Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAMOAVIY SPORTDA LIDERLIK VA PSIXOLOGIK IQLIMNING SAMARADORLIKKA TA’SIRI
SAMARADORLIKKA TA’SIRI · Turg‘unova Shirin Zokirjon qizi · Qahhorova Shoxsanam Abduzoir qizi
Модели и методы в современной науке · 51-22 · 2024
Аннотация
Studying the importance of leaders in team sports and the impact of athletes' psychological state on sports results. Kalit so‘zlar: Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, lider, psixologik muhit, uyushganlik, uyushmaganlik, murabbiyning arzandalari Ключевые слова: Развитие командных видов спорта, лидер, психологическая среда, организация, неорганизованность, ценности тренера Keywords: Development of team sports, leader, psychological environment, organization, disorganization, coach's values O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2024 yildagi «Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-421-son qarori qabul qilindi. Jamoaviy sport turlarini (voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustidagi хokkey, suv polosi) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari: Yoshlarning jamoaviy sport turlariga qiziqishini oshirish, sport musobaqalarini muntazam oʻtkazish; milliy terma jamoalar va professional sport klublari uchun sport zahirasini yaratish, shuningdek iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, saralash va seleksiya qilishning raqamlashtirilgan tizimini joriy etish; murabbiylar, hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish; хorijiy mutaхassislarni jalb qilish va хalqaro hamkorlikni kengaytirish; jamoaviy sport turlari boʻyicha zamonaviy sport ob’yektlarini yaratish, mavjudlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash. 96 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab barcha davlat universitetlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida – kamida uchta jamoaviy sport turi boʻyicha tashkil etiladi. Shuningdek, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi: «Maktab ligasi» – umumiy oʻrta ta’lim maktablarining maktab sport klublari oʻrtasida; «Talabalar ligasi» va «Oliy ta’lim kubogi» – oliy ta’lim muassasalarining sport klublari oʻrtasida; «Rektor kubogi» – oliy ta’lim muassasalari darajasida. Lider (leader) - inglizcha so'z bo'lib, tarjima qilinganda "Yetakchi, boshqaruvchi" degan ma'nolarni anglatadi. Liderlik tushunchasining o'ziga xos xususiyati ijtimoiy psixologiyadagi ikkita fenomen - yetakchilik va rahbaflik fenomenlarining qiyosiy tahlilida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Sportchilarning yagona maqsadga bo'ysungan holda, hamjihatlikda va kelishib faoliyat yuritish zaruriyati jamoani boshqarish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Jamoaning rahbari yoki lideri bo'ladigan Kishi albatta jamoaning boshqa a'zolari (boshqariladiganlar)ni o'ziga bo'ysundira oladigan shaxs bo'lmog'i lozim. Sotsial-psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, umumiy vazifani hal etayotgan guruhda liderning mavjudligi faoliyatdagi muvaffaqiyatni ta'minlasa, liderning yo'qligi mazkur guruhning mag'lubiyatiga olib keladi. (N.F.Fedotova) Psixologik muhit deyilganda quyidagilar tushuniladi: jamoaning emotsional holati, sportchilar o'rtasidagi ijobiy yoki salbiy shaxsiy munosabatlar, jamoada mojaroli holatlarning yo'qligi yoki mavjudligi kabi kompleks jarayonlar. Psixologik muhit har bir sportchining kayfiyatidan tarkib topadi: sportchining tetikligi, xotirjamligi yoki aksincha vahimaliligi, uning ushbu jamoa tarkibida ekanligidan qoniqishi psixologik iqlimning asosiy omillaridir. Emotsiyalar, psixologik iqlimning bir tomonini aks ettiradi. Uning yana bir muhim tomonlaridan biri bu jamoada shakllangan ma'naviy, axloqiy me'yorlar hamda qadriyatlardan iboratdir. Nohaq va g'irrom yo'l bilan qo'lga kiritilgan g'alaba agar jamoadagi o'yinchilarning xursandligiga sabab bo'lsa, demak ushbu jamoadagi psixologik iqlimni ijobiy baholash mumkin emas. Shu sababli ham jamoada ma'naviy axloqiy me'yorlarni shakllantirish, ya'ni sportchilarning jamoadagi xulq-atvorlarini belgilab beruvchi qoida va talablarni shakllantirish sog'lom psixologik iqlimni shakllantirishning eng muhim va bosh vazifalaridan biridir. 97 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Jamoaning psixologik iqlimi haqida faqat uning g'alabani qanday kutib olishigina emas, balki muvaffaqiyatsizlikni qanday boshdan kechirishi, ya'ni jamoadagilarning mag'lubiyatga sabab bo'lgan omillarni ochiq va oydin ravishda tahlil etishga o'zlarida kuch topa olishi, o'yinda yuz bergan kamchilik va tushkunlikni bartaraf etish xususiyati ham muhim dalil bo'lishi mumkin. Jamoadagi psixologik iqlimni shakllantirishda sportchilar o'rtasida ularning faoliyati va muloqatlari jarayonida yuzaga keladigan shaxsiy munosabatlar tizimi ham katta ahamiyat kasb etadi. Jamoadagi psixologik iqlimni shakllantirishda sportchilar o'rtasida ularning faoliyati va muloqatlari jarayonida yuzaga keladigan shaxsiy munosabatlar tizimi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu o'zaro munosabatlar jamoada ijobiy iqlimni shakllantirish bilan birga mojaroli vaziyatlarni ham yuzaga keltirishi mumkin.
Доказательный фрагмент
«Studying the importance of leaders in team sports and the impact of athletes' psychological state on sports results.»
Образец извлечения
Демо-превьюStudying the importance of leaders in team sports and the impact of athletes' psychological state on sports results. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Development of team sports, leader, psychological, psixologik muhit, murabbiyning arzandalari, Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, uyushmaganlik, lider, uyushganlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025