Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘RTA OSIYODA QISHLOQ FOJIASI: AYOLLAR QO‘ZG‘OLONI
Mo‘minov Xikmatillo Chari o‘g‘li · Norov Kamoliddin Bayramali o‘g‘li
Инновационные исследования в науке · 1930
Аннотация
Ushbu maqolada XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyoda quloqlashtirishga qarshi ayollar qo‘zg‘olonlari, buning sabab va oqibatlari tahlil qilinadi. Ayollar qo‘zg‘olonining o‘ziga xos jihatlariga eʼtibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: OGPU, ʼʼQamalganlar ozod etilsin ʼʼ, sovet ʼʼfaollarʼʼi, kolxozlar, ayollar qo‘zg‘oloni, ovullar. Jamoalashtirish, shu bilan birga quloqlashtirish jarayonida aholining keskin noroziligi, qo‘zg‘olonlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Endi kurash maydonida ayollarni ham ko‘rish mumkin edi. Ayrim joylardagi chiqishlarning ilhomchisi va rahbari ayollar, quloqlarning xotinlari, qarindoshlari bo‘lgan. Baʼzan kambag‘allar hamda o‘rta hol ayollar ham chiqishlarda qatnashganlar. Bu chiqishlar aksariyat jamoalashtirish va uni o‘tkazishdagi buzilishlar, qing‘ayishlar zaminida kelib chiqqan. Ayollar quloqlarni himoya qilib chiqqanlar, quloq qilish, ularni surgun qilish va qamoqqa olishlarga norozilik bildirib chiqishlar qilganlar. Tarixiy statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1930-yil yanvar-iyunida Ittifoq bo‘yicha yuz bergan 8707 ommaviy chiqishlardan 2800tasining deyarli qatnashchilari tarkibi aksariyati ayollar bo‘lgan. Kolxoz tuzumining joriy qilinishiga, quloqlashtirishga qarshi turib, quloqlarni himoya qilib, surgun qilingan quloqlarni qaytarishni, quloq qilinganlardan quloqlik maqomini olib tashlashni, qamoqdagilarni bo‘shatishni talab qilib ayollar O‘rta Osiyoda ham ko‘plab chiqishlar qilganlar. Tezkor maʼlumotlarning birida ʼʼXorazm okrugi Shovot rayoni atrofidagi qishloqlardan 14-mart kuni erkaklar va ayollarning uyushgan guruhlari oqib kelmoqda. Kechga borib ming kishi to‘plandi ʼʼ, deyilgan. Ana shunday qo‘zg‘olonlar 1930-yilning mart-aprel oylarida Qoraqalpog‘istonning Shabboz tumanidagi 406ta xo‘jalikni o‘z ichiga olgan ʼʼBirlikʼʼ, 202ta xo‘jalikni birlashtirgan ʼʼMadaniyatʼʼ ovullarida, To‘rtko‘l tumanining Saribiy qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi. Qo‘zg‘olon ko‘targan xotin-qizlar ʼʼKolxozlar bizga kerakmas, quvg‘in qilinganlar, boy va ruhoniylardan tortib olingan narsalar qaytarib berilsin ʼʼ, ʼʼQamalganlar ozod etilsin ʼʼ kabi shiorlar bilan chiqqanlar. Ular qo‘llariga tayoqlar, belkuraklarni olib maktab ichkarisiga bekinib olgan sovet ʼʼfaollarʼʼiga hujum qilganlar. 73 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Endi qo‘zg‘olonlar uyushqoqlik bilan amalga oshirila boshlandi va bu sovet hukumatini tashvishga solib qo‘ydi. OGPU ning O‘rta Osiyodagi vakilligining 1930-yil 21-fevral kuniga bergan 2- sonli tezkor maʼlumotida O‘rta Osiyodagi sovetlarga qarshi faollikning o‘ziga xos shakli Xorazm okrugidagi ayollarning kolxoz tuzishga qarshi ommaviy chiqishlardagi faollik, uyushqoqlik alohida qayd etilib, bunga alohida eʼtibor qaratish zarurligi ko‘rsatilgan. Xulosa. Quloqlashtirish jarayoni zulmga asoslangan inson haq-huquqlarining keskin toptalishiga olib keladigan bir jarayondir. Quloqlashtirish vatandoshlarimiz hayotiga shunday og‘ir kulfatlarni solganki, bunga qarshilik bildirish uchun ojiza ayollar ham kurash maydoniga chiqishga majbur bo‘lganlar. Quloqlashtirish jarayoniga rang barang shiorlar bilan maydonga chiqqan vatandoshlarimiz tarixidan boxabar bo‘lish, bu xalq, millatning bosqinchilarga qo‘shib olingani emas, haqiqatda zulm bilan istilo qilinganiga yaqqol misoldir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Rustambek Shamsutdinov. Qishloq fojiasi: Jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun. Toshkent-2003 2.Abdullayeva Y. Qoraqalpog‘istonda sovet hokimiyatining majburiy kolxozlashtirish siyosati va qishloq ayollarining qatag‘on qilinishi. ʼʼO‘zbekiston tarixiʼʼ, T., 2002,2-son, 42-bet. 74
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyoda quloqlashtirishga qarshi ayollar qo‘zg‘olonlari, buning sabab va oqibatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyoda quloqlashtirishga qarshi ayollar qo‘zg‘olonlari, buning sabab va oqibatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- OGPU, ʼʼQamalganlar ozod etilsin ʼʼ, ovullar., kolxozlar, sovet ʼʼfaollarʼʼi, ayollar qo‘zg‘oloni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024