Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODLARI
Shoyimova Mahbuba Radjabovna
Академические исследования в современной науке · 1 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanining o‘qitilishidagi zamonaviy holat, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyot bilan bog‘liqligi, o‘quv jarayonining texnik va pedagogik ta’minoti, shuningdek mavjud muammolar va istiqbolli takliflar yoritiladi. Maqolada dizayn, ergonomika, patent axboroti, texnik modellashtirish va maktabdan tashqari texnik faoliyatlarni tashkil etish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: texnik ijodkorlik, konstruktsiyalash, modellashtirish, texnologik ta’lim, dizayn va ergonomika. Kirish. Zamonaviy ta’limda texnik tafakkur va ijodiy yondashuvni shakllantirish muhim pedagogik vazifa hisoblanadi. Bu borada texnologik ta’lim sohasi — ayniqsa “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash (tikuvchilik)” fani – bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy va nazariy tayyorgarligini chuqurlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Fan orqali talabalar texnik tafakkurga, dizayn madaniyatiga ega bo‘lib, texnik loyihalarni mustaqil amalga oshirishga tayyorlanadilar. Shuningdek, bu fan maktab va maktabdan tashqari texnik ijodiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik va texnologik kompetensiyalarni shakllantiradi. Fanning asosiy maqsadi – talabalarni texnik ijodkorlik sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularni ixtirochilik, konstruksiyalash, dizayn va pedagogik rahbarlik faoliyatlariga tayyorlashdan iborat. Shuningdek, talabalar texnik ijodkorlikni o‘rgatish, ixtirochilik faoliyatini rag‘batlantirish, ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqish bo‘yicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtiradi. Ushbu fan quyidagi vazifalarni bajarishni ko‘zda tutadi: Texnik ijodkorlikning ijtimoiy-pedagogik asoslarini o‘rgatish – Talabalarda texnik ijodkorlik faoliyatining jamiyatdagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish. Texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslarini anglash – Ixtiro, kashfiyot, ratsionalizatorlik faoliyatining tashkil etilishi, bu boradagi qonuniy-me’yoriy hujjatlar va tizimlarni o‘rganish. Patent axboroti va texnik yangiliklarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish – Ratsionalizatorlik takliflarini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish, patent olish tartibi va xalqaro patent axborotlaridan foydalanishni o‘rgatish. Texnik muammolarni yechish metodikasini egallash – Muammo tahlili, texnologik echimlarni ishlab chiqish, dizayn va konstruktorlik masalalarini hal qilish bo‘yicha metodik yondashuvlarni o‘zlashtirish. Dizayn va modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish – Libos va buyumlar dizayni, texnik modellashtirish, estetika va zamonaviy moda talablariga javob beruvchi yechimlarni ishlab chiqish. Ergonomika va dizayn asoslarini o‘rgatish – Inson omili, qulaylik, xavfsizlik va estetik talablarga asoslangan loyihalashtirish bo‘yicha nazariy bilimlar berish. 8 Texnik modellashtirish va konstruksiyalash amaliyoti – Turli materiallar asosida maket va modellar tayyorlash, ularni konstruktiv jihatdan asoslash. Texnik ijodkorlikka rahbarlik qilish malakasini shakllantirish – Talabalarni bo‘lajak pedagog sifatida o‘quvchilarning texnik ijodiy faoliyatiga yo‘naltirish, ularni rag‘batlantirish va boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish. Sinfdan va maktabdan tashqari texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etish – To‘garaklar, klub faoliyati, ko‘rgazmalar va tanlovlar orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish yo‘llarini o‘rgatish. Teoretik bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirish – O‘quvchi-talabalarda loyiha asosida ishlash, real muammolarni hal qilish, yakuniy mahsulot yaratish bo‘yicha mustahkam amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Fan o‘quv rejalari asosida libos va buyumlar konstruksiyasini yaratish texnologiyasi, modellash va grafik tasvirlar asosida dizayn ishlari, tekstil materiallari turlari, xossalari va ularning ishlatilishi, tikuv mashinalari, qurilmalar va ularning ishlash prinsiplari, CAD/CAM (kompyuter yordamida loyihalash va ishlab chiqarish) texnologiyalari, ergonomika, estetika va texnologik dizayn asoslari, mahsulot modellarini tayyorlash va sinovdan o‘tkazish amaliyoti kabi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Fan shuningdek talabalarni texnik hujjatlar bilan ishlash, loyihaviy fikrlash, texnik chizmalar tuzish, detal qismlarini konstruksiyalash, modellar yaratish kabi real kasbiy vazifalarga tayyorlaydi. O‘qitishning hozirgi holati. Ta’lim mazmunining zamonaviylashuvi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi asosida texnik ijodkorlik darslariga integratsiyalashuvi kuchaymoqda. Bu fan orqali talabalar muammoni hal qilish, loyiha asosida ishlash, dizayn tafakkuri kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Masalan, kiyim dizayni bo‘yicha loyiha tayyorlashda matematika (o‘lchamlar, proporsiyalar), muhandislik (konstruktsiya), san’at (estetika), texnologiya (tikuv mashinalari bilan ishlash) birgalikda o‘rganiladi. Innovatsion texnologiyalar (3D model, CAD d
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanining o‘qitilishidagi zamonaviy holat, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyot bilan bog‘l…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanining o‘qitilishidagi zamonaviy holat, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyot bilan bog‘l… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy fikrlash, o‘qitish metodikasi., pedagogik metodlar, texnik ijodkorlik, AKT, loyihaviy faoliyat, modellashtirish, texnologiya fani, amaliy mashg‘ulotlar, o‘quvchilar ijodi, konstrukstiyalash, muammoli o‘qitish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025