Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAADI SHEROZIY ASARLARIDA ASLIY MATN VA TARJIMA O‘RTASIDAGI PRAGMATIK TAFOVUTLAR
O‘RTASIDAGI PRAGMATIK TAFOVUTLAR · Abdusalomova Aziza Homidovna · Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Saadi Sheroziy asarlarining ingliz tiliga tarjimasida yuzaga keladigan pragmatik tafovutlar tahlil qilinadi. Tarjima jarayonida kontekst, madaniy konnotatsiya, kommunikativ maqsad va stilistik vositalarning yo‘qolishi yoki o‘zgarishi asliy matnning ma’no qatlamlariga qanday ta’sir qilishi ko‘rsatib beriladi. Ayniqsa, Sharq madaniyatiga xos axloqiy, diniy va falsafiy tushunchalarning ingliz tilidagi adekvat ifodasi bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar Saadi Sheroziy, tarjima, pragmatika, madaniy tafovut, kommunikativ maqsad, kontekst, aforizm, ma’naviy qadriyat. Annotation This article explores the pragmatic differences between the original works of Saadi Shirazi and their English translations. It analyzes how context, cultural connotations, communicative purpose, and stylistic devices are shifted or lost in translation. Special attention is given to how ethical, religious, and philosophical concepts inherent to Eastern culture are often inadequately rendered in English, thus altering the original intent and effect of the texts. Keywords Saadi Shirazi, translation, pragmatics, cultural difference, communicative intent, context, aphorism, moral values. Pragmatika til birliklarining foydalanish kontekstidagi ma’nosiga e’tibor qaratadi. Tarjimada esa bu jihat ko‘pincha yo‘qoladi yoki o‘zgaradi. Saadiyning aforizmlari, kinoya, ibratli hikoyalar va didaktik yo‘nalishdagi iboralar ingliz tilida to‘la ekvivalent topmasligi mumkin. Tarjimashunoslikda pragmatika — bu matnning faqat grammatik va semantik mazmunigina emas, balki kontekst, adresatga yo‘naltirilgan maqsad, va madaniy-falsafiy yuk kabi jihatlarini ham qamrab oladigan tahlil sohasi hisoblanadi. Saadi Sheroziy — fors-tojik adabiyotining yirik vakili bo‘lib, uning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlari Sharq axloqiy-falsafiy tafakkurining durdonalari sifatida tan olingan. Ammo ushbu asarlarning ingliz tiliga tarjima jarayonida, ayniqsa, pragmatik qatlamda sezilarli tafovutlar yuzaga keladi. 42 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Birinchidan, madaniy kontekstning o‘zgarishi: Sharq madaniyatiga xos bo‘lgan obrazlar – masalan, dervesh, shayx, murid, bozor, masjid singari tushunchalar – G‘arb o‘quvchisi uchun tushunarli bo‘lishi uchun interpretatsiya qilinadi. Bunday interpretatsiyalar matnning pragmatik maqsadini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ikkinchidan, kommunikativ maqsaddagi siljishlar: Saadiyning axloqiy-didaktik hikoyalari asli o‘quvchida ta’sir uyg‘otish, nasihat berish niyatida yozilgan. Tarjimalarda esa bu maqsad ba'zida susayadi, ba'zida esa tarjimon tomonidan kuchaytiriladi. Uchinchidan, lisoniy va stilistik vositalarning yo‘qolishi: So‘z o‘yini, alliteratsiya, tashbeh kabi badiiy vositalar ko‘pincha tarjimada yo‘qoladi yoki boshqa uslubiy vosita bilan almashtiriladi. Bu esa matnning estetik qiymatini pasaytiradi. Masalan, Saadi “Guliston”da shunday deydi: “Podshoh xalqni otasiday asrash lozim.” Ushbu ifoda Sharqona paternalistik qadriyatga asoslangan. Biroq ingliz tarjimasida bu jumla “A king should treat his people justly” tarzida beriladi. Bu yerda “ota” metaforasi yo‘qoladi, bu esa asliy matnning axloqiy va emotsional yukini pasaytiradi. Shuningdek, diniy terminlar — masalan, “zohid”, “taqvo”, “nafs” kabi tushunchalar tarjimada yo soddalashtiriladi, yo umuman olib tashlanadi, buning natijasida matnning diniy-falsafiy konnotatsiyasi yo‘qoladi. Pragmatik tafovutlar, shuningdek, stilistik vositalar — masalan, aforizm, tashbeh, kinoya kabi badiiy elementlarda ham seziladi. “Nodon bilan so‘zlashguncha, sukut afzal” kabi iboralar ingliz tilida “It is better to remain silent than argue with a fool” tarzida tarjima qilinadi. Bunda semantik mazmun saqlangan bo‘lsa-da, poetik ohang va hikmatli nutq kuchi kamaygan.Tarjimada pragmatik tafovutlarning yuzaga chiqishi ko‘pincha madaniyatlararo tafovutlar, o‘quvchining tayyorlik darajasi va tarjimonning tanlovlariga bog‘liq. Tarjimon faqat grammatik to‘g‘rilikni emas, balki madaniy moslik va kommunikativ adekvatlikni ham hisobga olishi zarur. Saadi asarlarini tarjima qilishda faqat til emas, balki pragmatik kontekstni to‘g‘ri uzatish ham muhim. Aks holda, asarning ma’naviy-falsafiy mohiyati yo‘qolib, u faqat “so‘zlar to‘plami” sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bois, tarjimonlar pragmatik yondashuvga jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdusalomova , A. . (2024). SA’DIY SHEROZIY VA UNING IJODIDAGI O`ZIGA XOSLIK (“GULISTON” VA “BO‘STON” ASARLARI MISOLIDA). Наука и инновация, 2(11), 37–38. https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/30711 43 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2. Sa’diy Sheroziy. Guliston va Bo‘ston. Forscha matn va tarjimalar. Tehron: Akademik nashriyo Abdusalomova Aziza Homidovna SAʼDIY Sheroziy sheʼriyatining Angliyadagi tarjimalarida poetik shaklning ustuvorligi , 185-192., SCIENCEPROBLEMS.UZ IJTIMOIY-Gumanitar fanlarning dolzarb muammolari № s/2 (5
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Saadi Sheroziy asarlarining ingliz tiliga tarjimasida yuzaga keladigan pragmatik tafovutlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Saadi Sheroziy asarlarining ingliz tiliga tarjimasida yuzaga keladigan pragmatik tafovutlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Saadi Shirazi, translation, pragmatics, cultural difference, communicative, aforizm, ma’naviy qadriyat., madaniy tafovut, kontekst, pragmatika, Saadi Sheroziy, tarjima, kommunikativ maqsad
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025