К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARNING FUNKSIONAL SAVODXONLIGINI XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI ASOSIDA TAHLIL QILISH

Maxamattayirova Mehrigiyo Mirzohid qizi · Egamberdiyeva Muxlisa Dilmurod qizi · Sayfiddinova Dilrabo Otabek qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This article explores the significance of international assessment systems in evaluating students’ functional literacy and the importance of using such data to assess education quality. It analyzes the performance of Uzbek students in international programs such as PISA, PIRLS, and TIMSS, identifying both strengths and weaknesses. The concept of functional literacy is examined in detail, including its role in modern education, its integration into curricula, and the enhancement of assessment mechanisms. The article also provides policy recommendations for improving educational outcomes. Kalit so‘zlar: Funksional savodxonlik, xalqaro baholash tizimlari, PISA, PIRLS, TIMSS, o‘quvchilar kompetensiyasi, ta'lim sifati, baholash mezonlari, zamonaviy ta'lim, o‘quv dasturi, xalqaro tajriba. 85 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ключевые слова: Функциональная грамотность, международные оценочные системы, PISA, PIRLS, TIMSS, компетенции учащихся, качество образования, критерии оценки, современное образование, учебная программа, международный опыт. Keywords: Functional literacy, international assessment systems, PISA, PIRLS, TIMSS, student competencies, education quality, evaluation criteria, modern education, curriculum, international experience. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarning zamonaviy hayotga moslashuvchan, tanqidiy fikrlovchi, muammolarni mustaqil hal eta oladigan va o‘z bilimlarini amalda qo‘llay oladigan shaxslar sifatida shakllanishini ta’minlashdir. Ushbu vazifani bajarishda o‘quvchilarning funksional savodxonligi muhim o‘rin tutadi. An’anaviy bilimlarni yod olishdan ko‘ra, ularni kundalik hayotda qo‘llay bilish, turli kontekstlarda moslashtira olish va tahliliy fikrlash qobiliyatlari zamonaviy ta’limning asosiy yo‘nalishlariga aylangan. Funksional savodxonlik nafaqat matnni o‘qish yoki hisob-kitob qilish qobiliyati, balki o‘rgangan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, axborotni izlab topish, tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish salohiyatidir. Ushbu kompetensiyalarni aniqlash va baholash uchun dunyo miqyosida qator xalqaro baholash dasturlari faoliyat yuritadi. Xususan, PISA (Programme for International Student Assessment), PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) va TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) kabi dasturlar orqali o‘quvchilarning funksional savodxonlik darajasi aniqlanadi va ta’lim tizimining natijadorligi tahlil qilinadi. Mazkur xalqaro baholash dasturlari mamlakatlar ta'lim tizimini global kontekstdagi boshqa davlatlar bilan solishtirish, ta'limda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ta’lim siyosatini takomillashtirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda bu kabi baholash jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Bu esa milliy ta'lim tizimini chuqur tahlil qilish, xalqaro mezonlarga moslashtirish hamda zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda. Funksional savodxonlik — bu faqatgina o‘qish, yozish yoki oddiy matematik amallarni bajara olish emas, balki o‘rgangan bilimlarni turli hayotiy vaziyatlarda amaliyotga qo‘llay olish, muammolarni tahlil qilish, axborotni izlab topish, solishtirish va xulosa chiqarish qobiliyatidir. Ushbu kompetensiya zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘riladi. Bugungi kunda shunchaki yodlab olingan bilimlar emas, balki ularni ongli, samarali va kreativ tarzda qo‘llay bilish muhim hisoblanadi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan global 86 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference islohotlar, xususan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yondashuvlar, o‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirishni birlamchi vazifa sifatida ilgari surmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini baholashda yangi, zamonaviy mezonlar zarurligini yuzaga chiqarmoqda. Xalqaro baholash dasturlari va ularning funksional savodxonlikni aniqlashdagi o‘rni. Hozirgi kunda xalqaro miqyosda tan olingan bir nechta baholash dasturlari mavjud bo‘lib, ular o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki funksional savodxonlik salohiyatini ham aniqlashga xizmat qiladi. Ulardan asosiylari quyidagilardir: PISA (Programme for International Student Assessment) – OECD tomonidan har uch yilda o‘tkaziladigan baholash dasturi bo‘lib, 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha hayotiy muammolarni hal etish qobiliyatlarini baholaydi. PISA o‘quvchining real hayotdagi vaziyatlarda qanday fikrlashi va qaror qabul qilishi mumkinligini aniqlaydi. PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) – bu dastur 4-sinf o‘quvchilarining matnni tushunib o‘qish va uni sharhlash ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan. U o‘quvchilarning analitik fikrlash darajasini baholashda muhim vositadir. TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – 4- va 8-sinf o‘quvc

Доказательный фрагмент

«This article explores the significance of international assessment systems in evaluating students’ functional literacy and the importance of using such data to assess education quality.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the significance of international assessment systems in evaluating students’ functional literacy and the importance of using such data to assess education quality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Functional literacy, international assessment systems, PISA, zamonaviy ta'lim, PIRLS, Funksional savodxonlik, o‘quvchilar kompetensiyasi, TIMSS, xalqaro tajriba., xalqaro baholash tizimlari, baholash mezonlari, ta'lim sifati, o‘quv dasturi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники