К содержанию
РецензированоUZ2026

AVTOSERVIS KORXONALARIDA TIZIMNING MATEMATIK MODELLARI

Abullaev Shuxrat Shapievich

Академические исследования в современной науке · 124-128 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada avtoservis korxonalarining samarali faoliyat yuritishini ta'minlashda matematik modellashtirishning o‘rni yoritilgan. Xususan, kutish tizimlari, chiziqli dasturlash, simulyatsion modellar va sun’iy intellekt yondashuvlari asosida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Regressiya tahlili va neyron tarmoqlar orqali xizmat ko‘rsatish hajmi va mijozlar oqimini prognozlash usullari amaliy misollar bilan asoslab berilgan. Maqola avtoservis faoliyatini ilmiy asosda boshqarish va xizmat sifati oshirishda matematik modellar muhim vosita ekanini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Avtoservis korxonasi, matematik model, kutish tizimi, chiziqli dasturlash, simulyatsiya, regressiya tahlili, neyron tarmoq. Bugungi kunda avtomobillarning ko‘payishi bilan birga, avtoservis korxonalariga bo‘lgan ehtiyoj ham keskin oshmoqda. Shunday sharoitda, bu kabi xizmat ko‘rsatish korxonalarining samarali faoliyat yuritishi uchun ilmiy asoslangan boshqaruv tizimlari zarurdir. Ayniqsa, matematik modellardan foydalanish orqali resurslarni tejash, xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va mijozlar qoniqishini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada avtoservis korxonalarining faoliyatini tahlil qilish, optimallashtirish va prognozlash uchun qo‘llaniladigan matematik modellar haqida so‘z yuritiladi. Avvalambor, matematik model deganda real tizimning asosiy xususiyatlarini ifodalovchi matematik ifoda yoki tenglamalar tizimi tushuniladi. Bunday modellar yordamida muayyan jarayonlar simulyatsiya qilinadi, ularning natijalari oldindan taxmin qilinadi. Avtoservis korxonalarida bu usul xizmat ko‘rsatish vaqtini optimallashtirish, ehtiyot qismlar harakati, ishchi kuchini to‘g‘ri taqsimlash va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Masalan, agar bir servis markazi kuniga o‘rtacha 50 ta avtomobilga xizmat ko‘rsatsa, xizmat ko‘rsatish davomiyligi, ishchi soni va zaxira qismlar zaxirasi asosida aniq hisob- kitoblar olib boriladi [5, 35]. Avtoservislarda eng ko‘p uchraydigan muammo — bu mijozlarning kutish muddatidir. Shuni hisobga olgan holda, kutish tizimlari nazariyasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ushbu nazariya yordamida mijozlarning kelish chastotasi (λ) va xizmat ko‘rsatish tezligi (μ) hisobga olinadi. Misol uchun, agar avtomobillar kelish chastotasi soatiga 10 ta va bir ustaning xizmat ko‘rsatish tezligi 5 ta bo‘lsa, bu holatda kutish navbatining uzunligi ortib ketadi. 21 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shu sababli, Erlang formulasidan foydalanib quyidagi modelni qo‘llash mumkin: L = λ² / (μ(μ – λ)) Bu yerda: L — tizimdagi o‘rtacha avtomobillar soni, λ — mijozlarning kelish chastotasi, μ — xizmat ko‘rsatish chastotasi. Bu model yordamida xizmat ko‘rsatish nuqtalarini ko‘paytirish zarurligi yoki mavjud ustalarning ish yuklamasi aniqlanadi. Avtoservis korxonalari ko‘plab resurslar (ustalar, uskunalar, ehtiyot qismlar, vaqt) bilan ishlaydi. Ularni samarali taqsimlash uchun chiziqli dasturlash usuli qo‘llaniladi. Misol uchun, quyidagi modelni ko‘rib chiqamiz: Maksimum: Z = 50x + 40y shartlar: 2x + 3y ≤ 120 (ish soati cheklovi), x + y ≤ 50 (xizmat ko‘rsatish quvvati), x, y ≥ 0 Bu yerda: x — murakkab xizmatlar soni, y — oddiy xizmatlar soni, Z — umumiy daromad. Mazkur model orqali korxona maksimal foyda keltiruvchi xizmatlar sonini aniqlaydi [3, 124-128]. Real sharoitni to‘liq aks ettirish uchun simulyatsion modellar keng qo‘llaniladi. Bu usul orqali xizmat ko‘rsatish jarayonini kompyuterda modellashtirib, turli holatlarda tizim qanday ishlashini oldindan sinab ko‘rish mumkin. Ayniqsa, avtomobillar oqimi notekis bo‘lgan paytlarda (masalan, ertalab va kechqurun) tizimning barqarorligi baholanadi. Simulyatsion model sifatida Arena, Simul8, AnyLogic kabi dasturiy vositalar foydalaniladi. Masalan, AnyLogic dasturida yaratilgan model yordamida avtoservisdagi navbat uzunligi, ishchi yuklamasi va mijozlar qoniqish darajasi real vaqt rejimida baholanadi. Avtoservislarda ko‘plab ma’lumotlar to‘planadi: mijozlar soni, xizmatlar turi, ehtiyot qismlar iste’moli va boshqalar. Bu ma’lumotlar asosida regressiya tahlili yordamida kelajakda qanday tendensiyalar yuzaga kelishini bashorat qilish mumkin. Misol uchun, ko‘p yillik intellekt ma’lumotlarga asoslangan holda, yoz oylarida mijozlar soni 20% ga oshishi aniqlanadi. Shunga ko‘ra, korxona ishchi sonini vaqtincha ko‘paytiradi yoki navbatlarni to‘g‘ri rejalashtiradi. 22 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shuningdek, sun’iy intellekt asosida ishlovchi neyron tarmoqlar yordamida xizmat ko‘rsatish vaqti, mijozlarning kutish ehtimoli yoki ehtiyot qismlar yetishmovchiligi haqida prognozlar olinadi. Xulosa. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, avtoservis korxonalarida matematik modellar qo‘llanilishi ularning samaradorligini oshirish, resurslarni to‘g‘ri rejalashtirish va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Ayniqsa, kutish tizimlari, chiziqli dasturlash, sim

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada avtoservis korxonalarining samarali faoliyat yuritishini ta'minlashda matematik modellashtirishning o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada avtoservis korxonalarining samarali faoliyat yuritishini ta'minlashda matematik modellashtirishning o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chiziqli dasturlash, Avtoservis korxonasi, simulyatsiya, neyron tarmoq., kutish tizimi, regressiya tahlili, matematik model
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники