Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEONTOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI PEDAGOGIK METODLARI
PEDAGOGIK METODLARI · Kenjayeva Saodat Nurmurodovna
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada deontologik madaniyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinib, uni rivojlantirishda samarali pedagogik metodlarning o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Deontologik madaniyat – bu shaxsning axloqiy mas’uliyati, kasbiy burchga sodiqligi va ijtimoiy munosabatlardagi odob-axloq qoidalariga amal qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks sifatdir. Mazkur madaniyatni shakllantirishda va mustahkamlashda interaktiv o‘qitish metodlari, amaliy mashg‘ulotlar, kasbiy etika bo‘yicha treninglar, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar asosida tahlil qilish kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik metodlar orqali nafaqat nazariy bilimlar balki, amaliy ko‘nikmalar, mustaqil fikrlash, ijtimoiy mas’uliyat va kasbiy axloqqa sodiqlik ham shakllanadi. Kalit so‘zlar: deontologik madaniyat, pedagogik metodlar, kasbiy etika, axloqiy tarbiya, interaktiv ta’lim, trening, amaliy ko‘nikma, o‘qitish strategiyasi. O‘qituvchilik burchini yuksak darajada anglash, unga amal qilish muallimning xatti-harakatlarini tartibga solib, uning huquqlarini boshqarib turadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish metodlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bilish faoliyati turiga ko‘ra: tushuntirishli-illyustrativ; reproduktiv; materialni muammoli bayon etish; qisman-izlanishli; tadqiqotchilik; 2) faol metodlar: evristik suhbat; o‘quv munozarasi; adabiyotlar bilan mustaqil ishlash; kasbiy faoliyat imitatsiyasi; 3) vaziyatlarni tahlil qilishga doir: tasodifiylik; aqliy hujum; situativ; muammoli; ijtimoiy-pedagogik loyihalash[1;38]. Bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish quyidagi funksiyalarni amalga oshirish orqali natijaga erishish mumkin. Bular: 1.Axloqiy-pedagogik: “Inson –jamiyat” va “inson –inson” tizimida pedagog tasavvurlarining axloqiy yo‘nalganligi hamda turfa xil madaniyatlar dunyosidagi pedagogning deontologik missiyasini anglash va tadqiq etish; 2. Etnapedagogik: o‘qituvchining etnomadaniyat (moddiy va ma’naviy) tarixiy tajribada aks etgan mentallik va insoniyat evolyusion rivojida ma’lum bir tilni uzatuvchi sifatuvchi etnosning rolini idrok etishni ko‘zda tutadi; 3. Kommunikativ: pedagogik faoliyat maqsadi, pedagogik deontologiyaning tamoyillariga muofiq bo‘lajak o‘qituvchining o‘quvchilar 173 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bilan shaxsiy-ishbob tahlil o‘zaro birgalikdagi harakatlarning turli xil kommunikativ texnologiyalarini o‘zlashtirish zaruratini o‘zida ifoda etadi; 4.Tarbiyaviy: o‘qituvchi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadi hamda pedagogik burch va pedagogik deontologiya tamoyillariga muofiq uzluksiz kasbiy rivojlanish, o‘z-o‘zini tarbiyalsh orqali amalga oshadi[2; 35]. Xalqaro miqyosda bo‘lajak mutaxassislarni har tomonlama yetuk kadr qilib tarbiyalash innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo‘lajak pedagoglarning mahorati mezonlari, o‘qituvchiga deontologik malaka shuningdek dars jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh o‘qituvchilarning deontologik kompetentligi rivojlantirish orqali dars jarayonida yanada samaradorlikka erishish, ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatli qo‘llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o‘rin tutadi[4;140]. Xulosa qilib aytganda deontologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda pedagogik metodlarning to‘g‘ri tanlanishi va samarali qo‘llanilishi ta’lim jarayonining natijadorligini belgilovchi muhim omildir. Innovatsion va interaktiv metodlar yosh avlodga faqat bilim emas, balki kasbiy mas’uliyat, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy madaniyatni singdirishda kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishiga, kasbiy faoliyatda axloqiy mezonlarga amal qilishiga zamin yaratadi. Shu bois, deontologik madaniyatni rivojlantirish pedagogik faoliyatning ajralmas qismi bo‘lib, bunda har bir o‘qituvchining yondashuvi va metodologik tayyorgarligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Бикова С.C. Формирование деонтогической компетентности у будущих педагогов в системе профессионалъного образования //Вестник Вятского государственного гуманитарного университета 2012 –Т . 3. –N- 4 - C . 37-41 2. Kenjaboyev.A., Kenjaboyeva D.A. “Педагогическая деонтология и профессиональная компетентность учителья”, 2021-йил, “Актуальная наука” международный журнал №3(44)/2021.UDK 37.08 ISSN 2587-9022. B. 33-38. 174 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3. Kenjaboyeva D.A. Bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish va p
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada deontologik madaniyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinib, uni rivojlantirishda samarali pedagogik metodlarning o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada deontologik madaniyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinib, uni rivojlantirishda samarali pedagogik metodlarning o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axloqiy tarbiya, deontologik madaniyat, kasbiy etika, pedagogik metodlar, interaktiv ta’lim, o‘qitish strategiyasi., amaliy ko‘nikma, trening
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025