Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘RTA OSIYODA QISHLOQ FOJIASI: DEHQON HAQ-HUQUQLARINING CHEKLANISHI VA ULARNING SIQIB CHIQARILISHI.
Mo‘minov Xikmatillo Chari o‘g‘li · Norov Kamoliddin Bayramali o‘g‘li · Ibrohimov, qishloq fojiasi. (Termiz davlat pedagogika instituti talabalari)
Развитие и инновации в науке · 1927
Аннотация
Ushbu maqolada 1927-1929-yillarda O‘rta Osiyo xususan Surxondaryo okrugida jamoalashtirish jarayoni, va hukumatning dehqonlarga munosabati tarixiy fakt,misollar bilan tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: dehqon, ʼʼqishloq hokimiʼʼ, besh yillik reja, Ibrohimbek, Amirxonov, Shagonov, Xidirov, Shukurov, Ibrohimov, qishloq fojiasi. Asrlar mobaynida O‘rta Osiyo zaminida yerning asl egasi dehqonlar bo‘lib kelgan. Dehqon so‘zining lug‘aviy maʼnosi ham ʼʼqishloq hokimiʼʼ degan maʼnoni anglatadi. Ammo mustabid tuzum yerning asl egalari bo‘lmish dehqonlar haq- huquqlarini poymol qilish orqali o‘z siyosatini ko‘rsatishga urindilar. Va bu qishloq fojiasiga olib keldi. Sovet iqtisodchilari tomonidan 1927-yilda ishlab chiqilgan birinchi besh yillik rejasi barcha rayonlarni rivojlantirishni, mamlakatni industrlashtirish uchun bor bo‘lgan resurslardan foydalanishni ko‘zda tutgan edi. Bu rejani bajarish 1928-yil oktyabridan boshlanishi kerak edi. Ammo reja faqat 1929-yil aprelidagi XVI partiya konferensiyasida tasdiqlandi. Qashqadaryo va Surxondaryo okruglarida yer islohotini o‘tkazish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlariga qarshi boylar, musulmon ruhoniylar, sobiq amirlik amaldorlari kuchli qarshilik ko‘rsatishgan. Ular yer komissiyalari tomonidan yerlarni pinhona taxminiy hisobga olayotganliklaridan, ammo bu haqida eʼlon qilinmay sir tutilayotganidan boxabar edilar. Yurt boshida turgan yuqorida eslab o‘tilgan elitar qatlam qishloq fojiasini, dehqonlar huquqlari poymol etilishini anglab yetgan va buning uchun qarshilik bildira boshlagan edi. Bu davrda Qo‘rboshilar ham faol harakatda edi. Ibrohimbek Afg‘onistondan qaytib kelib, bolsheviklarga keskin qarshilik ko‘rsatayotgan edi. Surxondaryo okrugi Sherobod rayoni Guzarak qishlog‘iga kelgan Amirxonov, Shagonov, Xidirov va Shukurovlardan iborat rayon yer komissiyasi, ishga kirishish o‘rniga, ichkilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Sherobod rayoni Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi uchastkalardan birining yer maydonini o‘lchashda yer komissiyasi aʼzolari Jo‘ra Primqulov va Xo‘jamurotov yer maydoni ro‘yxatiga 5 56 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference tanob yerni kiritib qo‘yadilar. Ishtirok etayotgan qishloq soveti raisi Ibrohimov bu noto‘g‘ri, uchastka 3 tanob va undan o‘z mehnat kuchi bilan foydalaniyotganini aytadi. Buning uchun yer komissiyasi aʼzolari Ibrohimovni boylarni himoya qilayotganlikda ayblab quvib chiqaradi va ko‘rsatilgan 5 tanobni qoldiradilar. Sherobod rayonidagi Dashnobod qishlog‘idagi yer komissiyasi raisi Amirxonov shu qishloqda yashovchi Qurbonovni (kambag‘al) so‘roq qilganda uning javoblariga ishonmasdan, Qurbonovni qamoqqa olgan. Bu kabi misollar ko‘plab topiladi. Umuman olganda kollektivlashtirish jarayoni O‘rta Osiyodagi tabiiy shart-sharoitni inobatga olmasdan shoshma- shosharlikda, noxolis, qo‘shib yozishlar, yerning asl egasi dehqonlar tabaqasining haq-huquqlarini poymol etish bilan amalga oshirilgan. Bu ʼʼislohotlarʼʼ natijasida dehqonlar bilan birga dindorlar, ruhoniylar, hunarmandlar qo‘rquv dahshatiga giriftor bo‘ldilar, yerlarini, mol-mulkini berkitishga, uy hayvonlarini sotishga, so‘yishga, kambag‘allarga bepul berib yuborishga, hatto xorijga bosh olib chiqib ketishga majbur bo‘lganlar. Hali yoppasiga jamoalashtirish va uning negizida quloq qilish ommaviy tus olmagan 1927-1929-yillardayoq O‘rta Osiyo qishloqlarida ijtimoiy ziddiyat nihoyatda keskinlashib ketgan edi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘rta Osiyo dehqonlari yer-suv islohoti, jamoalashtirish, quloq qilishning buzilgan, zo‘ravonlikka, kuch ishlatishga asoslangan usullariga qarshi kurashni 1927-1929-yillardayoq boshlab yuborishga majbur bo‘lganlar. Bundan esa partiya va sovetlarga qarshi turgan ham ichki, ham tashqi muxolifatdagi kuchlar ustalik bilan foydalanishga harakat qildilar. Ana shunday ijtimoiy-siyosiy beqarorlik hukm surgan hatto ijtimoiy larzalar girdobida qolgan O‘rta Osiyoda ham 1930-yildan jamoalashtirish va uning zaminida quloqlashtirish sari yo‘l tutildi. O‘rta Osiyo sovet qishloqlari va ularning aholisi yangidan fojialar girdobiga tortildi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Rustambek Shamsutdinov. Qishloq fojiasi: Jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun. Toshkent-2003 2.https://daryo.uz/2022/01/02/ibrohimbek-qorboshi-va-uning-safdoshlari- ular-nega-afgonistonda-qolmagan 3.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Davlat ilmiy nashriyoti, 2006 57
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 1927-1929-yillarda O‘rta Osiyo xususan Surxondaryo okrugida jamoalashtirish jarayoni, va hukumatning dehqonlarga munosabati tarixiy fakt,misollar bilan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 1927-1929-yillarda O‘rta Osiyo xususan Surxondaryo okrugida jamoalashtirish jarayoni, va hukumatning dehqonlarga munosabati tarixiy fakt,misollar bilan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Xidirov, ʼʼqishloq hokimiʼʼ, Shagonov, Amirxonov, besh yillik reja, Shukurov, Ibrohimbek, qishloq fojiasi., Ibrohimov, dehqon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025