Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-MA’NAVIY MOHIYATI.
VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-MA’NAVIY · Baxromova Nozima Odilovna · O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi Botir
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada vatanparvarlik tushunchasining ijtimoiy va ma’naviy mohiyati hamda uning jamiyat hayotidagi o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanishi, uning tarixiy ildizlari, badiiy ifodalanishi va axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqolada bugungi globallashuv sharoitida milliy ong va vatan tuyg‘usini mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar.Vatanparvarlik, ma’naviyat, milliy g‘urur, ijtimoiy ong, yoshlar tarbiyasi, vatan tuyg‘usi, axloqiy qadriyatlar. Bugungi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlodni yuksak ma’naviyat, sog‘lom ijtimoiy ong va mustahkam fuqarolik pozitsiyasi asosida tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Shu jarayonda vatanparvarlik tushunchasi asosiy tarbiyaviy ustunlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Chunki inson qalbida vatan, xalq, millat degan tushunchalar uyg‘unlikda shakllanmasa, u shaxs to‘laqonli fuqarolik burchini his etmasligi mumkin. Vatanparvarlik – bu faqat bir tuyg‘u emas, balki o‘z yurti, xalqi va davlatiga sadoqatli bo‘lish, uning yutuqlaridan faxrlanish, taraqqiyotiga hissa qo‘shishga intilishdir. U o‘z ichiga badiiy-estetik didni, axloqiy fazilatlarni, tarixiy xotirani va milliy o‘zlikni anglashni ham oladi. O‘z navbatida, vatanparvarlik o‘z Vataniga muhabbat, uning ravnaqi va farovonligi uchun g‘amxo‘rlik, o‘z ona yurtining xarakteri va milliy madaniy xususiyatlarini saqlab qolishga intilishda namoyon bo‘ladigan axloqiy-siyosiy tamoyil, ijtimoiy tuyg‘udir. Vatanparvarlik ramziy shaklda ifodalangan mamlakat va davlatga nisbatan hissiy-psixologik munosabat bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi 23- son qarorida “Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llabquvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo 176 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yangi namunadagi ta’lim maskanlari - “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda” deya ta’kidlangan. Qolaversa, vatanparvarlik tabiatan chuqur ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayotining ma’lum bir jihatigina emas, balki uning mavjudligi va rivojlanishining manbai bo‘lib, jamiyatning hayotiyligi, ba’zan esa omon qolish qobiliyatining atributi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, vatanparvarlikning o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri davlatchilik tamoyili bo‘lib, u jamiyatlarning tarixiy rivojlanishining muhim omili davlatning nisbatan mustaqil, o‘zini-o‘zi ta’minlovchi, avtonom ijtimoiy kuch sifatida namoyon bo‘lishida ifodalanadi. Vatanparvarlik tushunchasi qadimdan insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu tushuncha jamiyatning ma’naviy-axloqiy tamoyillari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, inson shaxsining shakllanishi va kamolotida muhim rol o‘ynaydi. Vatanparvarlik - bu inson qalbining eng ezgu tuyg‘ularidan biri bo‘lib, Vatan oldidagi burchni, uni himoya qilish, ardoqlash, rivojlantirish istagini o‘z ichiga oladi. Jamiyatning ilg‘or rivojlanishida har bir shaxsning o‘ziga yuklangan vazifa uchun individual javobgarligi muhim rol o‘ynaydi. Mas’uliyat erkinlik va vatanparvarlik tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo'lib, inson va jamiyatning real hayotida maqsad sifatida emas, balki samarali faoliyat vositasi (iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy, tarbiyaviy va boshqalar) sifatida harakat qilishi kerak.1 Vatanparvarlik tarbiyasi oila, maktab, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Har bir ota-ona farzandining yurtga sadoqatli, fidoyi, ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishini istaydi. Shu boisdan, bola tarbiyasida, ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi bosqichlarida vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Bizning tadqiqotlarimiz shuni isbotlaydiki, yosh shaxsning shakllanishiga ob’ektiv turmush sharoiti, maqsadli tarbiyaviy ta’sir va o‘z-o zini tarbiyalash ta’sir qiladi. Jamiyatning mavjudligi va uning a’zolarining ongi bilan belgilanadigan yaxlit dunyoqarashning asosini qarashlar, e’tiqodlar va ideallar tashkil qiladi. Dunyoqarash ijtimoiy muhit ta’sirida, u bilan faol munosabatda bo’lib, yoshlarni faoliyatga jalb qilish va ijtimoiy norma va talablarni o’zlashtirish orqali 177 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shakllanadi. Shu bilan birga, ma’naviy-axloqiy tarbiya, uning
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada vatanparvarlik tushunchasining ijtimoiy va ma’naviy mohiyati hamda uning jamiyat hayotidagi o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada vatanparvarlik tushunchasining ijtimoiy va ma’naviy mohiyati hamda uning jamiyat hayotidagi o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, yoshlar tarbiyasi, axloqiy qadriyatlar., ma’naviyat, Vatanparvarlik, ijtimoiy ong
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025