Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZOONIM KOMPONENTLI FRAZEMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Safarboyeva Yulduzxon Odilboy qizi · Esemuratova Zulfiya
Академические исследования в современной науке · 1998
Аннотация
Tadqiqot ishimizda, o‘zbek tilidagi zoonim komponentli frazeologik birliklarning uslubiy xususiyatlari borasida ish boriladi. Ishda “frazeologik norma” tushunchasiga berilgan taʼrif haqida fikrlar, misollar bilan tasdiqlanadi. Аna shu taʼrifdan kelib chiqib ishda frazeologik norma buzilishining quyidagi tiplari o ‘rganilgan: 1) frazeologizmlarning maʼno jihatdan normadan chetga chiqishlari; 2)frazeologizmlar strukturasining buzilishlari (frazeologizmlar komponentlarining almashishi, strukturasining kengayishi, ellipsis, kontaminatsiya, antitsipatsiya hodisalari hamda normadan chetga chiqishlar va hokazo). Kalit so ‘zlar: (frazeologizmlar komponent, struktura, ellipsis, kontaminatsiya, uslubiyat,antitsipatsiya; O‘zbek tilshunosligida frazeologiya sohasiga qiziqish XX asrning 50- yillarida ilmiy nuqtayi nazaridan tadqiqotlar boshlangan. Istiqlol yillarida frazeologiya sohasi muammolariga oid kata 2 ta respublika miqyosida ilmiy anjumani o ‘tkazilgan. Bu ilmiy konferensiyalarda o ‘zbek frazeologiyasi bilan bir qatorda german, slavyan va eron tillari frazeologiyasini tadqiq etishga ham eʼtibor qaratilgan edi. Shu bilan birga keyingi yillarda o ‘tkazilgan “Uslubshunoslikning dolzarb muammolari” (Samarqand, 1998), “Tilshunoslikning dolzarb masalalari va nutq madaniyati muammolari” (Termiz, 2004), “Til va milliy madaniyat” (Samarqand, 2004), “Professor Ulugʼ Tursunov va o‘zbek tilshunosligi” (Samarqand, 2005), “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” (Fargʼona, 2005), “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari” (Namangan, 2006), “Nutq lingvistikasi” (Samarqand, 2006), “O‘zbek uslubshunosligining dolzarb muammolari” (Fargʼona, 2006), “Tarjima jarayoni va horijiy tillarni o ‘qitishning dolzarb muammolari” (Samarqand, 2006), “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” (Toshkent, 2006), “Istiqlol va tilshunoslik muammolari” (Samarqand, 2006) mavzuidagi xalqaro va respublika ilmiy- 187 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference nazariy anjumanlarida ham maʼlum darajada o‘zbek frazeologiyasi masalalariga oid maʼruzalar tinglangan hamda muhokama qilingan edi. “Mustaqillik yillarida o‘zbek frazeologiyasiga doir Sh.Rahmatullaevning “O‘zbek tilida feʼl frazemalarning bogʼlashuvi” (1992), А.Mamatovning “Frazeologik stilistika masalalari” (1991), “Frazeologizmlarning shakllanish asoslari” (1996), “Frazeologizmlar shakllanishining nazariy asoslari” (1997), А.Аbdusaidovning “Frazeologizmlar – matbuot tilida taʼsirchan vosita” (2001), mazkur satrlar muallifining “Frazeologiya tarixidan lavhalar” (1998), “Frazeologik uslubiyat asoslari” (1999), “Perifrazalarning frazeologizmlar bilan munosabati va ularni maktabda o‘rganish masalalari” (hamkorlikda, 2001), “O‘zbek tilida frazeologizmlarning uslubiy va pragmatik imkoniyatlari” (2002), “Ufq” trilogiyasining lingvopoetik tahlili masalalari” (hamkorlikda, 2006), “Shoir Erkin Vohidovning frazeologizm qo‘llash mahorati haqida” (hamkorlikda, 2007), “O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi hamda taraqqiyoti” (2008), “O‘zbek tilida o‘zlashma frazeologizmlarning semantik-uslubiy xususiyatlari” (hamkorlikda, 2012) singari qator tadqiqotlari maydonga keldi. Olimlarning taʼkidlashicha, “o‘zbek tilshunosligida “frazeologik shakllanish “masalalari yaxlit holda o‘rganilmagan. Shu sababdan frazeologiya sohasini o ‘rganish, uni o ‘quvchilarga ilmiy tomondan tatbiq qilib, shakllanish bosqichlari yoki stilistik jihatlarini o ‘rganish tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Olimning ta’kidlashicha “Frazeologizmlar faqat frazeologik neologizmlarning paydo bo‘lishi bilan emas, balki tilda mavjud frazeologizmlarning semantik, grammatik va funksional jihatdan yangilanishi asosida ham shakllanadi. Frazeologizmlarning shakllanishida ro‘y beradigan leksik, semantik, grammatik o‘zgarishlar faqatgina stilistik ehtiyoj bo‘lmasdan, balki til ichki tizimining ehtiyoji hamdir”” Fikrimizcha, frazeologizmlar yasalmaydi, balki shakllanadi. Frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlarini o ‘rganishdan oldin frazeologik shakllanish bahsining huquqiy holati (statusi)ni belgilash lozim. Frazeologik shakllanish bahsi tilda maʼlum usul va vositalar yordamida frazeologizmlar hosil qilishning qonuniyatlarini o ‘rganadi. Maqsad va vazifalariga ko ‘ra frazeologik shakllanish so‘z yasalishiga yaqin turadi. Frazeologik shakllanish frazeologizmlarning ichki tarkibini, tarkibiga ko‘ra turlari, ularning mantiqiy asosi, qismlari o‘rtasidagi grammatik va leksik munosabatlar, frazeologizmlar shakllanishining usul va vositalarini o‘rganadi” Frazeologizmlar rivojlanishi leksika bilan bog’liq. Leksik fond qay darajada so‘zlarga boyib borsa, frazeologizmlar ham shu tarzda boyib o‘sib rivojlandi. 188 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Chunki, frazeologizmlarning paydo bo‘lish o‘chog’i bu-leksemadir. Frazeologizmlarning paydo bo ‘lishi, rivojlanishi tarixiy voqealar, ijtimoiy muhit, ijtimoiy- siyosiy hayot, siyosiy –ma’naviy qarashlar,
Доказательный фрагмент
«Tadqiqot ishimizda, o‘zbek tilidagi zoonim komponentli frazeologik birliklarning uslubiy xususiyatlari borasida ish boriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTadqiqot ishimizda, o‘zbek tilidagi zoonim komponentli frazeologik birliklarning uslubiy xususiyatlari borasida ish boriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- antitsipatsiya, struktura, ellipsis, frazeologizmlar komponent, kontaminatsiya, uslubiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025