkim “agar jam’ mekuni ham ba pushti shoir merasad” (Oyog‘ingni yig‘sang ham shoirning ketiga tegadi). [1,162] Bobur Samarqand taxtiga ikkinchi bor o‘tirgan kezlari, taqdir taqozosi bilan Bobur huzuriga kelib qolgan Binoiy o‘zining qashshoq holga tushib qolganligi, yeyishga nonu, kiyishga kiyimi yo‘qligini fors-tojik tilidagi ruboiysi orqali bayon qiladi. Shunda Zahiriddin Muhammad Bobur o‘ta zukkolik bilan bir vaqtlar 158 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference o‘zbek tilini kamsitgan Binoiyga tanbeh berishning o‘ziga xos yo‘lini tutadi. Ya’ni uning fors-tojik tilidagi ruboiysiga turkiy tilda quyidagi she’r bilan javob beradi. Ishlar bori ko‘nglungdagidek bo‘lg‘usidur, In’omu vazifa bori buyrulg‘usidur. Ul g‘allau muhmalki deb erding berdim, Muhmalg‘a bo‘yu, g‘alladin uy to‘lg‘usidur. Boburning zimdan qilgan nozik ishorasini fahmlagan Binoiy, xijolat chekib, o‘z minnatdorchiligini turkiy tilda javob ruboiysini aytish bilan bildiradi.[1,78] Yana bir o‘rinda may ichishdan tavba qilgan kunlarini eslayotib, Binoiyni esga oladi: “Binoiyning zarofat qilg‘oni xotirg‘a keldi: bir kun Alisherbek qoshida Binoiy zarofat qilur. Alisherbek dyerkim: “Nag‘z zarofat kardi, chakmanro medodam, vale tugmaho namemond va moneast”. Binoiy derkim: Tugmaho chi moneast, bodigiho moneast”. Shunga o‘xshash voqea Hindistonda ham bo‘lib o‘tadi. Boburning eng yaqin do‘stlaridan biri Xoja Kalon Hindiston jaziramalariga chiday olmasdan, ruxsat olib, Gʻazniga ko‘chadi. Ketayotganida o‘zi yashagan uy devoriga fors-tojik tilida “Hindni yana ko‘rishni istasam yuzim qaro bo‘lsin” mazmunidagi misralarni yozib qoldiradi: Agar ba xayru salomat guzar zi Sind kunam, Siyoh ro‘y shavam, gar havoi Hind kunam. Bobur bu zarofatga qarshi ona tilining o‘tkir va tagma’noli xususiyatini ishga solib, quyidagi ruboiysini bitadi va Xoja Kalonga yuboradi: Yuz shukur de, Boburki, karimu g‘affor Berdi senga Sindu Hindu mulki bisyor. Issiqlig‘iga gar sanga yo‘qtur toqat, Sovuq yuzini ko‘ray desang Gʻazni bor! Bunga o‘xshash misollarni yana keltirish mumkin. Muddao shuki, Zahiriddin Muhammad Bobur turkiy tilning boy imkoniyatlarini namoyon etish, bu tilning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishiga erishish uchun ulug‘ ustod – Alisher Navoiyning g‘oyaviy maslagidan umr bo‘yi og‘ishmadi. Shu tariqa, Navoiy dahosining so‘z san’ati maydonida paydo bo‘lishi tasodifiy emasligini, balki tarixiy qonuniyat va zarurat ekanligini amalda isbotladi. Temuriylardan yuz o‘girib, Shayboniyxon tomoniga o‘tib ketgan Muhammad Solih aslida Bobur uchun dushman edi. Ammo qanchalik muxolifatda bo‘lmasin, Bobur uning ijodidan ham kishida tabassum uyg‘otadigan o‘rinlarni topadi: “Yana Muhammad Solih edi. Shayboniyxonning 159 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference otig‘a bir turkiy masnaviy bitibtur. Ani o‘qug‘on kishi Muhammad Solihning she’ridan bee’t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarida qayd etilgan hazil-mutoyiba va kinoyali voqealar yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarida qayd etilgan hazil-mutoyiba va kinoyali voqealar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adabiy manba, memuar, shoir, ruboiy, to‘rtlik, hajviya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники