Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILK O‘SPIRIN YOSHIDAGI BOLALARNING KASB TANLASHIDA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR. · Murodaliyev Asadbek Ravshan o‘g‘li · Qaxxorova Shoxsanam Abduzairovna · Chirchiq shahri
Развитие и инновации в науке · 51-22 · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена колебаниям, страхам, нерешительности и зависимостям, которые испытывают дети-подростки в возрасте выбора профессии. Ключевые слова: профессия, ранний подросток, страх, фактор, информация. Annotation: This article is about the hesitations, fears, indecision, and addictions experienced by teenage children at the age of choosing a career. Key word: profession, early adolescent, fear, factor, information. Bilamizki, ilk o‘spirinlik davri 14-16 yoshlarni tashkil etib, bu jarayonda yoshlar o ‘ziga kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib boradi. Ammo kasb haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmaganliklari sababli bu jarayonda qiyinchiliklarga to‘qnash kelishadi. Zero kasb tanlash – insonning hayot yo‘lida o‘ziga xos burilishi yasaydigan muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayoti davomidagi faoliyati ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash – har bir o‘quvchining oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Kasb tanlashdan maqsad jamiyatga va oilaga foyda keltirib, inson o‘zi ham moddiy, ham ma’naviy qoniqish hosil qilishidir. Har bir shaxs kasbni barqaror qiziqish, maylga muvofiq tanlashi, shu bilan birga o‘zida dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o‘ziga va o‘z imkoniyatlariga ishonch, qaror qabul qilishdagi mulohazalilik kabi irodaviy sifatlarni rivojlantirishga ham intilishi kerak Ilk o‘spirin yoshidagilar kasb tanlashda asosan quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. 1.O‘quvchilarning tanlagan kasblari yuzasidan to‘la axborotga ega bo‘lmasdan, o‘z oldilariga birdaniga oliy malaka talab qiluvchi yuksak kasbni egallashni maqsad qilib qo‘yishlari. Inson kelgusida o‘z ishining haqiqiy ustasi 42 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference bo‘lib etishishi uchun o‘z mehnat faoliyatini nimadan boshlashi to‘g‘risida jiddiy o‘ylab ko‘rmog‘i kerak. 2.O‘quvchilarning kasblar nufuzli yoki nufuzsiz bo‘ladi degan xato tushunchaga ega bo‘lishlari kasb tanlashdagi haqqoniylikni buzilishiga olib keladi. Bu boradagi xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘quvchilarda kasblarning yomoni bo‘lmasligi, har qanday sohada yetuklikka erishish avvalo insonning o‘zida mujassam bo‘lgan sifatlarga bog‘liq ekanligini anglab yetishlariga ko‘maqlashish talab etiladi. 3.«Sheriklardan orqada qolmaslik uchun» kasb tanlash. Bu boradagi xatoliklarni barataraf etish uchun o‘quvchilarga u yoki bu kasbni tanlashda birinchi yoki oxiri bo‘lishdan ko‘ra o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari hamda salomatligiga mos keladigan kasbni tanlashi ahamiyatliroq ekanligini tushuntirish lozim. Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma’lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini bilish. U ma’lumot ham bu ma’lumot ham ilk o‘spirinlarga yetishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb tanlashi ijtimoiy sharoitlarga, ayniqsa ota-onaning umumta’lim darajasiga bog‘liq. Ota-onaning ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, farzandlarining oliy- o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirishi va bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli shunchalik yuqoridir. Hayotiy rejalarni amalga oshirish ehtimoli yigitlarda qizlarga nisbatan yuqoridir. O’rta maktabni bitirgunicha hamma o`quvchilar kasbini qat’iy tanlaydi deyish mumkin emas. Kasb – hunarga har xil munosbatlar hosil bo’lishining asosiy sababi maktabda o’qish davrida kasb tanlash bo’yicha turli xil niyatlar paydo bo’lishidir. V. A. Krutetskiy o’spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi: a) biror o’quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi (o`ziga xos psixologik xususiyatini hisobga olmagan holda); c) shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilish; d) oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik); e) do’stlari va o’rtoqlariga ergashish; f) ish joyi yoki o’quv yurtining uyiga yaqinligi; g) moddiy ta’minlanishining yaxshi ekani; h) o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi. Ilk o‘spirinlarning bo‘lajak kasblari haqida xabardorlik darajasi ham muhim hisoblanadi. Yigit va qizlar ular tanlaydigan kasblar doirasini, har bir kasbning 43 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference aniq xususiyatlarini bilmaganliklari uchun kasbni tasodifan tanlaydilar. Kasb haqida ma’lumotga ega emaslik oliy o‘quv yurtiga kirganlar orasida ham uchraydi. “Bo‘lg‘usi kasbingizning xarakteri, mazmuni va sharoitidan xabardormisiz?” degan savolga talabalarning to‘rtdan bir qismigina “ha” javobini berishgan. Inson kasb tanlayotgan vaqtida qanchalik kichik bo‘lsa, uning kasb tanlashi shunchalik mustaqil bo‘lmaydi, shaxsiy qadriyatlar tizimi asosida emas, ma’lumotlarning yetarli bo‘lmaganligi tufayli kimningdir tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Har bir insonni kasbga bo‘lgan munosabati, kasbning mehnatiga bo‘lgan munosabati turlicha bo‘ladi. Masalan, agar o‘quvchi shofyorlik kasbi egalari qiyofasida doimo avtomobilda xush kayfiyatda xizmat vazifalarini bajarib yuradigan insonla
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена колебаниям, страхам, нерешительности и зависимостям, которые испытывают дети-подростки в возрасте выбора профессии.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена колебаниям, страхам, нерешительности и зависимостям, которые испытывают дети-подростки в возрасте выбора профессии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- профессия, ранний подросток, страх, фактор, kasb, axborotlar., omil, qo‘rquv, ilk o‘spirin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025