К содержанию
РецензированоUZ2026

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI FANINI O‘QITISH METODIKASI

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · FANINI O‘QITISH METODIKASI · Raxmatova Ferangiz Alisherovna

Международная конференция академических наук · 2026

Аннотация

Mazkur maqola "Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi fanini o‘qitish metodikasi" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kasb-hunar ta’limida zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati, ayniqsa texnologik yo‘nalishdagi fanlar uchun muhimligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishning metodik asoslari, elektron resurslardan foydalanishning afzalliklari, o‘quv muhitini interaktiv vositalar orqali boyitish imkoniyatlari keng yoritilgan. O‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, ularni real hayotiy faoliyatga tayyorlash maqsadida multimediaviy taqdimotlar, videodarslar, tajriba-sinov ishlari, keyslar va mustaqil topshiriqlarning roli ilmiy asosda yoritiladi. Xususan, tayyorlangan elektron darslik tarkibida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun didaktik materiallar, testlar, baholash mezonlari, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar tahlil qilinadi. Shuningdek, fan mazmunini raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish orqali mehnat bozorida raqobatbardosh, kasbiy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash masalasiga e’tibor qaratilgan. Annotatsiyada ilgari surilgan metodik yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlariga asoslangan bo‘lib, zamonaviy o‘qitish sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion vositalar sifatida baholanadi. Tayanch so‘zlar: Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi, zamonaviy pedagogik metodika, kasb-hunar ta’limi, amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv darslar, elektron darslik, vizual vositalar, raqamli ta’lim, keys-metod, sanitariya-gigiyena qoidalari, retseptura va milliy taomlar, dars samaradorligi, multimediaviy resurslar, tajriba-sinov ishlari, kompetensiya yondashuvi, mehnat bozoriga mos tayyorgarlik, o‘quvchilar faol o‘qitish, o‘zlashtirish darajasi, taqdimot va videodarslar, ta’lim sifatini oshirish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, kasb-hunar ta’limining sifatini oshirish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishida yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu jumladan, texnologik ta’lim sohalari, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi fani bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu fan nafaqat nazariy bilimlarni 118 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК egallash, balki amaliy jihatdan mustahkam ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish, amaliy bilimlar bilan boyitilgan mutaxassislarni tayyorlash bugungi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, texnologik ta’lim sohalarida o‘quv jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy yondashuvlarni talab qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi fanining o‘quv dasturida bu talablar alohida o‘rin tutadi. Fan o‘quvchilarni oziq-ovqat mahsulotlarining xossalari, ularni tozalash, saqlash, ishlov berish, pishirish va tugallangan taom holatida bezash, xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi barcha bosqichlarda kasbiy ko‘nikmalar bilan qurollantirishga qaratilgan. Bunday ko‘nikmalarni shakllantirish uchun faqatgina an’anaviy dars yetarli emas. Zamonaviy o‘qitish metodikasi — bu interaktivlik, multimediaviy resurslar, mustaqil topshiriqlar, tajriba-sinov ishlari va elektron darsliklar asosida qurilishi kerak. Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida o‘qitish metodikasi an’anaviy yondashuvlardan chekinib, zamonaviy, interaktiv va innovatsion yo‘nalishga o‘tmoqda. Endilikda o‘quv jarayoni multimediaviy taqdimotlar, video darslar, raqamli laboratoriyalar, keys-stadi metodlari, mustaqil ijodiy topshiriqlar va onlayn testlar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish va amaliy faoliyatda qo‘llay olish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, real hayotga moslashtirishda elektron menyu, taqdimotlar, video darslar, onlayn testlar, amaliy topshiriqlar orqali o‘quv muhitini boyitish mumkin. Talabaning nazariy bilimni amaliyotga tatbiq eta olishi uning professional tayyorgarligini ko‘rsatadi. Masalan, tayyorlangan elektron darslikda 10 ta ma’ruza mavzusi uchun slaydlar, 20 ta amaliy mashg‘ulot uchun videodarslar, 15 ta mustaqil ta’lim mavzusi, test savollari va baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Bular o‘quvchi bilimini mustahkamlash bilan birga, o‘qituvchi ishini ham soddalashtiradi. Tajriba-sinov ishlari asosida aniqlanishicha, darslarda elektron vositalardan foydalanish natijasida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 20– 30% ga oshadi. Ayniqsa, texnologik bilimlar vizual vositalar orqali berilganda, axborot ongda yaxshiroq saqlanadi. Shu sababli fan mazmuni elektron taqdimot, ko‘rgazma va raqamli laboratoriya vositalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi maqsadga

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola "Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi fanini o‘qitish metodikasi" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kasb-hunar ta’limida zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati, ayniqsa texnologi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola "Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi fanini o‘qitish metodikasi" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kasb-hunar ta’limida zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati, ayniqsa texnologi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mehnat bozoriga mos tayyorgarlik, sanitariya-gigiyena qoidalari, kasb-hunar ta’limi, vizual vositalar, kompetensiya yondashuvi, dars samaradorligi, tajriba-sinov ishlari, o‘quvchilar faol o‘qitish, keys-metod, amaliy mashg‘ulotlar, retseptura va milliy taomlar, o‘zlashtirish darajasi, elektron darslik, taqdimot va videodarslar, ta’lim sifatini oshirish, interaktiv darslar, raqamli ta’lim, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi, multimediaviy resurslar, zamonaviy pedagogik metodika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники