К содержанию
РецензированоUZ2026

JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLARDA YANGI O’ZBEKISTONNING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI

Quvatova Zaxro Orifjonovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar – juda murakkab va dinamik holda rivojlanayotgan tizim bo‘lib, o‘z tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar (tashqi savdo aloqalari kapital chiqarish, valyuta - kredit munosabatlari, ishchi kuchlari migratsiyasi, iqtisodiy integratsiya jarayonlari va h.k.) orqali bir-birlari bilan o‘zviy bog‘langan turli xildagi milliy xo‘jaliklarni o‘z ichiga olgan global xo‘jalik mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqola iqtisodiy rivojlanish jahonning barcha davlatlari uchun umumiy tabiiy qonuniyatlar asosida borib, ya’ni bozor munosabatlarining alohida ajratib olingan ko'rinishi yoki milliy libosi yo‘q, ammo rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘llari mavjud bo‘lib, ular jahonning u yoki bu mamlakatlarini jug‘rofiy o‘mi, tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy resurslari, aholisi, iqtisodiy rivojlanish darajasi va munosabatlarining ko‘pgina boshqa sabablariga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Shuningdek, mustaqillikdan song, asosan XXI asrda O’zbekiston davlatining jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni mavzusida yozildi. Maqolada Yangi O’zbekistonng jahon iqtisodiyotidagi hissasi, import va eksport ulushi hamda xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni haqida aytib o’tiladi. Kalit so’zlar: Yangi o’zbekiston, jahon iqtisodiyoti, import, eksport, tashqi va ichki bozor, milliy iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, tashqi savdo, xalqaro tashkilotlar, global savdo bozori. Yangi O'zbekiston – bu shiddat bilan o'zgarayotgan, islohotlar yo'lidan dadil odimlayotgan va jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egallashga intilayotgan mamlakatdir. So'nggi yillarda o'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qiyofasini tubdan o'zgartirdi. Bu o'zgarishlar O'zbekistonning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi rolini ham oshirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ochiq, oʻzaro manfaatli va konstruktiv xalqaro munosabatlarni olib bormoqda. Maʼlumki, asrlardan beri xalqaro munosabatlar qadimdan insoniyat ijtimoiy, madaniy hamda maʼnaviy rivojining muhim omili sifatida rivojlanib kelgan. Ayniqsa, ohirgi yillarda mamlakatimizda xorijiy davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni mustahkamlash orqali yurtimizda yashab kelayotgan barcha millat va etnik guruhlar madaniyati, maʼnaviy qadriyatlari, milliy anʼana va urf- 58 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga tayanib faoliyat yuritmoqda. O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyoti borgan sari shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlarning yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining birgalikda, ahil va hamjihatlikdagi oʻzaro munosabatlari taʼsirida koʻpmillatli xalqimizning turmush tarzi ham yanada yaxshilanib bormoqda. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va yuqori saviyadagi muzokaralarda faolligi tufayli “Dunyoga ochiqlik siyosati”ga sodiq qolayotgan Yangi Oʻzbekistonning yangi hamkorlari, xayrixohlari ortib bormoqda. Davlatimiz rahbarining xalqaro tashriflari natijasida mamlakatimiz xorij davlatlari bilan faol diplomatik munosabatlarni yoʻlga qoʻydi. Xususan, bir qator yirik davlatlar bilan munosabatimiz strategik sheriklik darajasigacha koʻtarildi. Yangi Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlardagi oʻrni sezilarli darajada oshib bormoqda. Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarining eng muhim ustuvor yoʻnalishi qoʻshni, birinchi oʻrinda, mintaqaviy davlatlar bilan aloqalar va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Mamlakat oʻzining geosiyosiy joylashuvi, tabiiy resurslari va iqtisodiy rivojlanish salohiyati bilan mintaqadagi muhim oʻyinchilardan biriga aylandi. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi muhim geostrategik hududda joylashgan bo‘lib, yirik tranzit va logistika yo‘llarining chorrahasida turadi. Bu holat mamlakatning xalqaro iqtisodiy va siyosiy aloqalaridagi ahamiyatini oshiradi. Har bitta rivojlangan va rivojlanayotgan yirik davlatlar kabi oʻzbekiston ham jahon iqtisodiyotiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotiga hissasini qoʻshish deganda faqat eksport mahsulotlarini sotish emas, balki import mahsulotlari qabul qilish ham nazarda tutiladi. Albatta mamlakatda eksport hajmi import hajmidan koʻp boʻlishi uchun mamlakatning iqtisodiyotiga foyda keltiradi. Biroq boshqa tarafdan olib qarasak, mamlakat ichki mahsulotlarining haddan ziy

Доказательный фрагмент

«Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar – juda murakkab va dinamik holda rivojlanayotgan tizim bo‘lib, o‘z tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar (tashqi savdo aloqalari kapital chiqarish,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar – juda murakkab va dinamik holda rivojlanayotgan tizim bo‘lib, o‘z tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar (tashqi savdo aloqalari kapital chiqarish,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
global savdo bozori., Yangi o’zbekiston, jahon iqtisodiyoti, eksport, xalqaro munosabatlar, tashqi savdo, milliy iqtisodiyot, tashqi va ichki bozor, xalqaro tashkilotlar, import
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники